К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MULTEMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI VA DOLZARBLIGI

VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK · IMKONIYATLARI VA DOLZARBLIGI · Ko‘chkinova Mahliyo Norbutayevna · Abdullayeva Dilnoza Farxodovna (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti) · Azizova Zarnigor Ismatullo Qizi (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti) · Babashova Nazira Pulatovna (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiyani amalga oshirishda multimedia vositalaridan foydalanishning pedagogik va psixologik imkoniyatlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: faoliyat, multimedia, savodxonlik, natija, axborot, innovatsiya, texnologiya, kompyuter, zamonaviy yondashuv, animatsiya. Kirish. Hozirgi kunda barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Asosan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yuksak bilim egalashida multimedia ta’limi ham muhim o‘rinda turadi. Multimedia ta’limi orqali biz bolalarda milliy qadiryatlarni video rolik shaklida jonlantirishimiz ham mumkun. Ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, an’anaviy o‘qitish usullariga nisbatan samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 227 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Hozirda ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari ta’lim jarayonining muhim negizi bo‘lib, yoshlarning yangi axborotlarga bo‘lgan talablarini qondirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya olayotgan katta va maktabga tayyorlov guruhlarida aynan 5–7 yoshli bolalar tarbiyalanadi. Ulardagi intellektual salohiyatni shakllantirishning boshlang‘ich davri ham xuddi shu yoshdan boshlanadi. Aynan shu sababli hozirgi kunda maktabgacha ta’limda multimedia ta’limiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Barkamol avlodni voyaga yetkazishda zamonaviy o‘qitish metodlari, innovatsion texnologiyalar, multimedia vositalarining o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahorati va pedagog tajriba bilan bir qatorda, interfaol metodlar, multimedia vositalari barkamol avlodni bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Asosiy qism. Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini multimedia vositalari asosida tashkil etishga alohida ahamiyat berilyapti. Multimedia vositalariga, birinchi navbatda, elektron darsliklar, kompakt disklar, video-audio tasmalar, turli taqdimotlar kiradi. MTTda multimedia texnologiyasidan foydalanishdagi masalalardan yana biri ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish metodikasini ishlab chiqish, unga mos ishlanmalar yaratish hamda amaliyotga joriy qilish zarurligidir. Multimedia ta’lim vostitasining afzaliklari qanday va biz multimedia ta’limni qanday qilib maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llashimiz mumkin degan savol paydo bo‘lishi tabiiydir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimediani turli xil mashg’ulotlarda qo‘lash mumkin. Masalan, tabiat bilan tanishtirishda, elementar matematik ta’savurlarini shakilantirishda hamda xorijiy tilda mashg’ulotlarini tashkil etishda multimedia vositalari yuqori natijalar beradi. Mashg’ulot jarayoni bolalarni zeriktirib qo‘ymaydi va ularni mashg’ulotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ham ko‘proq oshirishda keng imkoniyatlarni yaratib beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimediani qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad bolalarga qisqa vaqt ichida ko‘proq va samarali ta’lim berishdan iboratdir.1 1 Atamurodova Q. G. Factors and means of individual spiritual development //ACADEMICIA: An International Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 228 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Hozirgi vaqtda bolalarning kompyuter va gadjetlarga qiziqishlari juda yuqori. Shu tufayli pedagoglar ulardan to‘g’ri va unumli foydalanib, bolalarni yo‘naltirish, qiziqishlaridan kelib chiqan holda ta’lim tashkil etilsa, bolalarning qiziqishlari yanada ham ortadi. Masalan, bolalarga multimedia ta’limidan foydalanib ularga til o‘rgatish mashg’ulotlarni qiziqarli qilib tashkil etish mumkun. Ayniqsa, turli ranglardan foydalangan holda bolalarning ta’savuri kengaytirib, ularning diqqatini tortish, ularning tilga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortirish mumkin. Jumladan, bolalarda fasllar to‘grisida tasavvurlarini shakllantirishda qo‘l keladi. Bolalarda bahor fasli haqidagi tushunchalarni shakllantirishda bahor faslinini ko‘rsatish bilan birgalikda undagi yashilik, daraxtlar va gularning rangi, bahor faslida nishonlanadigan bayramlarni havola qilish imkoniyati mavjud. Maktabgacha ta’lim tashkilotkarida tayyorlov guruhida multimediali mashg’ulotlarni olib borish maktabga tayyorlash jarayonida tasavvurlarini boyitadi, ularning talim faoliyati to‘g’risidagi tasavvurlarini shakilantiradi natijada ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishlari uchun zamin tayyorlaydi, shu bilan birga bolalarning inovatsion texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasi multimedia ta’limini tashkil qilish orqali shakilantirib boriladi. Shunungdek, multimedia ta’limidan zamonaviy, inovatsion ta’limning bir shakli sifatida mashg’ulotlar jarayonida to‘g’ri foydalanish maktabgacha ta’limda faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarning ham inovatsion texnologyalardan foyda

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiyani amalga oshirishda multimedia vositalaridan foydalanishning pedagogik va psixologik imkoniyatlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiyani amalga oshirishda multimedia vositalaridan foydalanishning pedagogik va psixologik imkoniyatlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompyuter, savodxonlik, animatsiya., innovatsiya, zamonaviy yondashuv, axborot, texnologiya, multimedia, faoliyat, natija
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники