К содержанию
РецензированоUZ1958

O‘ZBEK TILIDA QO‘LLANILAYOTGAN AT (AXBORORT TEXNOLOGIYALARI) TARJIMALARI VA ULARNING MUQOBILLARI

Tilonboyeva Nodira Zokirjon qizi

Образовательные инновации и интеграция · 1958

Аннотация

Kundan kunga rivojlanayotgan dunyoda ilm-fan ham to‘xtovsiz o‘sib bormoqda. Buning natijasida fanda bizga notanish bo‘lgan terminlar soni ko‘paymoqda. Ayniqsa, hozirgi davrga kelib inson hayotini kompyuter, uyali aloqa vositalari va ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborot texnologiyalari rivojlangani sari unga aloqador yangidan yangi terminlarning paydo bo‘ishi ham jadallashmoqda. Bu esa o‘z navbatida tilshunoslikning terminalogiya sohasida tarjima bo‘yicha qiyinchiliklarni va muammolarni keltirib chiqarmoqda. Kalit so‘zlar: Axborot texnologiyalari, termin, texnologiya, tarjima, AKT, kompyuter Axborot texnologiyalari (inglizcha: Information Technology(IT)) — bu kompyuter tizimlari, dasturiy taʼminot, dasturlash tillari, maʼlumotlar, maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlashni oʻz ichiga olgan tegishli sohalar toʻplami. Axborot texnologiyalari (AT) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning bir qismini tashkil qiladi. Garchi odamlar eng qadimgi yozuv tizimlari yaratilganidan beri maʼlumotlarni olish, saqlash, manipulyatsiya qilish va muloqot qilish bilan shugʻullangan boʻlsalar-da, zamonaviy maʼnoda axborot texnologiyasi atamasi birinchi marta 1958-yilda Garvard Business Review jurnalida chop etilgan maqolada paydo boʻlgan. Garold J. Leavitt va Tomas L. Uislerlar mualliflik qilgan maqolada shunday yozishadi: “So'nggi o‘n yil ichida Amerika biznesida yangi texnologiya qo'llanila boshladi, shu qadar yangiki, uning ahamiyatini baholash hali ham qiyin. Ushbu texnologiyaning ko'p jihatlari noaniq bo'lsa-da, u boshqaruvni tashkil qilishda aniq va keng qamrovli ta'sir ko'rsatadigan boshqaruv sahnasiga tez o'tishi aniq ko'rinadi. Ushbu maqolada biz ushbu ta'sirlar haqida fikr yuritmoqchimiz, ayniqsa ular kelajakdagi o'rta va yirik biznes firmalariga tegishli. Yangi texnologiya hozircha bitta o'rnatilgan nomga ega emas. Biz buni axborot texnologiyalari deb ataymiz. U bir-biriga bog'liq bo'lgan bir nechta qismlardan iborat. Ulardan biri katta hajmdagi ma'lumotlarni tezkor qayta ishlash texnikasini o'z ichiga oladi va u yuqori tezlikda ishlaydigan kompyuter tomonidan tasvirlangan. Ikkinchi https://scientific-jl.com/ 3 9 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi qism qarorlar qabul qilishda statistik va matematik usullarni qo'llashga qaratilgan; u matematik dasturlash kabi texnikalar va operatsiyalarni tadqiq qilish kabi metodologiyalar bilan ifodalanadi. Uchinchi qism tayyorlanmoqda, garchi uning ilovalari hali juda aniq paydo bo'lmagan; u kompyuter dasturlari orqali yuqori darajadagi fikrlashni simulyatsiya qilishdan iborat”. AT atamasi odatda, kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining sinonimi sifatida ishlatiladi, lekin u televizor va telefon kabi boshqa axborot tarqatish texnologiyalarini ham qamrab oladi. Iqtisodiyot doirasidagi bir qancha mahsulot yoki xizmatlar axborot texnologiyalari, jumladan, kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot, elektronika, yarimoʻtkazgichlar, internet, telekommunikatsiya uskunalari va elektron tijorat bilan bogʻliq. Amaldagi saqlash va qayta ishlash texnologiyalariga asoslanib, AT rivojlanishining toʻrtta fazasini ajratish mumkin: mexanikgacha (miloddan avvalgi 3000-yildan miloddan avvalgi 1450-yilgacha), mexanik (milodiy 1450-yildan milodiy 1840-yilgacha), elektromexanik (milodiy 1840-yildan milodiy 1940-yilgacha) va elektron (1940-yildan hozirgi kungacha)1. Axborot texnologiyalari, shuningdek, informatikaning bir tarmogʻi boʻlib, uni protsedura, tuzilma va har xil turdagi maʼlumotlarni qayta ishlashni umumiy oʻrganish sifatida aniqlash mumkin. Ushbu soha butun dunyo boʻylab rivojlanishda davom etar ekan, uning umumiy ustuvorligi va ahamiyati ham oshib bordi va turli sohalarda ATga oid terminlari kirib kela boshladi. Hozirgi kunda hisoblash texnikasi vazifasini kompyuter bajarmogda, shunday ekan AT so'zi ishlatilganda asosan kompyuter texnologiyasi tushuniladi. Kundalik hayotimizda axborot texnologiyalariga oid terminlardan juda faol foydalanamiz; muloqot jarayonida: (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, elektron pochta, chat,...); axborot olish chog'ida (xabarlar, ob-havo ma'lumotlari,...); axborotni qayta ishlashda (matematik amallarni bajaruvchi dasturlar, grafiklar, videomyozuv,..);o‘qish jarayonida (elektron kitoblar, interaktiv darslar, qo'llanmalar,...); dam olishda (kinolar, musiqalar, o' yinlar,...). Oddiy uyali aloqa vositalarimiz ham AT qurilma hisoblanadi, chunki biz bu qurilmada qandaydir ma’lumotlar qidiramiz, yuboramiz yoki saqlaymiz . Ish jarayonimiz kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, har bir ishxonada alohida AT bo‘limlar mavjud, hattoki umuman kompyuterga aloqasi bo‘lmagan korxonalarda ham. Axborot tenologiyasi insoniyat taraqgiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va modd

Доказательный фрагмент

«Kundan kunga rivojlanayotgan dunyoda ilm-fan ham to‘xtovsiz o‘sib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Kundan kunga rivojlanayotgan dunyoda ilm-fan ham to‘xtovsiz o‘sib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompyuter, Kalit so‘zlar: Axborot texnologiyalari, texnologiya, AKT, termin, tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники