К содержанию
РецензированоRU2025

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI VOSITASIDA OʻQUVCHILARNING IJTIMOIY MUNOSABATLARGA TAYYORLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI VOSITASIDA · MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH · Karimova Dilfuza Mahammadjonovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье представлена информация о роли и важности технологии кооперативного обучения. Annotation: This article provides information on the role and importance of cooperative learning technology. Kalit so’zlar: hamkorlikda o’qitish, an’anaviy ta’lim, kreativlik,jamoaviy ishlash. Ключевые слова: совместное обучение, традиционное образование, творчество, работа в команде. Keywords: cooperative teaching, traditional education, creativity, teamwork. Hamkorlik pedagogikasi an’anaviy о‘qitishdan farq qilib, bola bilan dо‘stona munosabat о‘rnatishga qaratiladi. Endi oldingi an’anaviy “Men” о‘rniga “Biz”, ya’ni hamkorlikda –“sub’ekt”-“sub’ekt” munosabatlariga asoslangan holatda pedagogik faoliyat tashkil etiladi. “Hamkorlikda ishlash” tamoyili bola shaxsini chuqur bilishga asoslanadi. Hamkorlik pedagogikasining konsepsiyasi quyidagicha: о‘quvchi bilan hamkorlik munosabati; о‘quvchida ijobiy emotsional qoniqish hosil qilish; maktab ta’limini muvaffaqiyatli amalga oshirish; muloqot va mehnat qilish kо‘nikma va malakasini hosil qilish; о‘quvchilar bilan birgalikda mehnat qilish va yutuqqa erishishga ishontiriish; Выпуск журнала №-19 Часть–3_ Февраль –2025 553 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT о‘quvchiga yordam berish g‘oyasi; har bir о‘quvchi sinf ishida bemalol erkin qatnashishi imkoniyatiga ega bо‘lishi kerak; bolalar ishini baholash ya’ni rag‘batlantirish. Darsni samarali tashkil etish uchun о‘qituvchilarga tavsiyalar: О‘quvchini mustaqil hayotga tayyorlash; Sinfda ijobiy emostional (hissiy) muhit yaratish; Darsga ishchanlik kayfiyatida kirishish; Darsga mas’uliyat bilan kirishish; О‘quvchilar bilan hamkorlik qilish; Zamonaviy usullar asosida dars о‘tish; О‘yin texnologiyalaridan foydalanish; Ijodkorlik ya’ni muntazam о‘z ustida ishlash kabilardir. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi davrida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va tub islohotlar, albatta, hayotning o‘zi taqozo qilgan u yoki bu muammolar va masalalar bilan to‘qnashadi. Bu – qonuniy va tabiiy rivojlanish jarayoni. Shu bois, ta’limining barcha bosqichlaridagi boshqaruvchilarning vazifasi – mazkur muammolarga o‘z vaqtida yechim topish va shu orqali butun tizimning rivojlanishini ta’minlashdan iborat.Bugungi o‘zgarishlar davrida jamiyatimiz hayotida murakkab, lekin davr taqozo qilgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatda, iqtisodiyotda, umuman, hayotimizning barcha jabhalaridagi bunday olamshumul o‘zgarishlarning amalga oshirilishi o‘zimizning ham o‘zgarishimizni, ya’ni o‘zligimizni anglashni talab qiladi. Bu masala oldimizga qo‘yilgan vazifalarning eng murakkabi desak, adashmaymiz.Davr taqozo qilayotgan bunday vazifalarni muvaffaqiyat bilan bajarish uchun yosh avlod oldida – yangi bilimlarni egallash va uni amaliyotga tatbiq etish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, bu bilimlarning eng muhim tarkibiy qismi – boshqarish san’ati va fani ekanligini bildirmoqda.; Выпуск журнала №-19 Часть–3_ Февраль –2025 554 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Hamkorlik pedagogikasi oʻquvchilarning mustaqil fikrlash va yechim qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda ham muhim rol oʻynaydi. Oʻquvchilar birgalikda muammoni hal qilish, gʻoyalarni muhokama qilish, yechimlarni topish va tanlashda ishtirok etadilar. Bu jarayonda ular oʻz fikrlarini ifoda etish, tanqidiy fikrlash, bahslash, murosa qilish va mas'uliyatni oʻz zimmalariga olishni oʻrganadilar.Hamkorlik pedagogikasi oʻquvchilarni mustaqil fikrlash va yechim qabul qilishga oʻrgatishda quyidagi imkoniyatlarni beradi:Oʻquvchilar oʻzaro muloqot va muhokama qilish orqali turli xil nuqtai nazarlarni koʻrib chiqadilar.Ular oʻz fikrlarini ifoda etish, argumentlarni keltirish va boshqalarning fikrlarini eshitish imkoniga ega boʻladilar.Oʻquvchilar oʻzaro yordam berib, muammoni hal qilish strategiyasini birgalikda ishlab chiqadilar.Ular oʻz fikrlarini himoya qilish, boshqalarga tushuntirish va ularning nuqtai nazarini qabul qilishni oʻrganadilar. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki hamkorlik pedagogikasi mustaqil fikrlash va yechim qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi afzalliklarni taklif etadi:Oʻquvchilarning oʻziga boʻlgan ishonchi ortib, ular oʻz fikrlarini ochiqchasiga ifoda etishga moyil boʻladilar.Ularning tanqidiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi va ular muammoni turli xil nuqtai nazardan koʻrib chiqishni oʻrganadilar.Oʻquvchilar murosa qilish va boshqalar bilan hamkorlik qilishni oʻrganadilar.Ular oʻz fikrlarini boshqalarga tushuntirish va ularning nuqtai nazarini qabul qilish qobiliyatini oshiradilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Nutq madaniyati-vikipediya 2. 1. Абдуллаева Ш А. Хамкорлик педагогикаси. – Т.: Фан ва техналогия, 2017. Выпуск журнала №-19 Часть–3_ Февраль –2025 555

Доказательный фрагмент

«В данной статье представлена информация о роли и важности технологии кооперативного обучения.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье представлена информация о роли и важности технологии кооперативного обучения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
cooperative teaching, traditional education, creativity, teamwork, традиционное образование, hamkorlikda o’qitish, jamoaviy ishlash., teamwork., kreativlik, an’anaviy ta’lim, работа в команде., совместное обучение, творчество
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники