Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGNING PEDAGOGIK MAHORATI MAZMUNI
Joldasbaeva Ramuza Kuatbaevna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Har bir o’qituvchi uchun nihoyatda zarur hisoblangan pedagogik mahorat va uning komponentlari xususida so’z yuritiladi. Maqolada pedagoglarning kasbiy mahoratlari , samarali dars o’tish usullari tasvirlangan. Kalit so’zlar: mahorat, ta’lim, madaniyat, aql, bilim, texnika, qobiliyat, psixologiya,talant. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda ta’limning mazmuni qayta ishlab chiqildi. Bu omil ta’lim jarayoni tarkibiy qismlarini yangicha tartibda namoyon bo’lishini taqozo etadi. Ana shu tashkiliy-pedagogik jarayonda ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa, ta’limni tashkil etishda pedagogik mahoratning tarkibiy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda. [1] Mazkur o’zgarishlarning bir qismi mavjud didaktik yondashuvlarning tarkibidan o’sib chiqqan bo’lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo bo’ladi. Shu o’rinda ilg’or pedagogik mahorat fanining mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo’nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur Haqiqatdan ham, mustaqillik yillarida ta’lim sohasida o’qitishni o’qituvchining yuksak pedagogik mahorati asosida tashkil etish hozirgi jamiyat taraqqiyoti talabidan kelib chiqmoqda. O’zbekistonda ham ushbu muammoga oid izlanishlar, tadqiqotlar olib borilayotgani sir emas, biroq bu jarayonning yahlit metodikasi, tizimi haligacha ishlab chiqilgan Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 319 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT emas. Shu sababli ham bu holatni tuzatish uchun jiddiy e’tibor qaratish zarurligi dolzarb pedagogik muammo sifatida e’tirof etilmoqda. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: pedagogik mahorat fanini o’zlashtirish jarayonini muammoli yondashuvlar asosida tashkil etish omillari, yo’llari, pedagogik shart-sharoitlari ko’rsatib berildi. Tadqiqot ishida ilgari surilgan nazariy qarashlar pedagogik mahorat fanini o’zlashtirish jarayonini mazmunan boyitadi, ushbu jarayonni takomillashtiradi hamda ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalaridan pedagogik mahorat fanini o’qitish ta’lim samaradorligini oshirish borasidagi adabiyotlar, qo’llanmalar hamda uslubiy ishlanmalarni yaratishda foydalanish mumkin. “Pedagogik ensiklopediya"da ta’rif quyidagicha izohlangan: “O 'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, .tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. [2] Ushbu ta’rifhing mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin: 1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi. 2. O 'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi. 3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi. 4. O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi. Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o ‘zaro bir-biri bilan bog'liq bo‘lgan asosiy komponentlardan iborat: 1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi. 2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish. 3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish. 4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash] «Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobili yatlami o'qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahoral ko'nikma va malakalami egallashlari Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 320 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT uchun, pedagogik texnika, pedago gik hamkorlik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to‘g ‘risida m a’lu motlar berib boradi. [3] Bu maqsad bolajak o‘qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi: 1. Bo'lajak o'qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va meto dologik asoslari bilan qurollantiriladilar. 2. Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik ham korlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachili] mahorati, ta’lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texno logiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to‘g‘ri sidagi bilimlar tizimini egallaydilar. 3. Bo'lajak o'qituvchilar milliy urf-odat va an’analarimizda va O 'rt Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogil mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o'zlarida ehtiyoj v havasni rivojlantirib boradilar. 4. Egallangan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko‘nikma va malakalar to'g'risidagi m a’lumotlar asosida har bir bo‘lajak o'qituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi. 5. 0 ‘quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so'nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o'zlas
Доказательный фрагмент
«Har bir o’qituvchi uchun nihoyatda zarur hisoblangan pedagogik mahorat va uning komponentlari xususida so’z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHar bir o’qituvchi uchun nihoyatda zarur hisoblangan pedagogik mahorat va uning komponentlari xususida so’z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta’lim, aql, bilim, texnika, psixologiya, mahorat, talant., madaniyat, qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026