К содержанию
РецензированоUZ2025

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING HAYOTI VA ILMIY MEROSI.

Po‘latova Dildora Aziz qizi · ICESCO” kafedrasi dotsenti Muhabbat Agzamova

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar, dramaturg va publitsist Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ilmiy- ma’rifiy faoliyati hamda merosi tahlil etiladi. Behbudiyning milliy uyg‘onish g‘oyalarini ilgari surishdagi roli, uning ta’lim-tarbiya, matbuot va dramaturgiya sohalaridagi faoliyati, asarlari va u orqali jamiyat taraqqiyoti, ilm-fan va adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy asosda yoritiladi. Behbudiyning o‘z davrida ilgari surgan islohotchilik g‘oyalari, ularning bugungi kun uchun dolzarbligi, jadidchilik harakati tarixini o‘rganish, milliy o‘zlikni anglash va ma’rifiy tafakkurni rivojlantirish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadidchilik, ma’rifatchilik, milliy uyg‘onish, islohotchilik, ta’lim, matbuot, dramaturgiya, ilmiy meros. Mamlakatimiz dunyo tamadduni va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar, avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar, allomalar nafaqat Sharq, balki jahon ilm-fani va madaniyatining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Ularning ilmiy merosi, falsafiy qarashlari, ma’naviy-axloqiy tamoyillari bugungi kunda ham insoniyat uchun bebaho manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan g‘oyalarni targ‘ib qilish, ularning dunyoqarashini shakllantirish va milliy qadriyatlarga hurmat uyg‘otish muhim ahamiyat kasb etib Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 380 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kelmoqda. Bugungi globallashuv davrida milliy va ma’naviy qadriyatlarga nisbatan turli xatarlar, xususan, “ommaviy madaniyat”ning tahdidi kuchayib bormoqda. Axborot texnologiyalari va turli xil begona madaniyatlarga oid tushunchalarning ommalashishi, yoshlarning milliy qadriyatlari va an’anaviy tarbiya tamoyillaridan uzoqlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holat esa yosh avlodning o‘zligini anglashiga, ma’naviy komillik sari intilishiga va yurt ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shish istagiga raxna soladi. Natijada, yoshlarning ongini begona g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan illatlar zaharlashi, ularning hayotga bo‘lgan qarashlarini buzishi ehtimoli oshadi. Bunday salbiy ta’sirlarga qarshi turishning eng samarali yo‘llaridan biri – milliy ma’naviy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, yoshlarni ajdodlarimizning ibratli hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosidan bahramand etishdir. O‘zbekistonlik buyuk mutafakkirlarning asarlarida insoniylik, ezgulik, odob-axloq, ilmga intilish, vatanparvarlik, halollik va adolat kabi ma’naviy tamoyillar keng yoritilgan bo‘lib, ular yosh avlodni komil inson sifatida tarbiyalashda asosiy o‘rin tutadi. O‘zbek milliy uyg‘onish harakatining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg, jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri, xalqni ilm-fan, ta’lim va ma’rifatga chorlagan, O‘rta Osiyoda mustamlakachilik sharoitida yashab, millatni jaholat va qoloqlikdan chiqarish yo‘lida fidokorona faoliyat yuritgan Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida muftiy oilasida dunyoga kelgan1. U dastlab Samarqand madrasalarida, so‘ngra Buxoroda tahsil olgan bo‘lib, an’anaviy diniy ta’lim asosida puxta bilim olgan. U faqat madrasa ta’limi bilan cheklanib qolmay, o‘z ustida doimiy ravishda izlanishlar olib borgan. Natijada shariat ilmi bo‘yicha yuksak darajalarga erishib, qozi va muftiy maqomiga ko‘tarilgan. Behbudiyning ilmga chanqoqligi, dunyoqarashining kengligi va islohotchilik faoliyati uning haj safariga chiqishi bilan yanada mustahkamlanadi. Hoji Muin Behbudiyda bunday istakning paydo bo‘lish sabablarini izohlab, yozgan: “Behbudiy 3-4 yoshdagi birinchi o‘g‘li o‘lgani uchun juda hafalanib, bir yoqdan, qayg‘usini 1 N. Karimov / Mahmudxo‘ja Behbudiy. – T.: O‘zbekiston, 2011. – B.9. Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 381 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT taskin etmak, ikkinchi yoqdan, adoi haj qilmoq maqsadi bilan 1899-yilda o‘zining do‘sti buhorolik Hoji Baqo bilan safarga chiqdi2. Behbudiyning o‘zi esa “Oyna” jurnalining 1914-yil 31-sonida chop etilgan “Qasdi safar” deb nomlangan maqolasida ushbu safar to‘g‘risida bunday ma’lumot bergan: “1318 sanai hijriyasi tavofi Baytullohga Kafkaz yo‘li ila Istanbul va Misr va Qohira vositasida borib edim, muddati safarim sakkiz oydan ziyoda so‘zub edi”3. Ushbu ziyorat davomida u musulmon dunyosining turli hududlarini ko‘zdan kechirib, ilm-fan va ta’lim taraqqiyotining muhimligini yanada chuqurroq anglaydi. Safardan qaytgach, Behbudiy Turkistonda yangi maktab tizimini joriy etish g‘oyasini ilgari suradi va bu borada amaliy ishlarni boshlab yuboradi. Uning tashabbusi va sa’y- harakatlari bilan 1903-yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi va Rajabamin qishloqlarida yangi usul maktablari tashkil etiladi4. Behbudiy bu maktablar uchun maxsus darsliklar yozishga kirishadi. Qisqa vaqt ichida “Risolai asbobi savod” (1904), “Risolai jug‘rofiyai umroniy” (1905), “Risolai jug‘rofiya

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar, dramaturg va publitsist Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ilmiy- ma’rifiy faoliyati hamda merosi tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar, dramaturg va publitsist Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ilmiy- ma’rifiy faoliyati hamda merosi tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mahmudxo‘ja Behbudiy, ma’rifatchilik, dramaturgiya, ilmiy meros., islohotchilik, ta’lim, matbuot, milliy uyg‘onish, jadidchilik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники