К содержанию
РецензированоUZ2018

YOSH TADBIRKORLARGA YARATILGAN SHART SHAROITLAR

o'qituvchisi Mamadaliyeva Marhaboxon

Современное образование и развитие · 2018

Аннотация

maqolada yosh tadbiroklarni kolab kuvatlash bo’yicha yaratilgan shart sharoitlar ,hamda qonun tarafidan tadbirkorlarni qo’lash maqsadida kiritilgan qonunlar o’z aksini topgan . Kalit so’zlar : tadbirkorlik , yoshlar ,biznes, loyiha, qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi PF-5466-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1- ilovaga; “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasining ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizom 2- ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-avgustdagi 669-sonli qaroriga ma muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 379 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yuklansin. Mazkur Nizom “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb ataladi) doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:davlat sherigi — tuman (shahar) hokimliklari; davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etishdagi o‘zaro samarali hamkorligi; davlat-xususiy sheriklik loyihasi — “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va (yoki) “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish bo‘yicha investitsiyaviy, innovatsion, infratuzilmaviy va boshqa tadbirlar majmui; davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim (keyingi o‘rinlarda bitim deb ataladi) — davlat sherigi va xususiy sherikning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida tuzilgan yozma shartnoma; tadbirkorlik subyektlari — Davlat dasturi doirasida tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar tadbirkorligi subyektlari (18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar), 50 foiz va undan ko‘proq muassislari yoshlardan iborat bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, yaratiladigan ish o‘rinlarining 70 foizidan kam bo‘lmagan qismini 5 yil davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun taqdim etish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xorijiy investorlar; xususiy sherik — davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari; “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari (keyingi o‘rinlarda kovorking markazlari deb ataladi) — yoshlar tadbirkorligi subyektlariga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni Internet jahon axborot tarmog‘i bilan ta’minlash, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha ko‘mak berish, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, Выпуск журнала №-20 Часть–1_ Февраль –2025 380 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish, forumlar, mahorat darslari va seminarlar tashkil etishga mo‘ljallangan majmua; “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari (keyingi o‘rinlarda mehnat guzarlari deb ataladi) — chakana savdo va maishiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli shartlarda ijaraga joy ajratish orqali yoshlarni ish bilan ta’minlashga mo‘ljallangan majmua. Davlat sherigi va xususiy sherikning kovorking markazi va (yoki) mehnat guzarini o‘zaro manfaatdorlikda tashkil etish bo‘yicha takliflari davlat- xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzish uchun asos hisoblanadi. Mazkur bitim namunasi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agent

Доказательный фрагмент

«maqolada yosh tadbiroklarni kolab kuvatlash bo’yicha yaratilgan shart sharoitlar ,hamda qonun tarafidan tadbirkorlarni qo’lash maqsadida kiritilgan qonunlar o’z aksini topgan .»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada yosh tadbiroklarni kolab kuvatlash bo’yicha yaratilgan shart sharoitlar ,hamda qonun tarafidan tadbirkorlarni qo’lash maqsadida kiritilgan qonunlar o’z aksini topgan . Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
biznes, yoshlar, tadbirkorlik, loyiha, qaror
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники