Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MMT BOLALAR IRODASINI TARBIYALASHDA MASHQLARNING AHAMIYATI
PSIXOLOGIK ASOSLARI · JO‘RAYEVA MUHSINA O‘KTAMOVNA · MAMATQULOVA ZARNIGOR ESHMAMATOVNA
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Quyidagi maqolada bolalarni maktabga fiziologik, psixologik va pedagogik tayyorgarligi va bolalarni maktabga tayyorlashda salomatlik va jismoniy rivojlanganlikning ahamiyati kabi ma’lumotlar bayon qilingan. Kalit so’zlar: Psixika, bilish jarayonlar, psixologik tayyorgarlik, intellektual (aqliy) tayyorgarlik, ma’naviy xususiyatlar, irodaviy xususiyatlar, tayyorgarlik, rivojlanganlik darajasi Maktabning bola shaxsiga qo‘yadigan asosiy talablaridan biri psixologik tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeining o‘zgarishi va kichik maktab yosh davridagi bolalar o‘quv faoliyatining o‘ziga xosligi bilan uzviy bog‘liq. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, maktabga psixologik tayyorgarlik doimiy hisoblanmaydi, balki u doimo o‘zgarib boyib boradi. Psixologik tayyorlikning tarkibiy jihatlari: intellektual (aqliy), ma’naviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir. Aksariyat hollarda bolaning aqliy rvojlanganlik darajasi haqida gapirilganda uning so‘z boyligi zahirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari miqdoriga ko‘proq e’tibor beriladi. Ota-ona, hatto ayrim o‘qituvchilar ham bola qanchalik ko‘p bilsa, u shunchalik rivojlangan bo‘ladi, deb o‘ylaydilar. Aslida esa unday emas, fan-texnika, ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi tufayli bugungi kun bolalari go‘yo ma’lumotlar ummonida suzib yurgandek bo‘lmoqdalar. Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 257 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bu esa ulardagi so‘z boyliklarining keskin o‘sishiga asos bo‘lmoqda, lekin bu ularning tafakkuri ham shunday jadallikda rivojlanyapti, degan gap emas. Maktabda amal qilinayotgan o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish boladan narsalarni taqqoslay bilish, tahlil qilish, umumlashtirish, mustaqil xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining yetarlicha rivojlangan bo‘lishini takozo etadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda maktab amaliyotchi-psixologlari tomonidan bolalarni birinchi sinfga qabul qilish jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik vositalar, testlar, surovnomalar, asosan bolada yuqorida keltirib utilgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini aniqlashga muljallangan metodikalardan iboratdir. 5-7 yosh bolaning maktabga intellektual (aqliy) tayyorligining yana muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu ulardagi obrazli tafakkurning oliy darajada rvojlanganligidir. Bularga tayangan holda bola atrof-muhitdagi narsa- hodisalar o‘rtasidagi eng muhim xususiyatlarni, munosabatlarni farqlay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu urinda bolalar chizmali tasvirlarni shunchaki tushunibgina qolmay, balki ulardan muvaffaqiyatli foydalana oladigan bo‘ladilar. Biroq ularning tafakkuri umumlashtirish xislatlariga ega bo‘la borsa-da, predmetlar va ularning (tafakkuri) o‘rnini bosuvchilar bilan aniq xatti- harakati obrazliligicha qolaveradi. Maktabgacha yosh davridayoq bola kichik maktab yosh davrida yetakchi faoliyat turi bo‘ladigan o‘quv faoliyatiga tayyorlangan bo‘lishi lozim. Bunda bolada ma’lum bir tegishli malakalarning shakllangan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday malakalarning asosiy xususiyatlaridan biri bolaning o‘quv topshirigini ajratib olishi va faoliyatni mustaqil maqsadga aylantira olishidir. Bunday jarayonlar birinchi sinf o‘quvchilaridan topshiriqda o‘zi belgilagan o‘zgarish, yangilik alomatlarini kidirib topa bilish va ulardan hayratlanishni, qiziqishni talab qiladi. Bunday topshiriqlar amaliy ishlarga aylantirilsa yoki o‘yin tarzida bajarilsa, osonroq kechadi va bola o‘zlashtiradi. Yuqorida to‘xtalib o‘tganimiz intellektual tayyorlik bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishi uchun yagona zamin emas. Agar bola zarur malaka va ko‘nikmalar zaxirasiga ega bo'lsa, unda intellektual rvojlanganlik darajasi ham yuqori bo‘lsa-yu o‘quvchilikning ijtimoiy holatiga shaxsan tayyor bo‘lmasa, maktabda o‘qib Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 258 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ketishi qiyin kechadi. Agar o‘qituvchi yoki ota- ona uni o‘qishga qiziqtira olmasalar, o‘quv vazifalarini zo‘rma-zo‘raki, sifatsiz, qo‘l uchida bajaradilar. Bundaylarda zarur natijalarga erishish qiyin bo‘ladi. Eng yomoni, bu yoshda maktabga borishni xohlamaydigan bolalar ham uchrab turadi. 5-7 yoshli bolaning maktabga borishdan bosh tortishi asosan uni tarbiyalashda ota-onalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoning oqibati hisoblanadi. Ayrim ota-onalarda maktabgacha yosh davridagi bolani maktab bilan qo‘rqitish hollari ham kuzatiladi. “Ikkita gapni eplab gapira olmasang, maktabda qanday o‘qiysan?”, “Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasan?”, “Maktabga borsang, o‘rtoqlaring bu qilig‘ingdan kulishadi!” “Hech narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan!” kabi ta’na-dashnomlar bolada maktabdan qo‘rqish, undan xavfsirashning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Shunday qo‘rquv bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, ularda o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘otish uchun haddan ziyod kuch, vaqt, mehnat, sabr-toqat, chidam, e’tibor zarur bo‘ladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan
Доказательный фрагмент
«Quyidagi maqolada bolalarni maktabga fiziologik, psixologik va pedagogik tayyorgarligi va bolalarni maktabga tayyorlashda salomatlik va jismoniy rivojlanganlikning ahamiyati kabi ma’lumotlar bayon qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюQuyidagi maqolada bolalarni maktabga fiziologik, psixologik va pedagogik tayyorgarligi va bolalarni maktabga tayyorlashda salomatlik va jismoniy rivojlanganlikning ahamiyati kabi ma’lumotlar bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- batartiblik, puxtalik, matonat, dadillik, kayfiyat, qat’iylik, aniqlik, o’jarlik, mashq, trening, Iroda
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026