К содержанию
РецензированоUZ2025

MEHRLI MAKTABDA ONA TILI VA ADABIYOT FANINI OʻQITISHDA OʻQUVCHILARNI SOʻZLARNING OʻZ VA KOʻCHMA MA’NOLARINI OʻRGANISHGA YORDAM BERUVCHI METODLARDAN FOYDALANISH

Abdullayeva Madina Xolmamatovna · Shavkat Mirziyoyev

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada gospital ta’lim maktablarida o‘quvchilarning ona tili va adabiyot faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishda so‘zlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. So‘zlarning ma’no ko’chish turlari, o‘zgarishi, sinonimlar, antonimlar, frazeologizm va idiomalar bilan ishlashni o‘rgatish orqali o‘quvchilarga tilni chuqurroq tushunishga yordam beradi. So‘z boyligi va ularning ishlatilishidagi nozik farqlarni tushunish, o‘quvchilarga nutq madaniyatini rivojlantirishda, shuningdek, ona tili va adabiyot faniga bo‘lgan qiziqishni oshirishda katta ahamiyatga ega. Maqolada ona tili va adabiyot fanining samarali o‘qitilishi, o‘quvchilarga ona tili fanida so‘zlarning o‘z va ko‘chama ma’nolarini o‘rgatishga yordam beruvchi interfaol metodlardan foydalanish haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Kalit soʻzlar:gospital ta’lim,individual ta’lim, ko‘chma ma’no, metodlar, so‘z boyligi, semantika, metafora,metonimya,sinegdoxa, kreativlik,innovatsiya, nutq madaniyati. “Maktablarda ta’lim sifatiga qanday e’tibor bersak, ma’naviyatga ham shunday e’tibor berishimiz kerak” Shavkat Mirziyoyev Yurtimizda bugungi kunda ko‘p sohalar qatori ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlarning katta qismini esa ta’lim sohasida Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 202 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT amalga oshirilayotgan islohotlar tashkil etadi. Keng ko‘lamli islohotlarning yana biri 2022-yilning 5-may sanasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’ gi qaroridir. Ushbu qarorga muvofiq bugun yurtimizda “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi tashkil etilib, o‘z faoliyatini olib bormoqda. Tashkil etilganiga ikki yildan oshiq vaqt bo‘lgan Mehrli maktabning Toshkent shahrida va viloyatlarda ham o‘z filiallari mavjud bo‘lib, bular: “Mehrli maktab” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali , “Mehrli maktab” Andijon viloyati filiali, “Mehrli maktab” Farg‘ona viloyati filiali, “Mehrli maktab” Samarqand viloyati filiali, “Mehrli maktab” Namangan viloyati filiali, “Mehrli maktab” Buxoro viloyati filiali, “Mehrli maktab” Toshkent shahri ambulator filiali. Uzoq muddat davolanayotgan, bolalar uchun alohida ishlab chiqilgan o‘quv reja asosida 1-11-sinflar xajmida umumiy o‘rta ta’lim beriladi. Dars mashg‘ulotlarining davomiyligi boshlang‘ich ta’lim (maktab) ning 1-4-sinflarida 30 daqiqa, 5-11-sinflarda ham 30 daqiqani tashkil etadi. Bunda bir kunlik dars mashg‘ulotlari 1-4-sinflarda 3 soatdan, 5-11- sinflarda 4 soatdan bo‘lib, o‘quv haftasi davomiyligi esa 5 kunlik asosida olib boriladi.Muassasada yana yakka (individual) dars mashg‘ulotlari ham tashkil etilgan. Bunda pedagog xodim shifokor xulosasiga ko‘ra o‘quvchining darsga chiqishiga ruxsat berilmagan holatda uning xonasiga borib dars tashkil qilishi lozim. Gibrid usulda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish esa yoshi va sinfi bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilarni bir vaqtda dars mashg‘ulotlariga jalb qilishdir. Bunda o‘quvchilar va pedagog xodim tibbiy-gigiyenik qoidalarga (barcha o‘quv jihozlari dizinfeksiya qilinishi, hamma o‘quvchilar va o‘qituvchida tibbiy niqob bo‘lishi, antiseptikdan tez-tez foydalanish va h.k) to‘liq amal etilgan holda dars jarayoni tashkil etiladi. “Mehrli maktab” da faoliyat olib borayotgan pedagoglar davolanayotgan o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘zi o‘qitayotgan fanini o‘quvchiga tushunarli hamda mazmunli tarzda yetkazib berishi lozim. Bu esa o‘qituvchidan har doim izlanishda bo‘lishni va mahoratni talab etadi. Eng muhim jihat esa muassasada ta’lim berayotgan pedagogning davolanishda Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 203 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bo‘lgan bolalarga shirin so‘zli bo‘lishi, ularga ruhan dalda berish orqali ularning hayotga, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdir. Shifoxonada uzoq muddat davolanayotgan bolalar uchun maktabda keng imkoniyatlar mavjud. Har bir xona zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.Bularning barchasi yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijasidir. Ona tili va adabiyot fani aynan o‘quvchilarni teran fikrlashga, erkin muloqotga, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi , xalq og‘zaki ijodiyoti, ma’naviy meroslarimizga hurmat, ona tilini sevishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshiradi.So‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini biz ona tili orqali adabiyot fani bilan bog‘lab o‘rganamiz. Bunda shoirlarning ijod mahsulidan namunalar keltirish orqali ona tilida ularning ma’nolari o‘rganiladi.Bunda o‘quvchini darsga qiziqishini orttirish maqsadida interfaol metodlardan foydalaniladi. So‘zlarning o‘z ma’nosida qo‘llanilishi quyidagicha:  Quyosh -osmondagi yorug‘lik beruvchi yoritgich  Kitob- o‘qish uchun mo‘ljallangan bosma nashr  .Daraxt- tanasi,shoxi va barglari bo‘lgan o‘simlik Ko‘chma ma’noli so‘zlar-so‘zning o‘xsha

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada gospital ta’lim maktablarida o‘quvchilarning ona tili va adabiyot faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishda so‘zlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada gospital ta’lim maktablarida o‘quvchilarning ona tili va adabiyot faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishda so‘zlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ko‘chma ma’no, individual ta’lim, innovatsiya, gospital ta’lim, metafora, kreativlik, sinegdoxa, metonimya, semantika, nutq madaniyati., metodlar, so‘z boyligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники