К содержанию
РецензированоUZ2026

MAVZU: QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI

Turdaliyeva Zarnigor (Andijon davlat pedagogika instituti) · Ergasheva Gulchiroy (Andijon davlat pedagogika instituti) · Yo’ldashev Abduvali Alisher o’g’li (Andijon davlat pedagogika instituti)

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Qonning shaklli elementlari eritrositlar, leykositlar, trombositlar va ularning tarkibi, turlari to’g’risida ma’lumot berilgan.Eritrositlar, leykositlar, trombositlarning vazifalari,fagositoz, qon ivish jarayonlari tahlil etib berilgan Kalit so’zlar :eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar,gemoglobin, gem, globin, oksigemoglobin, metagemoglobin,eritrotsitlar. Asosiy qism Qonning tarkibini sentrifuga yordamida aniqlash mumkin. Qonni probirkaga solib aylantirsak, u holda har bir zarrachaga markazdan qochma kuch ta‟sir qiladi. U holda probirkada joylashgan qondagi eritrositlar probirka tubida, plazma esa yuzida, qolgan elementlar o'rtada qatlamlar hosil qiladi. Eritrotsitlar ikki tomoni botiq ellips shaklidagi yadrosiz hujayralardir.Ularning diametri 7-8mkmga, qalinligi 2,52mkmga teng, erkaklarda 1mm3qonda 4,5-5mln,ayollarda 4-4,5mln dona eritrotsit bo‟lib, har sutkada o‟lgan eritrotsitlar o‟rniga ko‟mikdan taxminan 300 milliard yangi eritrotsit hosil bo‟ladi.Eritrotsitlar hayoti 30-120 kun gacha davom etadi.Eritrotsitlar qizil ilikdayetiladi.Ularning ko‟pchiligini (85-90%)qonga rang beruvchi gemoglobin tashkil etadi.100g qonda o‟rta hisobda 16,6-17g gemoglobin bor.Eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin o‟pkadan kislorod biriktirib olib, o‟rganizmning hujayra va to‟qimalariga yetkazib beradi. Gemoglobin gem va oqsil-globindan tashkil topgan bo‟lib, gem qismida Fe saqlanadi.Eritrotsitlar soni yoki ulardagi gemoglobin miqdorining kamayib ketishiga kamqonlik deb ataladi.Eritrotsitlar eng muhim buffer rolini o‟ynaydi, qonning faol reaksiyasini saqlaydi.Ular suv almashinuvidagi, oqsillar, yog‟lar, uglevodlar parchalanishidagi fermentative jarayonlarda ishtirok etadi. Eritrotsitning plazmatik pardasi Na+, K+ ionlari, ayniqsa O2, CO2, Cl2va HC03 lar uchun yuqori o„tkazuvchanlikka ega.Eritrotsitlar o‟lchami o„zgaruvchan bo„lib, uning diametri 7,5-8,3 mkm, qalinligi-qavariq sohasida 2,1 mkm, botiq joyida esa 1,1-1,2 mkm, yuzasining kattaligi -145 mkm, hajmi 86 mkmni https://scientific-jl.com/ 2 1 7 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi tashkil qiladi. Og„irligi 60 kg ga teng bo‟lgan odam eritrotsitlarining umumiy miqdori 25trilliongatengdir.Eritrotsitlar miqdorining kamayishi eritropeniya, ortishi esa eritrotsitoz deb ataladi.Tarkibida xromotoproteid –gemoglobinni saqlash eritrotsitning asosiy vazifasidir. Odam gemoglobinining molekular massasi 68800 ga teng. Gemoglobin oqsil (globin) va temir saqlovchi (gem) qismlardan iborat. 1 molekula globinga 4 molekula gem to„g„ri keladi.Sog‟lom odam qonida gemoglobin miqdori -erkaklarda 130-160 g/1 va ayollarda 120-165 g/1 ni tashkil. Himoyalovchi vazifasiga eritrotsitlaming xususiy va umumiy immun reaksiyada ishtiroki, qon-tomir trombotsitar gemostazda, qon ivishida va fibrinolizda qatnashishi kiradi.Boshqaruv vazifasi -eritrotsitlar tarkibida gemoglobin borligi tufay li qonning PH, plazma tarkibidagi ion va suv doimiyligini saqlashda ishtirok etadi. Kapillyarning arterial qismida eritrotsitlar tarkibidagi suv va C>2 to'qimaga beriladi va uning hajmi kichrayadi, kapillarning venoz qismida esa to„qimadan suv, CO2va modda almashinuv mahsulotlarini biriktirib oladi va eritrotsitlar hajmi ortadi.Eritrotsitlar glukoza va qon ivishiga qarshi bo‟lgan modda geparinni ham tashib yuradi. Agar bu moddalarning qondagi miqdori ko„payib ketsa, ular eritrotsitlar ichiga kirib oladi, kamayib ketganda yana plazmaga qaytib chiqadi.Eritrotsitlar tarkibida eritropoezni boshqarishda ishtirok etadigan eritropoetik omil saqlanadi. Eritrotsitlar parchalanganda bu omil suyak ko„migiga tushadi va eritrotsitlar hosil bo„lishini kuchaytiradi. Eritrotsitlar parchalanganda ajrab chiqqan gemoglobindan o„t tarkibiy qismiga kiruvchi bilirubin hosil bo‟ladi. Leykotsitlar, yoki oq qon tanachalari organizmdagi himoya va tiklanish proseslarida muhim rol o‟ynaydi.Ularning asosiy vazifalari:1)fagositoz, 2)antitelolar ishlash, 3)oqsil tabiatli toksinlarni parchalash va chiqarib tashlashdir. Leykotsitlar eritrotsitlardan yadrosi borligi va faol amyobasimon harakat qilish qobiliyati bilan farq qiladi.Ular qon tarkibidan chiqishi va orqaga qaytishi mumkin.Leykotsitlarning miqdori 1mkl qonda 6000-8000.Bu miqdor sutka davomida juda o‟zgarib turadi.Leykositlar ertalab och qoringa kam bo‟lib, ovqatlangandan keyin jismoniy ish bajarganda va kuchli hayajonlanganda, ularning miqdori ko‟payadi.Leykotsitlarning ko‟payishi leykositoz, kamayib qolishi esa leykopeniya deb https://scientific-jl.com/ 2 1 8 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ataladi.Leykotsitlarning kattaligi yadrosi shakli, sitoplazmasi xususiyati va faoliyatiga qarab turlicha bo‟ladi.Ularning diametri 6dan 25 mkmgcha .Leykositlarning 5 turi:eozinofillar-(1-4%), bazofillar(0-0,5%), neytrofillar(60-70%),limfositlar(25- 30%), monositlar(6-8%) tafovut qilinadi.Leykotsitlar ikkita katta gruppaga bo‟linadi.donali leykotsitlar(granulositlar) va donasiz leykotsitlar(agranulositlar)Bu g

Доказательный фрагмент

«Qonning shaklli elementlari eritrositlar, leykositlar, trombositlar va ularning tarkibi, turlari to’g’risida ma’lumot berilgan.Eritrositlar, leykositlar, trombositlarning vazifalari,fagositoz, qon ivish jarayonlari ta…»

Образец извлечения

Демо-превью

Qonning shaklli elementlari eritrositlar, leykositlar, trombositlar va ularning tarkibi, turlari to’g’risida ma’lumot berilgan.Eritrositlar, leykositlar, trombositlarning vazifalari,fagositoz, qon ivish jarayonlari ta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
leykotsitlar, gemoglobin, trombotsitlar, gem, oksigemoglobin, Kalit so’zlar :eritrotsitlar, metagemoglobin, globin, eritrotsitlar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники