Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SADRIDDIN AYNIYNING “DOXUNDA” ASARIGA AYRIM CHIZGILAR
Qurbonova Manzura Shuxratulla qizi
Современное образование и развитие · 1900
Аннотация
Ushbu maqolada Oʻrta Osiyoning oʻtmishi, madaniyati, oʻzbek va tojik xalqlari adabiyotining tarixi, bu qardosh xalqlarning klassik shoirlari, tazkiranavislari, adiblari va maʼrifatparvar olimlari toʻgʻrisida tadqiqot ishi olib borgan adabiyotshunos olim, Buxoro tarixining mohir bilimdoni Sadriddin Ayniyning “Doxunda” asari haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: Sadriddin Ayniy, yozuvchi, olim, G‘ijduvon, “Doxunda”, “Qullar”, “Sudxo‘rning o‘limi”, Miyon Buzruk, “Obxona”, kanaxona, jadidlar Sadriddin Ayniy — yozuvchi, olim, o‘zbek hamda tojik adabiyotining XX asr jamoat arbobi. 1878-yil Buxoro viloyatining G’ijduvon tumani, Soktari qishlog‘ida tug‘ilgan. Avval eski maktabda (1884-1887), keyin madrasalar: Mir Arab (1890- 1891), Olimxon (1892-1893), Badalbek (1894-1896), Hoji Zohid (1896-1899), Ko‘kaldosh (1899-1900)da tahsil olgan. XX asr boshida shakllanib borayotgan “Yosh buxoroliklar” harakatida qatnashadi. Yangi usul maktablarini tashkil qilib, ushbu maktablar uchun “Yoshlar tarbiyasi” darsligini tuzadi.(1909) Adib sifatida “Doxunda” va “Qullar” romani, “Bo'lganim yo‘q” va “Kengash” feletonlari, “Sudxo‘rning o‘limi” qissalari bilan shuhrat qozonadi. Miyon Buzruk Sadriddin Ayniyning “Doxunda” romanini tojikchadan o‘zbek tiliga o‘girib, 1932-yilda Toshkentda nashr ettiradi. 30-yillarga kelib, amir saltanatidan qo’rqmagan odam sho‘ro siyosatidan dahshatga tushadi. Chunki 20-yillarning oxiridayoq qatag‘on bulutlari ko‘k yuzini qoplayotgan edi. Sinchkov voqelikning ichki jarayonlarini teran tushunadigan ijodkorning bulardan bexabar qolishi mumkin emas edi. Shu bois o‘tmish mavzuida Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 184 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yozilgan bo‘lsa-da, “Doxunda” (1930), “Qullar” (1934) romanlarida Oktabr to’ntarishi arafasi va undan keyingi davr voqealari atroflicha yoritiladi. O‘sha davr adabiyotshunosligi tili bilan aytganda, “yot unsurlar”, “bosmachilar” harakatlariga munosabat bildiriladi. Albatta, bu harakatga qo’shilganlar orasida mol-mulkidan judo bo‘lgan, yerlari musodara qilingan alamzadalari ko’pchilikni tashkil qilardi. Bularning aksariyati savodsiz, uzoqni ko’rolmaydilar kishilar bo‘lib, milliy ozodlik, Vatan mustaqilligi va din ravnaqi uchun kurashga kirishganlar juda ozchilikni tashkil qilgan. Olomonchilik kayfiyatiga asoslangan bu oqim shuning uchun milliy harakat tusiga aylanmagan. Qolaversa, jamiyatdagi mavjud tabaqalarni birlashtiradigan yagona bir g’oya, maqsad, manfaatlar birligi yo‘q edi. 1 Adibning “Doxunda” asariga to’xtalsak, “Doxunda” so’zining asl ma‘nosi asarda quyidagicha izohlanadi: “Buxoroda bu umumiy bir odat, buxoroliklar Ko‘histondan (tog‘lik viloyatlar) kelgan har bir kambag‘alni “doxunda” deydilar”- deya asar qahramoni Abdullaxo‘ja tilidan ta’riflanadi. Asar voqealari tog‘lar oralig’ida joylashgan Darai Nihon nomli yerning ta’rifi bilan boshlanadi. Kichik bir tog‘li o‘lkaning go‘zal tabiati, insonlari xususida so‘z boradi. Shundan so’ng, ikki sevishgan qalblar tasviriga ulanib, ularning bir-biridan go‘zal va baxtli kunlari tasviri keltiriladi. Asarda berilgan ikki sevishgan qalblarning to’satdan ajralib ketishlari xuddi “Yulduzli tunlar” romanidagi voqealar singari birida Tohir va Robiyaning bir- biridan ayro bo‘lib ketishlari bo‘lsa, ikkinchisida esa Yodgor va Gulnorning taqdirlari bo’linib ketish tasvirini ko’rishimiz mumkin. Asar voqealari shundan so‘ng Yodgor va uning oilasini tanishtirishga qaratilib, otasi Bozor, onasi Mehrmoh, otasining inisi Safar va uning ayoli To‘timoh bo‘lib, oila tinchlik-xotirjamlikda, xush-xursandchilikda yashab kelishayotgan kunlarning birida Bozorning inisi Safar noma’lum kasallikdan xastalanib yotib qoladi.( Oilaning parokanda bo‘lib ketishi shu yerdan boshlangan edi.) Safarning bemor bo‘lib, yotib qolganligidan xabar topgan eshon va Hojiyoqubboy turli hiyla- yu, nayranglar ishlatib, Bozorning jondan suygan ikki ho‘kizidan birini qo’lga kiritib uylariga xursand bo‘lib qaytishganda Safarning janozasiga xabar keladi. Qishloq 1 zarnews.uz Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 185 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kattalari Bozor bilan maslahatlashib, ukasi Safarning bu dunyoga kelib, na o’zidan bir tuyoq, na yaxshi nom qoldirib ketayotganligini, yil ag’darib ko‘rib, atigi 32 yil umr ko‘rganligini uning janozasini esa ko‘ngildadigidek o‘tkazish kerakligini aytishadi.(Bu paytda Hojiyoqubboy xuddi o‘zini Bozorga eng yaqin kishidek tutib, unga yordamini darig‘ tutmasdan o’zini o‘qqa-cho‘qqa urib yurgandi.) Safarning janozasini hech kimdan kam qilmasdan, pul kerak o‘rinda pul, mol kerak o’rinda mol, jon kerak bo’lganda jonini ham ayamasdan berishini ta’kidlashadi. Bu paytda Bozor inisining to’satdan vafot etishidan gandiraklagan, es-hushidan ayrilgan edi. Shu sababli o’zidan “saxiy boy” ko'rinishini yasab olgan Hojiyoqubboy janozaga ketadigan barcha xarajatlarni o‘z bo‘yniga oladi. Janoza xarajatlari hisoblab chiqilganda jami hisobda 100 tanga naqd pul va 5 qop bug’doy hisobida qarzdor bo‘lgan edi. ( Chunki bu voqea yuz ber
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Oʻrta Osiyoning oʻtmishi, madaniyati, oʻzbek va tojik xalqlari adabiyotining tarixi, bu qardosh xalqlarning klassik shoirlari, tazkiranavislari, adiblari va maʼrifatparvar olimlari toʻgʻrisida tadqiqot…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Oʻrta Osiyoning oʻtmishi, madaniyati, oʻzbek va tojik xalqlari adabiyotining tarixi, bu qardosh xalqlarning klassik shoirlari, tazkiranavislari, adiblari va maʼrifatparvar olimlari toʻgʻrisida tadqiqot… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Doxunda”, jadidlar, olim, “Qullar”, “Sudxo‘rning o‘limi”, G‘ijduvon, Sadriddin Ayniy, Miyon Buzruk, “Obxona”, yozuvchi, kanaxona
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026