К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA AVLONIYNING BOSMA NASHR VA MATBUOTDAGI O‘RNI

Buriyeva Shaxnoza Inat qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek ma’rifatparvari, o‘qituvchi va jurnalist Abdulla Avloniyning bosma nashr va matbuot sohasidagi faoliyati tahlil qilinadi. Avloniy XX asr boshlarida “Shuhrat” va “Turon” kabi gazetalarga asos solib, jamiyatni ilm-ma’rifat sari yetaklashga harakat qilgan. U matbuot orqali milliy ong va ma’rifatni targ‘ib qilib, o‘z davri ziyolilari orasida muhim o‘rin egallagan. Ushbu maqolada Avloniyning matbuot orqali olib borgan islohotlari va ularning ta’lim sohasiga ta’siri yoritiladi. Kirish so‘zlar: Avloniy, matbuot, jurnalistika, nashr, jadidchilik, pedagog, o‘zbek adabiyoti, madaniyat, ta’lim tizimi, uyg‘onish, jamiyat Matbuot-millat ko‘zgusidir Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon har bir soha rivojida ulkan istiqbolli ishlar amalga oshirilib, bu o‘z navbatida O‘zbekistonimizning taraqqiy etib, gullab yashnashida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Barcha sohalar qatori matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari jamiyatda o‘ziga xos ijtimoiy institut sifatida shakllandi. Matbuot chinakam hayot ko‘zgusi, “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarilmoqda. O‘zbek matbuoti va bosma nashrlarining shakllanishida o‘zining betakror hissasini qo‘shgan ziyolilar orasida Abdulla Avloniy alohida o‘rin tutadi. U nafaqat ma’rifatparvar adib va pedagog sifatida, balki milliy matbuot taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan jurnalist, muharrir va noshir sifatida ham tarixda nom qoldirgan. Avloniy o‘z davrining ijtimoiy va madaniy muammolarini hal qilish, xalqni savodxonlikka, bilimga da’vat etish yo‘lida qator gazeta va jurnallar tashkil etib, ularning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. XX asr boshlarida Turkiston jadidlari milliy matbuotning asosini qo‘ygan bo‘lsa, Avloniy bu yo‘nalishda yetakchi shaxslardan biri bo‘ldi. Uning sa’y-harakatlari bilan nashr qilingan “Shuhrat”, “Turon”, “O‘qituvchi” kabi gazeta va jurnallar xalqni ma’rifat sari yo‘naltirish, milliy ongni uyg‘otish, zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan xabardor qilish kabi muhim vazifalarni bajargan. Avloniy nashr etgan gazetalarda https://scientific-jl.com/ 1 3 4 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi faqatgina yangiliklar emas, balki o‘zbek adabiyoti, madaniyati, ta’lim tizimi hamda jamiyatdagi muammolar haqida ham keng qamrovli maqolalar e’lon qilinib, bu nashrlar o‘z davrida katta o‘quvchilar auditoriyasiga ega bo‘lgan. Avloniy matbuot faoliyatida mustamlaka tuzumi sharoitida xalqning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida islohotlarni targ‘ib qilish asosiy maqsad edi. Uning asarlarida matbuotning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati haqida chuqur mulohazalar bildirilgan bo‘lib, u matbuotni millat ko‘zgusi deb bilgan. U tomonidan tashkil etilgan matbuot organlari o‘zbek jurnalistikasi rivojida muhim bosqich bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Abdulla Avloniy 1906 yildan she’rlari bilan matbuotda qatnasha boshlagan. 1906 yil “Taraqqiy”, 1907 yil o‘z uyida (Toshkentda) “Shuhrat” gazetalarini chiqargan. Bu gazetalar yopib qo‘yilgach, 1908 yil yashirin ravishda “Osiyo” gazetasini nashr etdi. Toshkent shahrining Mirobod mahallasida yangi usul maktabi ochib (1908), o‘zi ona tili va adabiyotdan dars bergan. 1909 yil “Jamiyati xayriya” tuzib, yetim bolalarni o‘qitgan. Shundan keyin Toshkentning Degrez mahallasida ikki sinfli maktab ochgan (1912). Avloniy yangi maktablar uchun qo‘llanma va o‘qish kitoblari yozib nashr qildirgan [masalan, “Birinchi muallim”, 1911; “Ikkinchi muallim”, 1912; “Turkiy guliston yoxud axloq”, 1913; 4 juz (qism)li “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” to‘plami, 1909–15; “Maktab gulistoni”, 1915; “Mardikorlar ashulasi”, 1917 va boshqalar. Munavvarqori, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Shokirjon Rahimiy va boshqa ma’rifatparlar bilan birgalikda “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) kitob nashr qilish shirkatlarini tashkil etgan. 1913 yil “Turkiston” nomli teatr truppasini tashkil etishda va uning ishida faol qatnashgan. 1917 yil “Turon” gazetasini nashr qilgan. Avloniy “Ishtirokiyun” gazetasi tashkilotchisi va muharriri. 1919–20-yillarda Sho‘ro hukumatining Afg‘onistondagi siyosiy vakili va konsuli. “Kasabachilik harakati” jurnali bosh muharriri (1921). Eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari (inproslar)da mudir (1923–24), Toshkent harbiy maktabida o‘qituvchi (1924–29). 1930–34 yillarda O‘rta Osiyo universiteti til va adabiyot kafedrasi mudiri, professori. Shu davrda o‘zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xrestomatiyasi” tuzib, nashr ettirgan (1933). Avloniyning she’riy to‘plamlari, dramatik asarlari nashr etilgan. U tanqidiy va ilmiy maqolalar, 4000 misradan ortiq she’r ijod qilgan. Botkin ko‘chasidagi qabristonga dafn etilgan. Toshkentdagi ko‘chalardan biri, Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va https://scientific-jl.com/ 1 3 5 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi malakasini oshirish markaziy instituti Avloniy nomi bilan ataladi. Avloniy yodgorlik muzeyi ochilgan. Abdulla Avloniy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek ma’rifatparvari, o‘qituvchi va jurnalist Abdulla Avloniyning bosma nashr va matbuot sohasidagi faoliyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek ma’rifatparvari, o‘qituvchi va jurnalist Abdulla Avloniyning bosma nashr va matbuot sohasidagi faoliyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jurnalistika, matbuot, pedagog, jadidchilik, o‘zbek adabiyoti, nashr, uyg‘onish, jamiyat, Kirish so‘zlar: Avloniy, ta’lim tizimi, madaniyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники