Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SAID AHMAD ESSELARIDA SHAXSIY XOTIRA VA HAYOTIY SARGUZASHTLARNING O‘RNI(O.SHARAFIDDINOV MISOLIDA)
SARGUZASHTLARNING O‘RNI (O.SHARAFIDDINOV MISOLIDA) · Lapasova Go‘zal Unarboy qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Said Ahmad va Ozod Sharafiddinovlar birgalikda ilm va ijodda hamkorlikning go‘zal samaralarini yaratdilar. Ozod Sharafiddinov odil inson, zahmatkash olim, mehribon padar sifatida bu yorug‘ dunyoda muhtasham iz qoldirdi. O‘zidan o‘lmas ijodiy meros qoldirdi. Bu ijod nainki bir insonning, balki butun bir millatning faxr-u g‘ururi bo‘la oladigan ijoddir, o‘zbek xalqining, millatimizning o‘tmishi, buguni va kelajagiga dahldor ijoddir. Ozod Sharafiddinov fikrat ibrati, jasorat ibrati, ta’b ibrati, zakovat ibrati singari bir qancha ibratlarni o‘zida mujassamlashtirgan allomalarimizdan edi. KALIT SO‘ZLAR. O.Sharafiddinov, munaqqid, kitobsevar, kitobsuyar, kitobso‘yar Kishi ismiga tortadi degan ta’bir – dono hikmat. Ozod Sharafiddinov O‘zbekiston va o‘zbek adabiyotining XX asr tarixida chinakamiga o‘z shaxsi, o‘z dunyoqarashi, o‘z e’tiqodi, o‘z iste’dodi, o‘z imkoniyatlari ozodligini bir butun takrorlanmas hodisa deb bilgan, bu yuksak qadriyatlar taqozo etadigan mashaqqatlar yukiga yelkasini og‘rinmay tutgan, bir zum el nazaridan chetda emasligini his etib yashagan allomalardan. Hazrat Mahmud Qoshg’ariy qomusini turkiy tilda tuzib ketgan, Yusuf Xos Hojib va Navoiy ruhiy qudrati bilan buyuk ma’naviy obidalar yaratilganidan keyin asrlar o‘tib Mavlono Abdulla Qodiriy qalamidan dilbar nasr dunyoga kelgani hammaga ayon. Ana shu silsilada davr taqozosi bilan uzilish sodir bo‘lganida Ozod Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 71 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Sharafiddinov degan munaqqid dunyoga kelishi tabiiy edi. Odil Yoqubov nasri va Abdulla Oripov nazmi yangi bir avlod dunyoga kelganini isbotlashi uchun ularni nazorat - tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash kerak edi. Ana shu zalvorli yukni zimmasiga olgan adabiy tanqidchimiz o‘zbek adabiyoti silsilasida uzilish bo‘lmasiligi uchun kurashdi, mas’uliyatini tengdoshlari bilan baham ko‘rdi, rang-barang asarlarni qo‘llab-quvvatladi, javobini ololmagan savollariga jahon adabiyoti va falsafasi ummonidan talqin izladi, nimalarnidir topgandek bo‘ldi. Qarabsizki, nafaqat 60- yillar avlodlari, qolaversa, yangi avlodlar ham Ozod Sharafiddinov nuqtayi nazari bilan hisoblashadigan bo‘ldi. Buning boisi alloma yaratgan maqolalar va asarlar nainki adabiy, shuning barobarida falsafiy tanqid edi. Ozod Sharafiddinov adabiyotning bosh vazifasi Olam, Inson va uning qalbini tasvirlash degan azaliy qadriyat, ya’nikim bag‘ri butunlikda ekanligiga sodiq qoldi. Ozod Sharafiddinov mehnat faoliyatining asosiy qismi o‘zi o‘qigan O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)da kechdi. U 1955-1995- yillar oralig‘ida, qariyb qirq yil mana shu ilm dargohida yoshlarga bilim va tarbiya berdi, minglab shogirdlarga beminnat ustozlik qildi. Chin ma’nodagi ziyoli, milliy ma’naviyatimizning yirik darg‘alaridan bo‘lgan Ozod domlaning farzandlariga aytgan so‘nggi so‘zlari ham avlodlarga bir vasiyatdek yangrab qoldi: – “Kitoblarimni asranglar, mening eng katta boyligim mana shu kitoblar edi...” Said Ahmad “Yo‘qotganlarim va topganlarim” kitobidagi “Yoqimtoy inson, bilimdon olim Ozod Sharafiddinovning kitobsevarligi toʻgʻrisida bilgan va bilmaganlarim” deb nomlangan qismida Ozod Sharafiddinov to‘g‘risida quyidagi fikrlarni bildiradi: – “Oʻzingiz bilasiz, koʻpchilik yozuvchilarning xususiy mashinalari bor. Ular biron joyga safar qilmoqchi boʻlsalar, Ozod ularga hamroh boʻladi. Bu dilkash, istarali olimning hamsafar boʻlishidan huzur qilasiz. Yoʻl- yoʻlakay undan ohori toʻkilmagan gaplarni eshitasiz… Dunyoda shu bola oʻqimagan kitob qoldimikan, deb oʻylaysiz… Shuni ham aytib qoʻyayki, Ozod bilan safarga chiqish rohat, safardan birga qaytish azob”1. Said Ahmad Ozod Sharafiddinovning 1 Said Ahmad. Yo‘qotganlarim va topganlarim. –T.: Sano-standart nashriyoti, 2014. Xotiralar. Adabiy o‘ylar. – B. 265. Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 72 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kitobsevarligi haqida shunday yozadi: – “Albatta, mashinada safarga chiqqan yozuvchiga xotin, bola-chaqalari Margʻilonning oq luchchagidan olakeling, deyishadi. Biri Gʻirvonning anoridan koʻproq olib keling, desa, biri Kosonsoyning noki esingizdan chiqmasin, deydi. Yana biri Andijonning devzirasini biladigan odamga koʻrsatib oling, deb tayinlaydi. Birovi Oltiariqdan gʻirillab oʻtib ketmay, turpidan biron qop, albatta, oling, deydi. Ozod bilan safarga chiqqan odamga bu gaplar xayf. Chunki safardan nainki uning oʻzi, hatto uni safarga olib ketgan mashinali doʻstlari ham ikki qoʻllarini burunlariga tiqib, qup-quruq qaytadilar. Sabab? Yoʻlda qandoqki kitob doʻkoni koʻrinsa, Ozod toʻxtat, deb shafyorning bilagiga yopishadi. U, albatta, doʻkonga kiradi. Ikki soat chamasi kitob titadi. Keyin ikki qoʻltigʻi toʻla kitob, orqasida oʻshancha kitob qoʻltiqlagan sotuvchi chiqib mashinaning yukxonasiga tapillatib tashlaydi. Shunaqa doʻkonlarning toʻrttasiga kirgandayoq mashina toʻladi. Shundan keyin Ozod boshqa mashinaga oʻtadi. Uni ham kitobga toʻldiradi. Ikkala mashinaning gʻildiragi yuk ogʻirligid
Доказательный фрагмент
«Said Ahmad va Ozod Sharafiddinovlar birgalikda ilm va ijodda hamkorlikning go‘zal samaralarini yaratdilar.»
Образец извлечения
Демо-превьюSaid Ahmad va Ozod Sharafiddinovlar birgalikda ilm va ijodda hamkorlikning go‘zal samaralarini yaratdilar. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- O.Sharafiddinov, munaqqid, kitobsuyar, kitobso‘yar, kitobsevar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024