Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISHLOQ XO‘JALIGI MAQSADLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI OCHIQ ELEKTRON TANLOVGA QO‘YISH TARTIBI
Rasulov Ne’mat Shokir o‘g‘li
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
This article describes the procedure for leasing land plots for agricultural purposes and the sequence of putting them to open electronic tender. Key words: land type, contour number, land plot, executive, electronic digital map Kirish. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tuman (shahar) hokimligi nomiga davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni elektron axborot almashinuv orqali Ijrochiga - ya’ni “O‘zdaverloyiha” institutining hududiy bo‘linmalariga yuboradi: yer uchastkasining kadastr raqami, yer turi (konturlari kesimida) va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda); Выпуск журнала №-19 Часть–3_ Февраль –2025 578 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yer uchastkasining elektron xaritasida ko‘rsatish uchun yer uchastkasini kadastr xaritasi (koordinatali nuqtalari, chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema); mavjud davlat kadastrlari ob’ektlari (gaz, aloqa va energetika ob’ektlari, avtomobil va temir yo‘llar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalar, transport quvurlari, gidrotexnik inshootlar, muhofaza qilinadigan ob’ekt va hududlar hamda boshqalar) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (izoh ko‘rinishida). Bunda Davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar davlat kadastrlari yagona tizimida ma’lumotlarni to‘liqligiga javobgar hisoblanadi. Ijrochining vakili tomonidan 2 ish kuni ichida ko‘rsatilgan yer uchastkalari joyiga chiqqan holda yer uchastkasining haqiqiy holati o‘rganiladi. Bunda: a) taqdim etilgan yer uchastkalari bo‘yicha dastlabki o‘rganish o‘tkaziladi (er uchastkasining kadastr raqami, yer turi va geografik joylashuvi, xaritasi, konturlar bo‘yicha yer maydonining Reglament talablariga javob berishi, shuningdek, mazkur yer uchastkasi bo‘yicha institut arxividagi tegishli ma’lumotlar o‘rganiladi); b) joyiga chiqqan holda bo‘sh turgan yer uchastkalarining haqiqiy holati xatlovdan o‘tkaziladi (er uchastkasining chegaralari va yerlardan foydalanish holati, yerlarni sug‘orish yo‘nalishlari, yer turlari va yer maydonidagi o‘zgarishlar, chegaradosh yer uchastkasidan foydalanuvchilar, mavjud davlat kadastrlari ob’ektlarining joylashuvi joyida o‘rganib chiqiladi); Xatlovdan o‘tkazilayotgan yer uchastkalarida avvaldan barpo etilgan ko‘p yillik dov-daraxtlar mavjud bo‘lib, tuman (shahar) hokimligi nomiga davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, ularning huquqiy hujjatlarini (hokim qarori, oldi-sotdi shartnomasi) o‘rganish talab etilmaydi. Qolgan holatlarda hujjatlar o‘rganiladi. Agar yer uchastkalarining joyidagi holati bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan holat bo‘yicha farqlar aniqlanganda, ijrochi tomonidan yer uchastkalarining muammoli qismi bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining hududiy bo‘linmalariga tuman (shahar) hokimligi nomiga davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, Выпуск журнала №-19 Часть–3_ Февраль –2025 579 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar qaytariladi. Ijrochining vakili tomonidan joyida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra 1 ish kuni ichida joydagi o‘zgarishlarni inobatga olib yer uchastkasining elektron raqamli qishloq xo‘jaligi xaritalari yaratiladi (yangilanadi). (er turlaridagi va yer elementlaridagi o‘zgarishlar belgilangan tartibda joyida tegishli kartmateriallar asosida deshifrovka qilinib, elektron raqamli xarita yaratiladi (yangilanadi). Shundan so‘ng loyihalanadigan yer maydonlari xaritada alohida ajratib ko‘rsatiladi. Elektron raqamli xaritalar yuridik shaxslarga 1:10000 miqyosda, yaylov yerlar uchun 1:25000 dan 1:100000 gacha miqyosda tuziladi.) Shuningdek, yer tuzish loyihasini ishlab chiqish uchun tegishli vakolatli organlar va tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumotlar to‘planadi. (hududning ixtisosligi, loyihalanayotgan yer maydonlarining suv bilan ta’minlanganlik darajasi va irrigatsiya-melioratsiya tizimining holati, ball-boniteti, sho‘rlanish darajasi, toshloqligi, sizot suvlari chuqurligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planadi). Ijrochining vakili tomonidan 2 ish kuni ichida loyihalashtirilayotgan yer uchastkasining foydalanish holati hamda to‘plangan qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalangan holda yer uchastkasining yer tuzish loyihasi ishlab chiqiladi va tegishli ravishda bo‘linma bosh muhandisi, loyihachi tomonidan imzolanadi. Agar Davlat kadastrlari palatasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga nisbatan yer turlarida va maydonida farqlar bo‘lsa nima yer maydonining haqiqiy holatidan kelib chiqib o‘tkazilgan xatlov yakunlari asosida yer tuzish loyihalari ishlab chiqiladi va ijrochi bu borada Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasini 1 ish kuni ichida xabardor qiladi. Bo‘sh turgan yer uchastkalari bo‘yicha yer tuzish loyihasi 1:10000 miqyosdagi xaritada 1–ilov
Доказательный фрагмент
«This article describes the procedure for leasing land plots for agricultural purposes and the sequence of putting them to open electronic tender.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the procedure for leasing land plots for agricultural purposes and the sequence of putting them to open electronic tender. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- land type, contour number, land plot, executive, electronic digital, kontur raqami, elektron raqamli xarita., земельный участок, контурный номер, electronic digital map, yer turi, исполнительный, тип земли, ijrochi, yer uchastkasi, электронная цифровая карта
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014