К содержанию
РецензированоUZ2025

MADANIYATNING XILMA XILLIGI VA JAMIYATIMIZDAGI AHAMIYATI

Maxsus fan o'qituvchisi RAHIMOVA DILDORAHON · qaraladi. Misr · Xitoy hamda Hindiston madaniyatlari

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Quyida madaniyat tushunchasi, madaniy tizimlar va insoniyatning integratsion yo’li mohokama qilinadi. Biz bunda falsafaning o’rni hamda ahamiyati kabi masalalarga ham yuzlanamiz. Nega insoniyat madaniy xilma xil hamda golabal dunyoda o’zaro integratsiya qanday ta’minlanishi kerak? kabi savollarga javob topishga harakat qilamiz. Kalit so’zlar: madaniyat, globalizm, determinizm, axloq, til, ta’lim, tolerantlik, inson huquqlari. Madaniyat – inson omili natijasida vujudga kelgan bebaqo fenomendir. Insoniyat ilk sivilizatsiyalarga asos solgan davrdan to bugungi kungacha madaniy muhitda hayot kechirdi hamda turfa xil madaniy tizimlarga asos soldi. Axloq, ta’lim, til va ta’limotlar madaniyatning ajralmas qismi sifatida qaror topdi.Madaniy tizimlarning bu kabi ajralmas elementlaridan tashqari yana bir qancha atributlar ham madaniyatning muhim bo’lagi sifatida qaraladi. Qadim davrlarda va bugungi kunda ham shakllanayotgan madaniy tizimlar determinizm xususiyatiga ega bo’lib, bunda xalqlarning tabiiy-geografik yashash muhiti asosiy faktor sifatida qaraladi. Misr, Mesopotamiya, Yunoniston, Xitoy hamda Hindiston madaniyatlari shular jumlasidandir. Ya’ni, bu xalqlarning tafakkurida va madaniyatida ular yashaydigan muhitning o’rni muhimdir. Antropologik qiyofa, kiyinish, urf-odatlar hamda xo’jalik yuritish kabi xususiyatlar deterministik omil natijasida shakllanishi qazishma ishlari natijasida topilgan manbalarda ayon haqiqatdir. Madaniy tizimlarning xilma xil bo’lish sababi ham shudir. Biroq, g’arb va sharq mintaqasida joylashgan bir xildagi geografik muhitga ega bo’lgan xalqlar o’rtasida madaniy tafovutlarning mavjud bo’lish sabalari kishini hayratga soladi. Bu o’rinda biz Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 365 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT madaniy tizimlarning turfa xillik sababi nafaqat determinizm omiliga, balki qo’shni hududning ta’siriga ham bog’liq ekanligini tushunib yetamiz. Aytaylik Xitoy xalqi tafakkurida o’rin egallagan “samo” obrazi Xitoy hududiga yaqin ko’chmanchi turkiy xalqlar tafakkurida “osmon” obrazining vujudga kelishiga sabab bo’lgani ehtimoldan holi emas1. Bu kabi masalalar bugungi kunda o’z tasdig’ini topgan, muhokama obyekti sifatida qaralashi kamaygan. Endilikda esa, zamonaviy dunyoda olg’a surilayotgan “globalizm” g’oyasi va uning madaniy tizimlar o’rtasida vujudga keltirayotgan konfliktlari hamda xalqlar o’rtasida integratsiya qilish masalalari dolzarbdir. Q.Nazarov fikricha, “Insoniyat taraqqiyoti va jamiyat hayotining jahon miqyosida integratsiyalashishi, g’oyalar amaliyotining umuminsoniy xususiyat kasb etishi natijasida sodir bo’layotgan olamshumul ahamiyati globallashuv tushunchasida o’z ifodasini topmoqda. Dunyoga yangicha olamshumul nuqtai nazarning vujudga kelishi, kommunikatsiya vositalaridagi tub o’zgarishlar, investitsiyalar oqimi bilan bog’liq yangi jarayonlar, universal texnologiyalarning tarqalishi globallashuvning asosiy omilidir”2 Global dunyo konsepsiyasi insonlar hayotining yaxshilanishiga, farovon jamiyatlarning ko’payishiga katta hissa qo’shgani bilan bir qatorda, turfa madaniyatlar o’rtasida konfliktlar kelib chiqishiga ham sabab bo’ldi. Bu holat juda ayanchli tus olmagan bo’lsada, o’ziga xos psixik va kollektiv asoratlar keltirib chiqardi. Globalizm shakllantirgan afzalliklar demokratik tuzum , inson huquqlari,bolalar huquqi,ekologiya, raqobatli iqtisodiyot,texnik – texnologik yutuqlar,ilm – fan taraqqiyoti,farovon jamiyatlar sonining ortishi Globalizm keltirib chiqargan asoratlar ,qadriyatlar transformatsiyasi Bugun biz yechimini topishimiz darkor bo’lgan asosiy masala dunyoda mavjud jamiiyki madaniy tizimlarning integratsiyasini ta’minlovchi yagona falsafiy g’oyaga erishishdir. O’tkan asrda vujudga kelgan global dunyo konsepsiyasi shu kabi yechimlardan biri. Odatda madaniyatlar birlashuvi tarixan sodir bo’lib kelgan jarayondir. Ikki madaniy tizim birlashib uchinchisi vujudga kelishi yoki bevosita ta’sir etish orqali yangi madaniyatlar yaralishi inkor etib bo’lmas haqiqat. Ammo o’tmishda bu jarayon katta vaqt talab etgan va hatto, bir nechayuz yillar ro’l o’ynagan holatlar ham mavjud. Bugun dunyo shiddat bilan tezlashgan, bir necha asr kutish esa katta vaqtning Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 366 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yo’qotilishidir. Globalizm falsafasi esa bizga bir qancha qulayliklar taqdim etishi orqali jozibador va istiqbolli fenomen sifatida qaraladi. Tolerantlik, inson huqulari va ekologiya muammolari kabi umumiy qarashlar insonlarni birlashishga va birgalashib harakat qilishga undayapti. Inson huquqlari deklaratsuyasida ta’kidlangan “Barcha odamlar erkinlik, qadr-qimmat va huquqlarga ega bo’lib tug’iladilar” jumlasi buning isbotidir.3 Iqtisodiy sohaintegratsiyasi esa tabiiy ravishda yuksalishi mumkin, ammo falsafiy g’oyaningkeng miqyosda yoyilmasligi jarayonning istiqbolli kelajagiga rahna solmoqda.Avtoritar tuzumlarning ko’payishi, diniy ta’limotlar tomonidan reaksion harakatlar hamda ba’zi jamiyatlarning inson huquqlariga e’tibo

Доказательный фрагмент

«Quyida madaniyat tushunchasi, madaniy tizimlar va insoniyatning integratsion yo’li mohokama qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Quyida madaniyat tushunchasi, madaniy tizimlar va insoniyatning integratsion yo’li mohokama qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globalizm, inson huquqlari., ta’lim, til, axloq, tolerantlik, madaniyat, determinizm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники