Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUVIMDAN QOLGAN SIRLI MUXAMMAS
Qurbonova Manzura Shuxratulla qizi
Современное образование и развитие · 2014
Аннотация
Ushbu maqolada salkam bir asr yashab o‘tgan Choriyeva Barin buvidan yozib olingan muxammas va uning tarkibi xususida so’z boradi. Kalit so’zlar: Folklor, musiqa, raqs, hunarmandchilik, xalq og‘zaki ijodi, variantlilik, Buxoro, Jondor, Choriyeva Barin, muxammas, sheva, “Erali va Sherali”, “Sust xotin”, “Choy momo”, T.Mirzayev, O.Safarov, D.O’rayeva “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi” Folklor barcha san’atning boshlanishi, sarchashmasi, shu sababli ham boshqa ko‘pgina san’atlar bilan uyg’unlikka ega, shuning bilan birga hech biriga o’xshamagan o’ziga xosligi bilan ajralib turuvchi alohida san’at turidir. Bu soha o‘z ichiga musiqa, raqs, hunarmandchilik, tasviriy, badiiy va boshqa san’atlar bilan bog‘liq tasavvurlarni qamrab oladi. Boshqacha aytsak, og’zaki ijod xalqning o’tmishi, buguni va kelajagini o‘zida ifoda etuvchi, uning taqdiri bilan chambarchas bog’liq ijodiy jarayondir. Shuning uchun ham allomalarimiz uni el adabiyoti deb atagan. Biror bir xalqning qanday xalq ekanligini bilish uchun dastavval uning folkloriga nazar solish lozim bo'ladi. Xalq ijodi bu chinakam ma’nodagi doimiy o’zgarish, doimiy harakatdagi san’atdir. Ya’ni xalq ijodi namunalari har galgi ijroda an’analarning davomiyligini saqlagan holda muttasil yangilanib, o‘zgarib, mukammallashib boraveradi. Shuning uchun ham xalq ijodi namunalari ko’plab variantlilikka ega. Ana shu variantlilik xalq og’zaki ijodining o‘ziga xosligini ta’minlab beruvchi eng muhim jihatlardan biridir. Ajdodlarimiz hayoti qandaydir bir udumiy-marosimiy qo’shiqlar va raqslarsiz ma’no — tuzsizdek bo’lgan. 1 1 Jabbor Eshonqul: “Folklor – millatning boqiy tarixi” (2014) Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 193 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT “Ayni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan “ommaviy madaniyat”, shou-biznesning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda har qanday milliy madaniyatning bulog’i bo'lgan folklor san’atiga e’tibor va qiziqish, afsuski, susayib borayotgani ham sir emas. Holbuki, folklor san’ati, ta’bir joiz bo’lsa, bu – insoniyatning bolalik qo’shig’idir. Mana shunday noyob va buyuk san’at bugungi kunda shunchaki madaniy yodgorlik namunasiga aylanib, ko’p joylarda unutilib ketayotgani, himoya va muhofazaga muhtoj bo’lib turgani – bu ham davrimizning achchiq haqiqatidir. Bu haqiqat ushbu go’zal va betakror san’atning chinakam fidoyilari sifatida siz, azizlarni hammadan ko’ra ko’proq tashvishga solayotganiga ishonaman. Folklor san’ati bu – insoniyatning bolalik qo’shig’idir. Shu sababli tengsiz ma’naviy boyligimiz bo’lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg’or fikrli olimlar va san’atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir”.2 Prezidentimiz aytganlaridek, ma’naviy hamda moddiy boyliklarimizni, urf- odat-u an’analarimizni saqlab qolishimiz va bus-butunligicha kelajak avlodga yetkazish bizning sharafli burchimizdir. Quyida Buxoro viloyati Jondor tumani Shodila qishlog’ida yashab o’tgan Choriyeva Barin buvidan yozib olingan muxammas(Buxoro shevasida)ga e’tibor qaratsak: Eshiging oldidan o’tsam, Gul ochildi xiyolimga Urubsiz mushk-u anbarni Hidi urdi dimog’imga Xudoyimdan tilab olsam, Sani bir kecha qo’ynimga Qo’limni bo’yningga taylab, Rozidil aytsam qulog’ingga Boshingdan tayla siynaning 2 Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro baxshichilik festivalida so'zlagan nutqi Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 194 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ko’nglingdan tayla kiynani Qarako’z ko’zi giryon-giryon Oq yuzingga bo’ldim hayron Saning bilan sursam davron Man sani sevdim qarako’z San ketsang maylis buzulur Ustingda jonim uzulur Kichkina charvoq ichinda Aynalaylik ikkimiz Chilmashib chiqqan niholdek Chalmashaylik ikkimiz Ikki yuzi qip-qizil almadakkina Labchangdan o’psam maylimi? Olti botmon olti shakar Bo’yningda tursin Kecha bergan va’dang Ko‘nglingda tursin. Mazkur muxammas (Buxoro shevasida) ning yaratilish tarixi ham juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Barin buvi bu muxammas(Buxoro shevasida)ni o’zlaridan oldin yashab o’tgan bir qarindoshlaridan (amma buvilaridan) eshitib yodlab olgan ekanlar. Buvi muxammasni to’y-marosimlarda, tantanalarda, hamda oilaviy yig’inlarda, yaqinlari - farzand-u nabira-abira va chevaralari yig’ilishgan paytlarda aytib, insonlarga xush kayfiyat ulashib kelganlar. Muxammasning asrlar osha bizning qo’limizgacha yetib kelishida Barin buvining hissalari anchagina salmoqlidir. Barin buvi salkam bir asr (ya’ni 94 yosh) yashaganlar. Mazkur muxammasning til uslubi sodda, tushunarli bo’lganligidan yodlab olish uchun juda qulay. Tarkibi sheva so’zlardan, aynan Buxoro shevasidagi so’zlardan unumli foydalanilgan holda tuzilgan. Xususan, xiyol so’zi sheva so’z bo’lib, xayol tarzida adabiy tilda qo’llaniladi. Taylamoq so’zi, ya’ni tashlamoq Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 195 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ma’nosida, siyna so‘zi ko’
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada salkam bir asr yashab o‘tgan Choriyeva Barin buvidan yozib olingan muxammas va uning tarkibi xususida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada salkam bir asr yashab o‘tgan Choriyeva Barin buvidan yozib olingan muxammas va uning tarkibi xususida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sheva, muxammas, Buxoro, “Sust xotin”, D.O’rayeva “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi”, Folklor, variantlilik, “Erali va Sherali”, musiqa, hunarmandchilik, O.Safarov, Choriyeva Barin, “Choy momo”, T.Mirzayev, Jondor, raqs, xalq og‘zaki ijodi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026