Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PROFESSIONAL TA'LIMDA O'QUVCHILARNI KASBGA YO'NALTIRISH VA KREATIV FIKRLASHGA O'RGATISH
Akbarova Vasilaxon
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada professional ta'lim sohasida o'quvchilarni kasbga yo'naltirushning ahamiyati, usullari va vositalari haqida atroflicha fikr- mulohazalar bayon qilinadi. Kasbga yo'naltirish yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama va barkamol rivojlantirishning shart – sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma`naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya`ni barcha o’quv – tarbiya jarayoni bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi. Maqolada yoshlarni kreativ fikrlashga o'rgatish borasida ham tahlillar bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: kasb- hunar, professional ta'lim, kasbga yo'naltirish, kreativlik, vizuallashtirish, kasbiy moslashish, kasbiy mahorat. Kasb-hunarga yo’llash bo’yicha olib boriladigan ishlarning barcha shakl va metodlari o’quvchilarning maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qilishi lozimdir. Professional ta'limda kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini yo’lga qo’yishda an`anaviy amaliy mashg`ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik o’yin, konferentsiya, mustaqil fikrlar, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining jamoalari bilan birgalikda o’tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogik texnologiya elementlaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi. Kasbga yo’naltirish tadbirlari inson tomonidan o’z kasbiy malakasini oshirishning qulay shakllarini izlash, ijtimoiy- iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual va mehnat mustaqilligini rivojlantiradi. Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama va barkamol rivojlantirishning shart – sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma`naviy, Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 374 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya`ni barcha o’quv – tarbiya jarayoni bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi. Kasbga yo’naltirish quyidagi qismlarini o’z ichiga oladi: Kasbiy axborot, kasbiy maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy moslashish. Kasbiy axborot-ma`lum bir kasbni egallash xohishi bo’lgan shaxsga, turli mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o’sish imkoniyatlariga, mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning shakllanishiga, shaxsning istak va ko’nikmalariga qo’yilgan talablar hamda zamonaviykasblarning istiqboli va mazmuni to’g`risidagi ma`lumotlarni to’plash, targ`ibot qilish chora – tadbirlaridir. Kasbiy maslahat – kasb tanlash, kasbni yoki faoliyat turini o’zgartirishda yordamga muhtoj bo’lgan shaxsning individual – psixologik xususiyatlari, shaxsiy fazilatlari, kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog`ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini o’rganish asosida psixolog – maslahatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o’zaro muloqot tizimidan iborat. Kasbiy tanlov va saralash – kasbiy faoliyatning alohida, turlariga yaroqlilik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan shaxsning psixofiziologik xususiyatlari(tanlash) yoki aniq bir kasbga bo’lgan psixofizioligik me`yoriy talablar (saralash) asosida shaxsni har tomonlama o’rganish tizimidir. Kasbiy moslashish – ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy- psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni muvaffaqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir. Professiografiya (axborot, tashxis, korrektsiyalovchi, shakllantiruvchi kasbiy tashxis (shaxsni o’rganishning psixologik, psixofiziologik, tibbiyo va boshqa usullarining majmui) kasbga yo’naltirishning axborot uslubiy ketma-ketligining asosi hisoblanadi. Kasb-hunarga yo’naltirish – umuminsoniy madaniyatni shakllantirish jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodni kasbiy tiklanishi, tabiat in`om etgan (tug`ma) qobiliyatlarini rivojlantirishda ko’maklashish, insonga kasbiy o’zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora – tadbirlar majmuasi bo’lib, uning imkoniyat va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta`lim turini Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 375 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tanlashishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo’lgan ehtiyojlarda jamiyatning g`amxo’rligi sifatida namoyon bo’ladi. Kreativilar muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan qaray olish qobiliyatiga egadirlar. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuygʻularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon boʻladi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni oʻtkirlikni belgilab beradi. Allaqachon dunyo miqyosida taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch sifatida kreativlik eʼtirof etiladi. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: robotga aylangan kasblar, virtual reallik, koʻk atirgul, tuproqsiz hosil olish… Bularning bari insonning tafakkuri mahsuli va insonning noodatiy fikrlashi, oʻtkir zehni, hech kim oʻylamagan orginal gʻoyasi asosida, bir soʻz bilan aytganda «kreativliligi» natijasida yuzaga kelgan desak xató bo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada professional ta'lim sohasida o'quvchilarni kasbga yo'naltirushning ahamiyati, usullari va vositalari haqida atroflicha fikr- mulohazalar bayon qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada professional ta'lim sohasida o'quvchilarni kasbga yo'naltirushning ahamiyati, usullari va vositalari haqida atroflicha fikr- mulohazalar bayon qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- vizuallashtirish, kasbga yo'naltirish, kreativlik, professional ta'lim, kasb- hunar, kasbiy moslashish, kasbiy mahorat.
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025