Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIFAT SO’Z TURKUMINING INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA IFODALANISHI
TILLARIDA IFODALANISHI · Yunusova Dilbarxon Muxtorjon qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
An adjective is considered the easiest and most comprehensible part of speech. This article discusses adjectives as one of the independent parts of speech in English and Uzbek languages. Additionally, it provides information about the degrees of adjectives. The similarities and differences between adjectives in English and Uzbek languages are also explained. KEYWORDS: adjective, degrees of adjectives, primary adjective, relative adjective, comparison of adjectives, positive degree, comparative degree, superlative degree. АННОТАЦИЯ: Прилагательное считается самой простой и понятной частью речи. В данной статье рассматриваются прилагательные как одна из самостоятельных частей речи в английском и узбекском языках. Кроме того, он предоставляет информацию о степенях прилагательных. Также объясняются сходства и различия прилагательных в английском и узбекском языках. Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 148 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: прилагательное, степени прилагательных, первичное прилагательное, относительное прилагательное, сравнение прилагательных, положительная степень, сравнительная степень, превосходная степень. Kirish. Sifat narsa buyumning rangi (oq, ko‘k, sariq), hajmi (katta-kichik), shakli (yumshoq, yumaloq, uzunchoq), mazzasi (shirin, achchiq), xususiyati (yaxshi, yomon, qo‘pol), xislat (chaqqon, mohir), o‘rin yoki paytga munosabati (yozgi, qishgi) kabilarni ifodalaydi. Shaxs va narsa, buyumlarning belgisini, xususiyatini, rangini, hajmini, mazzasini, turini bildiradigan so‘zlar turkumi sifat deb ataladi. Sifat o‘zi aniqlayotgan ot oldidan kelib, qanday?, qanaqa?, qaysi? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Sifatlar ma’nosi va ayrim grammatik belgisiga ko‘ra asl va nisbiy sifatlarga ajratiladi. Belgini bevosita anglatuvchi va uni darajalab ko‘rsata oladigan sifatlar asl sifatlar hisoblanadi. Misol uchun: baland, yaxshi, katta. Nisbiy buyum belgisini o‘rin yoki payt tushunchasiga nisbatlasih, mo‘ljallash, boshqa narsaga o‘xshatish kabi ma’nolar orqali ifodalangan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi. Nisbiy sifat belgini darajalab ko‘rsatmaydi. Misol uchun: tokchadagi kitoblar, kuzgi shamol. Sifat qatnashgan gaplar: 1. Mening singlimning oppoq etikchasi bor. 2. Bahor faslini nafis va xushbo’y yomg’ir hidisiz tasavvur qilish qiyin. 3. Marg’ilon tomonlarga yo’lingiz tushsa, qop-qora, qag’illab tinmaydigan qarg’alarga duch kelishingiz, shubhasiz. 4. Agar bizning kuch-qudratimizga shubha qiladigan bo’lsangiz, biz qurgan baland-baland imoratlarga boqing! (Amir Temur) O‘zbek tilida sifatlarning to‘rt xil daraja shakli mavjud. Oddiy, qiyosiy, orttirma hamda ozaytirma darajalar. Ular quyidagi usullar bilan yasaladi: 1. Sifatni juftlash usuli bilan; 2. -roq qo‘shimchasini qo‘shish orqali; 3. Eng, juda, biroz, sal kabi so‘zlarni qo‘shish orqali. Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 149 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ingliz tilida ham sifat, xuddi o‘zbek tilidagi kabi, otning belgisini bildiradi. Ingliz tilida sifat har doim otdan oldin ishlatiladi. Ingliz tilida sifatlar uch xil darajada bo‘ladi: oddiy daraja, qiyosiy daraja va orttirma daraja. Misol uchun: Bu yaxshi mashina. “Yaxshi” - oddiy darajadagi sifat. Bu mashina boshqa bittasiga qaraganda yaxshiroq. “Yaxshiroq”- qiyosiy darajadagi sifat. Bu eng yaxshi mashina. “Eng yaxshi”- orttirma darajadagi sifat. Ingliz tilida ham sifat so'z turkumi xuddi o‘zbek tilidagidek otning belgisini bildiradi. Ingliz tilida ham sifat har doim ot oldin ishlatiladi. Masalan: a small car (kichkina mashina), an important subject (muhim fan). Ingliz tilidagi sifatlarni biz ikki guruhga ajratamiz. Bular: a) Bir yoki ikki bo‘g‘inli sifatlar; masalan: a small car (kichkina mashina), a heavy jacket (qalin kurtka) kabi. b) Uch va undan ortiq bo‘g‘inli sifatlar; masalan: an important subject (muhim fan), an interesting lesson (qiziqarli dars) kabi. Bir bo‘g‘inli sifatlarda darajalanish: a small car (kichkina mashina), a smaller car (kichkinaroq mashina), the smallest car (eng kichkina mashina). Ingliz tilida bir va ikki bo‘g‘inli sifatlarning qiyosiy darajasida sifatga -er qo‘shimchasi qo‘shiladi. Bu qo‘shimcha o‘zbek tilidagi -roq qo‘shimchasiga to‘g‘ri keladi. Bir yoki ikki bo‘g‘inli sifatlarning orttirma darajasini yasashning ham o‘z qoidasi bor. Bunda sifatga -est qo‘shimchasi qo‘shiladi va har doim orttirma darajadagi sifatdan oldin “the” aniq artikli qo‘yiladi. Ingliz tilidagi -est qo‘shimchasi o‘zbek tilidagi -eng so‘ziga to‘g‘ri keladi. Uch va undan ortiq ko‘p bo‘g‘inli sifatlarning darajalanishi esa quyidagichadir. Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 150 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ko‘p bo‘g‘inli sifatlarning oddiy darajasida sifatga hech qanday qo‘shimcha qo‘shilmaydi, sifatning o‘zi yoziladi. Masalan: An important subject (muhim fan). Ko‘p bo‘g‘inli sifatlarning qiyosiy darajasini yasash uchun ko‘p bo‘g‘inli sifatdan oldin more qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan: more important subject (muhimroq fan). Orttirma darajasini yasash uchun e
Доказательный фрагмент
«An adjective is considered the easiest and most comprehensible part of speech.»
Образец извлечения
Демо-превьюAn adjective is considered the easiest and most comprehensible part of speech. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adjective, degrees of adjectives, primary adjective, relative, relative adjective, положительная степень, sifatning darajalari, сравнительная степень, sifatning qiyoslanishi, sifat, asliy sifat, степени прилагательных, относительное прилагательное, прилагательное, первичное прилагательное, orttirma daraja., qiyosiy daraja, comparison of adjectives, oddiy daraja, сравнение прилагательных, comparative degree, превосходная степень., nisbiy sifat, superlative degree., positive degree
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014