К содержанию
РецензированоRU2025

BOLALARDA MATEMATIK TUSHUNCHALARNI RIVOJLANTIRISHDA, ILMIY YONDASHUVLARNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK TAHLILI

BOLALARDA MATEMATIK TUSHUNCHALARNI · PSIXOLOGIK TAHLILI · Ko’chkinova Mahliyo Norbutayevna · Baratova Mehriniso Nazirjonovna (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti) · Aliqulova Durdona Rustam Qizi (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti) · Amirova Sevara Abdurashid Qizi (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha tarbiya yoshidag bolalarda mustaqil, faol matematik tushunchalarni rivojlantirishga oid ilmiy yondashuvlar va ularni pedagogik va psixologik tahlil qilishga oid fikr mulohazalar bayon etilgan. Aннотация: В данной статье описаны научные подходы к развитию самостоятельных, активных математических представлений у детей дошкольного возраста и даны комментарии к их педагогико-психологическому анализу. Annotation: This article describes scientific approaches to the development of independent, active mathematical concepts in children of preschool age and comments on their pedagogical and psychological analysis. Kalit so’zlar: Matematik tushuncha, individual xususiyatlar, rivojlanish sohalari, imkoniyat darajalari, o’zlashtirish, qonuniyat, faoliyat, harakat, fikrlashning faolligi, mustaqillik, pedagogik imkoniyat, psixologik tahlil Key words: Mathematical concept, individual characteristics, areas of development, levels of opportunity, mastery, regularity, activity, movement, activity of thinking, independence, pedagogical possibility, psychological analysis Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 218 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ключевые слова: Математическая концепция, индивидуальные особенности, направления развития, уровни возможностей, мастерство, закономерность, активность, движение, активность мышления, самостоятельность, педагогическая возможность, психологический анализ Bolalarga matematikadan ta'lim berish va maktabgacha ta'limdagi o'quv- tarbiya jarayonini takomillashtirishning bosh maqsadlaridan biri bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish hisoblanadi. Bolalarda matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o'rganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlarni o’rganish maqsadga muvofiq. Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to'laroq o'rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo'lgan g'oya katta ahamiyat kasb etadi.1 Har bir yangilikdan oldin g'oya paydo bo'ladi, keyin shu yangilik haqida fikr yuritiladi. Fikr o'z qarorini topishi uchun voqealarni taqqoslaydi, ko'rib chiqadi va ularga asoslanib, kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o'zining mohiyati bo'yicha mustaqil fikrlash jarayoni bilan bevosita bog’lanadi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha shakllanadi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta'limdan boshlanadi. Ruhshunoslarning fikriga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi murakkab va serqirralidir. O'zining mohiyati bo'yicha har bir fikr ijodiy, past yoki yuqori darajaning mahsulidir. Har bir fikr - izlanish va yangilikni yaratish hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakat natijasidir. Adabiyotlar tahlillari shuni ko'rsatadiki, matematik tushunchalarni rivojlantirish mahsulining yuqori darajadagi yangiligi, unga erishish jarayonining 1 Z.T.Nishonova,G.Kalimova,A.Gʻ.Turg‘unboyeva,M.X.Asranboyeva “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” Toshkent 2017-yil 80-82 bet Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 219 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o'ziga xosligi va aqliy rivojlanishga sezilarli darajada ta'sir o’tkazishi bilan ifodalanadi. Ayrim mualliflar bolaning turlicha fikrlari ularning oldida turgan yangi muammolarni mustaqil yechishga, chuqur bilimlarni tez egallashga undaydi, deb hisoblaydilar.2 Bu borada S. L. Rubinshteynning birinchilardan bo'lib umumiy aqliy rivojlanish bo’yicha qilgan izlanishlari e’tirofga loyiqdir. U ruhshunoslikdagi faoliyat toifasini ruhiy izlanishning obyekti hamda maqsadi qilib kiritdi va asosladi. Faoliyat nazariyasi asosida S.L. Rubinshteyn faoliyat tushunchasini subyektdan obyektga ko’chishi deb kiritadi. U faoliyatning ikkinchi bosqichini obyektdan subyektga qarab borgan aloqadan iborat deb biladi. Uning diqqat markazida, inson faoliyati jarayonida faqatgina o'ziga xos bo'lgan shaxs sifatida o'zining xususiyatlarini namoyon etib qolmay, balki undagi ruhiyatning shakllanishi obyekt bo'lib aniqlanadi, degan mazmun turadi. ,,Faoliyat" ,,harakat" tushunchalarining fundamental psixologik tushunchalari A. N. Leontev ishlarida ham yoritilganligini ko’rish mumkin. Faoliyat — subyektning bir-biriga bog'langan realligining o'zaro ta'sir ko'rsatishi deb bilgan A.N.Leontev, reallikning bola ongida aks ettirilishi — ,,ta'sir" ning natijasi bo'lmay, o'zaro ta'sir, ya'ni bir-biriga duch kelgan jarayonlarning hosilasidir, deb hisoblaydi. A. N. Leontev va S.L. Rubinshteynning o'qitish amaliyotidagi xulosalariga nazar tashlasak, matematik tushunchalarni shakllantirishda faoliyat shakllarining ishlanmasi va ishlatilishi hamda ta'limdagi faoliyat tamoyillarining bir-biriga ketma- ket o'tkazilishi eng foydali va natijali yo'nalish ekanligini bilishim

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha tarbiya yoshidag bolalarda mustaqil, faol matematik tushunchalarni rivojlantirishga oid ilmiy yondashuvlar va ularni pedagogik va psixologik tahlil qilishga oid fikr mulohazalar bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha tarbiya yoshidag bolalarda mustaqil, faol matematik tushunchalarni rivojlantirishga oid ilmiy yondashuvlar va ularni pedagogik va psixologik tahlil qilishga oid fikr mulohazalar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mathematical concept, individual characteristics, areas of, individual xususiyatlar, psixologik tahlil, мастерство, Математическая концепция, индивидуальные особенности, движение, activity of thinking, areas of development, rivojlanish sohalari, самостоятельность, qonuniyat, pedagogik imkoniyat, pedagogical possibility, mustaqillik, psychological analysis, fikrlashning faolligi, mastery, закономерность, imkoniyat darajalari, levels of opportunity, activity, independence, Matematik tushuncha, педагогическая возможность, o’zlashtirish, movement, активность мышления, уровни возможностей, harakat, психологический анализ, regularity, активность, направления развития, faoliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники