К содержанию
РецензированоUZ2026

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH

Suyunov Akmal Xo’shboq o’g’li

Образовательные инновации и интеграция · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining axborot xavfsizligini ta’minlashdagi o’rni tahlil qilingan. Jumladan, tahdidlarni oldindan aniqlash va real vaqt rejimida monitoring hamda mashinali o’rganish algoritmlarining axborot tizimlarida qo‘llanilishi yoritilgan. Shuningdek, ilg’or sun’iy intellektga asoslangan xavfsizlik tizimlari va ularning samaradorlik jihatlari ko’rib chiqilgan. Kalit so’zlar: Axborot xavfsizligi, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, mashinali o’rganish, neyron tarmoqlar, tahdidlarni aniqlash, foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilish, AI asosidagi monitoring. Kirish. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning jadal rivojlanishi axborot xavfsizligini ta’minlashda dolzarb muammolardan biri sifatida ko’rilmoqda. Hozirda yangi kiberhujumlar, ma’lumotlarni o’g’irlash yoki tizimlarning buzilish holatlari sodir bo’lmoqda. Shu boisdan axborot xavfsizligini ta’minlashda sun’iy intellektning o’rni va uning samaradorligini oshirish masalalari va muammolarini hal etish, butun dunyo bo’ylab muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. AI asosidagi xavfsizlik texnologiyalari, ayniqsa, tahdidlarni aniqlash, foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilish va real vaqt rejimida monitoring qilish kabi sohalarda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Hozirgi vaqtda kiberxavfsizlikni avtomatlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish yo’nalishlari muntazam ravishda mukammallashib bormoqda. Adabiyotlar sharhi. Axborot xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar borasida sun’iy intellekt (AI) va mashinaviy o’qitish (ML) texnologiyalari tobora muhim o’rin egallamoqda. So’nggi yillarda ushbu texnologiyalarga asoslangan xavfsizlik tizimlari kiberhujumlarning oldini olishda samarali vosita sifatida keng qo’llanilmoqda. Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, an’anaviy yondashuvlar — antiviruslar, xavfsizlik devorlari va statik tahlil vositalari — dinamik va murakkab tahdidlarga qarshi bundan-buyon har doim ham samarali bo’la olmaydi. Shu sababli, sun’iy intellekt asosidagi xavfsizlik yondashuvlari, global miqyosda joriy etilmoqda. Adabiyotlarda sun’iy intellektning katta til modellari (LLM – Large Language Models) asosida kiberxavfsizlikni ta’minlashga oid ishlanmalar dolzarb mavzu sifatida bugungi kunda yuzaga kelmoqda. Shu boisdan Xitoylik bir guruh tadqiqiotchilar, Xu va boshqalar (2024-yil) tomonidan olib borilgan tizimli adabiyotlar sharhida 127 ta https://scientific-jl.com/ 8 0 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi asosiy ilmiy ish tahlil qilishgan, LLM’larning zaifliklarni aniqlash, zararli dasturlarni tahlil qilish, fishing hujumlarini oldindan ko‘rish va tarmoq xavfsizligini baholashdagi roli aniq ravshan ochib berilgan. Tadqiqotda LLM’larning kiber tahdidlarni aniqlashdagi samaradorligi ta’kidlangan bo’lsada, tushunarlilik, maxfiylik va domenlarga moslashtirish kabi muammolar ham keltirib o’tilgan. Quyidagi rasmda siz yaqinlar oralig’ida fishing hujumlari sonining ortishi keltirib o’tilgan. 1-rasm. Shuningdek, Gaith Rjoub, Jamal Bentahar, Omar Abdel Wahab va boshqalarning ilmiy izlanishlaridan kelib chiqgan holda, sun’iy intellekt (AI) modellari, ayniqsa chuqur o’rganish (deep learning) asosidagi tizimlarning “qora quti” (black-box) xususiyatlari ustida izlanishlar qilingan. Mualliflar tushuntiriladigan sun’iy intellekt (XAI) yondashuvlarini kiberxavfsizlik sohasida qo’llash imkoniyatlarini o’rganib, mavjud metodologiyalarni tahlil qilganlar. Ular XAI yordamida kiber tahdidlarni yaxshiroq tushunish va samarali himoya qilish, choralarini ishlab chiqish imkoniyatlarini ko’rsatib o’tishganlar. Hozirda birqancha amaliy ishlar ham olib borilmoqda bularga misol sifatida, Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan (2024-yil) Security Copilot – bu sun’iy intellekt asosidagi interaktiv yordamchi bo‘lib, u kiberxavfsizlik mutaxassislariga tahdidlar haqida tezkor va kontekstga asoslangan ma’lumotlarni taqdim etadi. Yanabir amaliy izlanishlardan biri – bu Trend Micro AI Vositasi (2023-yil) AI asosida yaratilgan xavfsizlik platformasidir. U mashinaviy o‘qitish (ML) yordamida tahdidlarni aniqlaydi, xavf darajasini baholaydi va avtomatik tarzda inson omilisiz qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega. https://scientific-jl.com/ 8 1 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Bundan tashqari, blokcheyn texnologiyasi ham ma’lumotlarni markazlashmagan tarzda saqlash va tranzaksiyalarni buzilmasligini kafolatlashda muhim rol o’ynaydi. Ralf Merkle tomonidan ilgari surilgan Merkle daraxtlari asosida qurilgan blokcheyn tizimlari ayniqsa moliyaviy sektorlarda keng qo‘llanilmoqda. Ammo blokcheyn texnologiyasida ham xesh funksiyalarining zaifliklari va ko’p resurslar talab qilishi, bu uning salbiy tarafi hisoblanadi. Bu muammolarni AI asosida tahlil qilish va optimallashtirish yo‘nalishidagi tadqiqotlar dolzarb bo’lib qolmoqda. Bugungi kunda sun’iy intellekt va mashinaviy o’qitish texnologiyalari kiberxavfsizlik sohasida tahdidlarn

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining axborot xavfsizligini ta’minlashdagi o’rni tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining axborot xavfsizligini ta’minlashdagi o’rni tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
AI asosidagi monitoring., Kalit so’zlar: Axborot xavfsizligi, foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilish, neyron tarmoqlar, tahdidlarni aniqlash, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, mashinali o’rganish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники