К содержанию
РецензированоUZ2025

NEMIS TILINI BOLALARGA O’RGATISHDA KREATIV YONDASHUVLAR

Abdulazizova Maftuna Azizbek qizi (Termiz davlat Pedagogika instituti)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada nemis tilini bolalarga o‘rgatishda kreativ yondashuvlarning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. An’anaviy usullardan farqli o‘laroq, interfaol o‘yinlar, vizual materiallar, rolli o‘yinlar va qo‘shiqlar orqali til o‘rganish bolalarning qiziqishini oshiradi va bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan metodlar, jumladan, gamifikatsiya, multimediya texnologiyalari va ijodiy topshiriqlar orqali dars jarayonining samaradorligi oshirilishi mumkinligi yoritiladi. Maqolada kreativ yondashuvlarning afzalliklari, ularni qo‘llash usullari va real ta’lim jarayonidagi tajribalar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: nemis tili, bolalar ta’limi, kreativ yondashuv, interfaol o‘yinlar, gamifikatsiya, multimediya, rolli o‘yinlar, til o‘rganish, innovatsion metodlar, pedagogika. Chet tillarni, xususan, nemis tilini bolalarga o‘rgatish jarayoni samarali va qiziqarli bo‘lishi uchun kreativ yondashuvlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. An’anaviy o‘qitish usullari bolalar uchun zerikarli bo‘lishi mumkin, shu bois interaktiv va innovatsion metodlarni tatbiq etish zarur. Quyida nemis tilini o‘rgatishda qo‘llaniladigan samarali va ijodiy yondashuvlar keltirilgan. Memory (Xotira) o‘yini – bolalar yangi so‘zlarni yodda saqlashlari uchun ikki tomonlama kartochkalardan foydalanish. Boshqotirmalar va jumboqlar – yangi so‘zlarni o‘rganishda qiziqarli vazifalar orqali bolalar faol ishtirok etadi. Выпуск журнала №-20 Часть–2_ Февраль –2025 10 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Rolli o‘yinlar – turli holatlar asosida bolalarga dialoglar yaratish imkonini beruvchi metod. Loto o‘yini – so‘zlarni rasmlar bilan bog‘lash orqali mustahkamlashga yordam beradi. “Kim ko‘proq eslaydi?” – bolalar o‘rtasida so‘zlarni takrorlash va ularni mustahkamlash uchun musobaqa tarzida tashkil etiladi. Bolalar quloq orqali tilni tezroq o‘rganishlari mumkin. Nemis tilidagi bolalar uchun mo‘ljallangan multfilmlar va qo‘shiqlar ularning talaffuzi va eshitish qobiliyatini rivojlantiradi. Masalan: "Die Sendung mit der Maus"(Mushuk bilan dastur) kabi o‘quv multfilmlari. "Meine Hände sind verschwunden" kabi qo‘shiqlar bolalarning lug‘at boyligini oshirishga yordam beradi. "Biene Maja" (Asalari Maja) kabi multfilmlar bolalarga kundalik so‘z va iboralarni o‘rganishda yordam beradi. Audiokitoblar – bolalarga ertaklarni tinglash orqali eshitish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi. Vizual materiallar – rasmlar, kartochkalar, plakatlar va video darsliklar bolalar uchun qiziqarli hamda samarali bo‘ladi. Masalan: Rasmlar orqali so‘zlarni o‘rganish. Interaktiv taxtadan foydalanish. Hayvonlar, mevalar yoki buyumlarni real hayotda ko‘rsatish va nomlarini nemis tilida aytish. Qo‘l mehnati (DIY – Do It Yourself) – bolalar o‘zlari plakat yoki rasm chizib, ularga tegishli so‘zlarni nemis tilida yozib qo‘yishadi. Komikslar – oddiy va tushunarli komikslar orqali bolalar o‘rganayotgan so‘zlarni kontekstda tushunishadi. Bolalar hikoya va ertaklarni eshitishni yaxshi ko‘radilar. Nemis tilidagi qisqa ertaklarni o‘qib berish va ularga oddiy savollar berish orqali ularning tushunish qobiliyatini oshirish mumkin. Masalan: Выпуск журнала №-20 Часть–2_ Февраль –2025 11 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT "Rotkäppchen" (Qizil qalpoqcha) "Hans im Glück" (Omadli Hans) "Die Bremer Stadtmusikanten" (Bremendagi musiqachilar) Dramatizatsiya – bolalar o‘rganayotgan hikoyalardan sahna ko‘rinishlarini yaratib, so‘zlarni eslab qolishadi. Mobil ilovalar va onlayn platformalar yordamida bolalar o‘qish jarayonini yanada qiziqarli qilishi mumkin. Masalan: Duolingo Kids – bolalar uchun maxsus tayyorlangan interaktiv ilova. LingoKids – ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan dastur. Quizlet – yangi so‘zlarni o‘rganish va mustahkamlash uchun foydali vosita. Kahoot! – bolalar uchun interaktiv viktorinalar va testlar yaratish imkonini beruvchi platforma. YouTube darslari – bolalar uchun mo‘ljallangan qiziqarli nemis tilidagi dars videolari. Bolalar nemis tilini faqatgina dars vaqtida emas, balki kundalik faoliyat orqali ham o‘rganishlari mumkin: Oilangiz bilan nemischa gaplashing – uyda oddiy so‘z va iboralarni ishlatish orqali bolalar tilni tabiiy o‘rganishadi. Do‘kon yoki sayr paytida so‘zlashish – kundalik hayotda nemischa so‘zlarni ishlatish orqali ularning esda qolishiga yordam berish. Oshxona faoliyatlari – bolalar bilan nemis tilida taom retseptlarini o‘qish va pishirish jarayonida so‘zlarni yodlash. Xulosa Nemis tilini bolalarga o‘rgatishda kreativ yondashuvlar ta’lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli qiladi. O‘yinlar, vizual materiallar, ertaklar, texnologiyalar va interaktiv mashg‘ulotlar bolalarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va jarayonni yanada samarali qiladi. Muhimi, darslar bolalar uchun doimo zavqli va motivatsion bo‘lishi kerak. Bolalarni o‘zlari sezmagan holda Выпуск журнала №-20 Часть–2_ Февраль –2025 12 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT nemis tilida o‘ylashga v

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada nemis tilini bolalarga o‘rgatishda kreativ yondashuvlarning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada nemis tilini bolalarga o‘rgatishda kreativ yondashuvlarning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
til o‘rganish, pedagogika., rolli o‘yinlar, gamifikatsiya, nemis tili, bolalar ta’limi, kreativ yondashuv, multimediya, innovatsion metodlar, interfaol o‘yinlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники