К содержанию
РецензированоUZ1999

MAHALLA-IJTIMOIY O’Z-O’ZINI BOSHQARISH ORGANI

Rahmatullayeva Barno

Современное образование и развитие · 1999

Аннотация

Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish — hokimiyatning bir turi; fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini taʼminlash, davlatning ayrim funksiyalarini amalga oshirish vositasi. Koʻpchilik mamlakatlarda mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari tashkil etilmay, u yerda faqat Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuziladi. Rossiyada aholi hokimiyatning vakolatli organlari (munitsipial yigʻilishlar, kengashlar, qoʻmitalar va shahri k.), fuqarolarning tegishli boshqaruv organlari (mahalliy maʼmuriyat), yigʻinlari va boshqalar Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishni amalga oshiradi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, odatda, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tuzilishini aholi oʻzi mustaqil belgilaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qonun asosida ayrim davlat va-kolatlari berilishi mumkin, bu vakolatlar davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham, Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham mavjud. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarsa fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari hisoblanadi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridan -toʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustaqil faoliyat olib borishini taʼminlashdir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda) va "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, Выпуск журнала №-20 Часть–2_ Февраль –2025 140 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak. Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini taʼminlagan holda, umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan. Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul Kirish. qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi.Faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni Выпуск журнала №-20 Часть–2_ Февраль –2025 141 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi mumkin. Taftish k o missiyasi F.oʻ.oʻ.b.o. moliyaxoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi. F.oʻ.oʻ.b.o.ning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi mumkin.Faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablagʻlar

Доказательный фрагмент

«Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish — hokimiyatning bir turi; fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini taʼminlash, davlatning ayrim funksiyalarini amalga oshirish vositasi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish — hokimiyatning bir turi; fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini taʼminlash, davlatning ayrim funksiyalarini amalga oshirish vositasi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oʻzini oʻzi, oʻzi boshqarish, fuqarolar yigʻinining, mahalliy oʻzini, boshqarish organlari, fuqarolar yigʻini, davlat hokimiyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники