Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANTRUVCHI MUHITNI TASHKIL ETISH VA UNING BOLA TARBIYASIDAGI AHAMIYATI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA · TARBIYASIDAGI AHAMIYATI · Nurova Dilafro‘z Murodovna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantruvchi muhitni tashkil etish va uning bola tarbiyasidagi ahamiyati haqida yoritib o‘tilgan. Kalit so ‘zlar: Rivojlantiruvchi muhit, o’quv dasturi, ta’lim, tarbiya, bola, pedagog, metod, vosita, jihoz, qobiliyat. Tadqiqotlar natijasida inson o’z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo’lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg’onadi, o’z ona tilini o’zlashtiradi, umri davomida oladigan bilimlariga zamin hozirlaydi. Mamlakatimiz hayotida olib borilayotgan keng siyosiy va ijtimoiy islohatlar doirasida maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya faoliyatini olib borishda sifatni oshirish, ta’lim - tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik va axborot kommunikativ texnologiyalar hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan dasturlarda maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo’g’ini sifatida, bu jarayonda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bolalar har tomonlama shakllantirishdagi o’rni hamda, rеspublikada ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi ekanligi ta'kidlangan. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldiga qo’yilgan dolzarb vazifalardan biri Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 153 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT hisoblanadi. Bu kabi vazifalarni bajarish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimiga oid ishlab chiqilayotgan qaror va qonunlar va ularni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-dekabr 2020 yildagi 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonini sifatli va samarali tashkil etish, tarbiyalanuvchilarni jismonan, ruhan hamda aqlan komil insonlar qilib tarbiyalashda mustahkam poydevor vazifasini o’taydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda rivojlantiruvchi muhitni yaratish muhim sanaladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhit bolaning jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik, ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishi, o’z-o’zini rivojlantirish, uning turli xil mustaqil ijodiy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan obyektlarni o’z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitning asosiy ahamiyati –uning rivojlantiruvchi xususiyatga ega ekanligidadir. Rivojlantiruvchi muhit bolalar uchun maqsadga qaratilgan bo’lishi shuningdek, bolalarning turli xil faoliyatlar bilan shug’ullanishlariga imkoniyat yaratib berish maqsadida tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitning turli-tuman interfaol usullarda bo’lishi bolalarning kun davomida o’z ixtiyoriga ko’ra foydali ish bilan shug’ullanishlariga imkon beradi. Bu esa maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining eng katta yutug’i hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilgan modernizasiyaviy o‘zgarishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning shakl va usullarini erkin tanlash imkoniyatini yaratdi. Bugungi zamonaviy ta’lim sohasidagi asosiy natija berilayotgan ma’lumotlarning bola tomonidan qay darajada o‘zlashtirib olingani va uning rivojlanishiga, shaxsga oid sifatlarning shakllanishiga qanchalik xizmat qilayotgani bilan belgilanadi. Pedagoglar tomonidan tanlab olingan ta’lim uslublari intellektual jarayonlarning shakllanishiga, masalaning yechimiga ijodiy yondoshishga, tashabbuskorlikka, mustaqillikka va bolalarni amaliy jarayonlar orqali o‘z faoliyatini boshqarishga o‘rgatadi. Ta’limning rivojlantiruvchi pedagogik muhiti rivojlanishning turli shakllaridan iborat ta’lim jarayonini amalga oshirishning ko‘p funksiyaliligi, ya’ni bolalarni faoliyatning turli shakllariga jalb etilishini Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 154 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ta’minlanishini xamda material va qo‘llanmalar yetarli bo‘lishini talab etadi. Bu bolalarning mazmunli va mustaqil faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi Bolalarga yo‘naltirilgan guruhda puxta o‘ylangan va xavfsiz tashkil etilgan rivojlanish muhiti eng muhim rol o‘ynaydi, bu pedagoglarga davlat o‘quv dasturining maqsad va vazifalarini amalga oshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llash imkonini beradi. Guruh xonasini rivojlanish markazlari deb ataladigan kichik-kichik joylarga ajratish tavsiya etiladi. MTT pedagoglariga jadvalda guruhdagi rivojlanish markazlarining minimal soni ko‘rsatilganligini tushunishlari tavsiya etiladi; hududning va MTTdagi ta’lim va tarbiya jarayoni mazmunini
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantruvchi muhitni tashkil etish va uning bola tarbiyasidagi ahamiyati haqida yoritib o‘tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantruvchi muhitni tashkil etish va uning bola tarbiyasidagi ahamiyati haqida yoritib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, ta’lim, pedagog, qobiliyat., vosita, metod, jihoz, bola, Rivojlantiruvchi muhit, o’quv dasturi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024