К содержанию
РецензированоUZ2023

XORAZM VILOYATI BEMORLARI MISOLIDA AKRIL VA NEYLON QISMAN OLINADIGAN PROTEZLAR SAMARADORLIGINING QIYOSIY TAHLILI

Matrizayeva Gulmira Ne'matjon qizi · Ro'zimova Feruza Shonazarovna · Olimova Madinabonu Maxmudovna

Образовательные инновации и интеграция · 15 · 112-118 · 2023

Аннотация

In this study, the effectiveness of acrylic and nylon partially removable prostheses was assessed in a comparative aspect using the example of patients from the Khorezm region. 80 patients participated in the study, of which 40 were provided with acrylic prostheses and 40 with nylon prostheses. The main indicators, such as the duration of patient adaptation, the degree of comfort of prostheses, interaction with dental carcass, and service life, were assessed using clinical and statistical analysis. The results showed that nylon prostheses were assessed by patients as more comfortable (8.2±0.9 points), as well as a shorter adaptation period (10±2 days). Acrylic prostheses were distinguished by a longer service life (5.2 ± 0.8 years) and relatively high durability. At the same time, among the users of acrylic prostheses, cases of gingivitis were more frequent in the first weeks. The study was conducted with the participation of 150 patients who applied to the regional central dental clinic in 2023-2024. Keywords: partially removable prostheses, acrylic prostheses, nylon prostheses, chewing efficiency, convenience of prostheses, dental rehabilitation. https://scientific-jl.com/ 1 3 8 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Kirish. Tish yetishmovchiligi nafaqat estetik muammolarni, balki chaynash funksiyasining buzilishi va ovqat hazm qilish tizimining yuklanishini oshiruvchi omillarni ham keltirib chiqaradi. Qisman olinadigan protezlar tish qatorining nuqsonlarini to‘ldirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uchun keng qo‘llaniladi. Zamonaviy stomatologiyada ushbu protezlarning turli xil materiallardan tayyorlanishi ularning qulayligi, mustahkamligi va moslashuv darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda qisman olinadigan protezlar orasida akril va neylon materiallar asosida ishlab chiqarilgan protezlar keng tarqalgan. Akril protezlar yuqori mustahkamlikka ega bo‘lib, uzoq muddatli foydalanish uchun mos keladi, ammo ularning qattiq tuzilishi ba’zan bemorlarda noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Neylon protezlar esa elastikligi sababli bemorlar tomonidan qulayroq deb baholanadi, biroq ularning xizmat muddati va mustahkamligi akril protezlarga nisbatan qisqaroq bo‘lishi mumkin. Xorazm viloyati aholisi orasida tish protezlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda, biroq qaysi turdagi protez bemorlar uchun qulayroq va samaraliroq ekanligini aniqlash muhim masala bo‘lib qolmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi – Xorazm viloyati bemorlari misolida akril va neylon qisman olinadigan protezlarning samaradorligini qiyosiy jihatdan baholash va ularning afzallik hamda kamchiliklarini ilmiy asosda aniqlashdan iborat. Tadqiqot maqsadi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – Xorazm viloyati bemorlari misolida akril va neylon qisman olinadigan protezlarning samaradorligini qiyosiy jihatdan baholash, ularning klinik va funksional ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda qaysi turdagi protez bemorlar uchun qulayroq va samaraliroq ekanligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari: Akril va neylon protezlarning moslashuv muddati va bemorlarning protezlarga bo‘lgan subyektiv munosabatlarini baholash, har ikkala protez turining xizmat muddati va mustahkamligini taqqoslash, protezlarning tish go‘shti va og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalariga ta’sirini tahlil qilish, olingan natijalar asosida stomatologik amaliyot uchun ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot metodlari. Tadqiqotda Xorazm viloyatida yashovchi 80 nafar bemor ishtirok etdi. Ularning barchasi tish qatorining qisman yetishmovchiligi sababli qisman olinadigan protezlar bilan ta’minlangan. Bemorlar ikkita guruhga ajratildi: 1-guruh (akril protez) – 40 nafar bemor; 2-guruh (neylon protez) – 40 nafar bemor. Bemorlarning yoshi 35-65 oralig‘ida bo‘lib, ularda asosiy umumiy tibbiy ko‘rsatkichlar o‘xshash edi. Tadqiqotga surunkali og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari (parodontit, gingivit) og‘ir darajada rivojlangan bemorlar kiritilmadi. Bemorlar 6 oy davomida kuzatildi. Protezlarning samaradorligi quyidagi mezonlar bo‘yicha baholandi: moslashuv muddati (kunlarda), protezlarning qulaylik https://scientific-jl.com/ 1 3 9 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi darajasi (Visual Analog Scale – VAS bo‘yicha 0-10 ball), og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalariga ta’siri (gingivit, yara va yallig‘lanish holatlari). Bemorlarning protezlardan qoniqish darajasi maxsus tuzilgan so‘rovnoma orqali o‘rganildi. Quyidagi mezonlar baholandi: ovqat chaynash qulayligi, nutqqa ta’siri, estetik jihatdan qoniqish. Tadqiqot natijalari statistik tahlil qilindi: moslashuv muddati va qulaylik darajasini taqqoslash uchun Styudent t-testi qo‘llanildi. Tish go‘shti muammolarining tarqalishini baholash uchun χ² (chi-kvadrat) testi ishlatildi. Natijalarning ahamiyatlilik darajasi p<0.05 bo‘lishi asosiy mezon sifatida qabul qilindi. Tadqiqot natijalari. Tadqiqot natijalari akril va neylon qisman olinadigan protezlarning samaradorlig

Доказательный фрагмент

«In this study, the effectiveness of acrylic and nylon partially removable prostheses was assessed in a comparative aspect using the example of patients from the Khorezm region.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this study, the effectiveness of acrylic and nylon partially removable prostheses was assessed in a comparative aspect using the example of patients from the Khorezm region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
partially removable prostheses, acrylic prostheses, nylon prostheses, chaynash samaradorligi, protezlarning qulayligi, neylon protezlar, akril protezlar, stomatologik reabilitatsiya., Kalit soʻzlar: qisman olinadigan protezlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники