Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO ERGONIMLARI JOZIBADORLIGIDA ShAKLIY VA TASVIRIY O‘YINLARNING ROLI
O‘YINLARNING ROLI · Rustamov Akbar Sayfulloevich
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Nomlarni hosil qilish va taqdim etishdagi tasviriy va shakliy o‘yinlar ergonimlarning nafaqat lingvistik onomastika, balki iqtisodiy marketologiya fani obyekti ekanligini ham ko‘rsatmoqda. O‘yinlar orqali hosil etilgan nomlar lingvistik jihatidan nomaqbuldek ko‘rinishi mumkin, ammo ular marketing jihatidan o‘zini oqlagani hamda mijozlar e’tiborini tortayotganligi sababli faol iste’molda bo‘ladi. Ergonimlarni hosil qilishda foydalanilgan o‘yinlarni ikkiga bo‘lish mumkin: shakliy va tasviriy o‘yinlar. Maqolada oʻyinlar diqqatni tortish, mijozlarda o‘zgacha ta’sir ko‘satish, ma’lumotlar haqidagi xabarni noodatiy ravishda yetkazish orqali ekspressivlik, emotsionallik kabi muhim vazifalarni bajarishga xizmat qilishi ochib beriladi. Tayanch so‘zlar: ergonimlar, shakliy o‘yinlar, tasviriy o‘yinlar Mamlakatimiz istiqlolga erishganidan so‘ng barcha sohalar va tarmoqlarda mulkni davlat tasarruvidan chiqarish, xususiylashtirishga jiddiy e’tibor berildi, bu holat davlat siyosati darajasiga chiqarildi, ushbu jarayon hali ham davom etmoqda. Eng kichik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotdan tortib, to yirik muassasalargacha o‘z faoliyatini rag‘batlantirish, faoliyatining rivoj topishi uchun turli amaliy ishlar amalga oshirmoqdalar. Kompaniyalar, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar aholini o‘ziga ko‘proq jalb etish, mijozlar yig‘ish, ommaning diqqatini o‘ziga qaratish maqsadida umumga oson tushunilishiga olib keladigan, hamma uchun yеngil usulda ta’sirini o‘tkaza oladigan yo‘llarni qidirmoqdalar. Bunday axborotlarni yеtkazish, ta’sir etish taktikasi o‘yinlar deb ataladi. O‘yin atamasi shartli, chunki bunda turli vositalarda u xoh to‘g‘ri, xoh noto‘g‘ri ma’lumot bo‘lsin, ishontira olish omili yеtakchilik qiladi. Bu borada rus tilshunosligida M.V. Kitayagorodskaya Rossiyada tadbirkorlikning rivojlanishi bilan ko‘pgina insonlar tomonidan odatiy hayot tarzi sifatida qaralmagan tushunchalar ro‘yobga chiqqanligini, yangicha tafakkur, yangicha tamoyillar paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi{3:32}. Bizga ma’lumki, odatda, tadbirkorlar aksariyat holatlarda e’tiborni mahsulotlarini targ‘ibot-tashviqot qilish, aynan u haqidagi ma’lumotarni taklif va taqdim etish, mahsulotlarini manzilli yеtkazish kabi vazifalar bilan shug‘ullanishgan, hozir ham bu faoliyat davom etmoqda. Buning uchun turlicha yangi variantlardan foydalaniladi. Jumladan, mahsulot haqidagi ma’lumotlar obyekt xarakteridan subyekt mohiyatiga qarab siljiydi. Buni qanday https://scientific-jl.com/ 2 2 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi izohlash mumkin? Endi mahsulot yoki xizmat turlari oddiygina taklif etilib qolmasdan, uning mijozlarga ta’siri, hayot faoliyatidagi ahamiyati, agar mijoz aynan shu mahsulot yoki xizmatlarni tanlasa, uning hayotida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar muhim bosqichga ko‘tariladi. Buning mohiyati shundan iboratki, ayni shu turdagi boshqa mahsulotlardan farqli hamda ijobiy ta’sirlari mijoz hayotining ajralmas qismiga bog‘liq ekanligi haqidagi emotsional, hayotiy-maishiy, iqtisodiy- ijtimoiy holatga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda reklamaviylik xususiyati zanjirli jarayonning sodir etilishi asnosida kechadi. Bir nechta ishlab chiqaruvchilar, ular bilan savdo faoliyatini olib boruvchilarning manfaatlari moslashadi. Pepsi, Cola, Fanta, Sprite kabi mahsulotlarning ishlab chiqaruvchilari turli erkin targ‘ibot-tashviqot usullar yordamida o‘yinlar tashkil etishadi. Bu yaxna ichimliklarni qanday mahsulotlar bilan iste’mol qilinishi mumkinlligi, uning insonga qanday hissiy ta’sir o‘tkazish jarayonlari, hazmi murakkab bo‘lgan taomlar bilan iste’mol qilinganda hazm qilishni osonlashtirishi, tananing yеngil qabul qila olishi kabi ma’lumotarni taqdim etishadi va buni yuqori bosqichdagi hissiy-ta’siriy vositalar, yеngil o‘yin yo‘llari bilan amalga oshirishadi. Biz ichimlik tushunchasini chanqog‘imizni bosuvchi bir mahsulot sifatida qabul qilamiz. Pepsi, Fanta, Cola kabi ichimliklar, aslida, chanqovbosdi ichimliklar emas, uni yilning issiq paytlarida sovuq holatda iste’mol qilishimizgina bizga mavjud jarayonni go‘yoki ijobiy tomonga o‘zgartirgan kabi taassurot paydo qiladi. Odatda, oddiy suv reklamaga muhtoj emas, uning hayotiy zarurati hammmamizga oy va kundek ravshan, ammo ba’zi toza ichimlik suvi yеtishtirib beruvchi tashkilotlar borki, mahsulotining boshqalaridan yеtakchiligini dalillash maqsadida reklamalarga murojaat qiladi. Hammamizga ayonki, har qanday iqlim sharoitida ham biz suvga ehtiyoj sezamiz, bunday ehtiyojning oshishi issiq davrlar hsissasiga ko‘proq to‘g‘ri keladi, tez- tez suv ichsak ham davomiy chаnqog‘imiz bosilmaydi. Bunday vaziyatni e’tibordan chetda qoldirmagan korxona egalari eng jazairama sahro ko‘rinishini insonning ko‘z oldiga keltirilishini ta’minlab, tasavvurida shu ehtiyojning eng yuqori cho‘qqisini gavdalantirishadi hamda shu bilan ijodiy reklama o‘yini vazifasini amalga oshirishadi. Obyektni subyektga birlashtirgan holatdagi vaziyatlarga asoslangan o‘yin pozitsi
Доказательный фрагмент
«Nomlarni hosil qilish va taqdim etishdagi tasviriy va shakliy o‘yinlar ergonimlarning nafaqat lingvistik onomastika, balki iqtisodiy marketologiya fani obyekti ekanligini ham ko‘rsatmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюNomlarni hosil qilish va taqdim etishdagi tasviriy va shakliy o‘yinlar ergonimlarning nafaqat lingvistik onomastika, balki iqtisodiy marketologiya fani obyekti ekanligini ham ko‘rsatmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tasviriy o‘yinlar, Tayanch so‘zlar: ergonimlar, shakliy o‘yinlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025