К содержанию
РецензированоUZ2025

KLASTER YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNI TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASI

Xoshimova Muhayyo Salimjon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada klaster yondashuv asosida talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Klaster yondashuvining mohiyati va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritiladi. Talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda klaster tizimi orqali metodik yondashuvlar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, klaster yondashuvidan foydalanish pedagogik jarayonni takomillashtirish va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: klaster yondashuv, pedagogik faoliyat, ta’lim metodikasi, kompetensiya, innovatsion ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, integratsiyalashgan ta’lim, interfaol metodlar. Hozirgi ta’lim tizimi zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish orqali o‘quv jarayonini takomillashtirishga intilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, klaster yondashuv pedagogik faoliyatga tayyorlashda samarali metodlardan biri sifatida qaraladi. Ushbu yondashuv ta’limning uzviyligi va integratsiyalashgan holda tashkil etilishiga asoslanadi. Klaster yondashuv – bu o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlar majmuasi bo‘lib, u pedagogik faoliyatda tizimli integratsiyani ta’minlaydi. Mazkur yondashuv ta’lim jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi va talabalarni mustaqil fikrlash hamda kasbiy tayyorgarliklarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Mazkur metod turli xil gʻoyalar oʻrtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Klaster metodi aniq ob’ektga Выпуск журнала №-19 Часть–3_ Февраль –2025 614 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yoʻnaltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bogʻliq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning taʼlim olovchilar tomonidan chuqur hamda puxta oʻzlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda boʻlishini taʼminlashga xizmat qiladi. Shuningdek, Pedagogik ta’lim klasteri muayyan ijtimoiy-geografik hududning raqobatbardosh pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini sifatli qondirish maqsadida bir-biri bilan o‘zaro manfaatli aloqadagi teng huquqli alohida sub’yektlar, texnologiyalar va ishchi kuchlarining integratsiyalashuvini ta’minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bundan tashqari, pedagogik ta’lim klasteri modeli ta’lim turlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni manfaatlar xususiyligi tamoyiliga muvofiq takomillashtirishni, pedagogik ta’limga targ‘ibot ishlarini vorisiylik tamoyiliga muvofiq rivojlantirishni, ta’lim muassasalarida o‘zaro nazoratga asoslangan hamkorlik shaklini qaror toptirishni nazarda tutadi. Ta’lim klasteri o‘zida nafaqat ta’lim turlari o‘rtasidagi, balki fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyalashuv jarayonlarini, shuningdek, ta’limni boshqarish, ta’lim vositalari va shakllari bilan bog‘liq sohalarni ham jamlaydi. Klaster yondashuvi ta’lim berish, o‘quv adabiyotlarini yaratish, pedagog kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim va tarbiya uzviyligi bilan bog‘liq umumiy yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. Bu esa muammoning umumiy metodologik xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. Ayni paytda bu umumiy yo‘nalishlar ta’limni boshqarish va tashkillashtirish, ta’lim turlari va yo‘nalishlari, uzviylik va integratsiyani ta’minlash, o‘qitish metodlari va vositalari kabi yo‘nalishlarda xususiy metodologik xarakter kasb etadi. Pedagogik ta’lim klasterining tamoyillari quyidagilardan iborat:  Tabiiy aloqadorlik tamoyili: klaster sub’yektlari o‘rtasidagi hamkorlik, aloqadorlik masalasining tabiiyligi, ya’ni bog‘liqlik masalasining hududiy, sohaviy yoki vazifaviy jihatdan ob’yektivligidir.  Uzviylik va uzluksizlik tamoyili: klaster sub’yektlarining o‘zaro bog‘liqlikda zanjir hosil qilishi, zanjirni hosil qiluvchi har bir bo‘g‘in o‘zining aniq vazifalariga ega ekanligi, uzluksizlik zanjirida bo‘shliqlarga yo‘l qo‘yilmasligidir. Выпуск журнала №-19 Часть–3_ Февраль –2025 615 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT  Izchillik tamoyili: klaster sub’yektlarining vertikal yagona chiziq bo‘ylab joylashuvi, bunda quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab bosqichma-bosqich harakatlanish tendensiyasiga amal qilinishidir.  Vorisiylik tamoyili: klasterning avlodlar almashinuvidagi roli, tyutorlik faoliyati, pedagogik ta’limni klasterlashtirish natijasida sub’yektlarning malakali pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojining muntazam qondirilishiga erishishdir.  Yo‘naltirilganlik tamoyili: klaster doirasida amalga oshirilayotgan har bir faoliyat turining aniq maqsadga yo‘naltirilgani, kutilayotgan natijalarning oldindan pragnozlash va baholash imkoniyatining mavjudligidir.  Zamonaviylik tamoyili: sohaga oid zamonaviy ilm-fan yutuqlarini tizimga joriy qilish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish.  Maqsadning umumiyligi tamoyili: klaster sub’yektlarining xususiy maqsadlaridan tashqari global aspektdagi yagona maqsad atrofida birlashuvi.  Manfaatlarning xususiyligi tamoyili: pedagogik ta’lim klasteri modelida har bir sub’yektning huquqiy, ijtimoiy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada klaster yondashuv asosida talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada klaster yondashuv asosida talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta’lim metodikasi, integratsiyalashgan ta’lim, innovatsion ta’lim, klaster yondashuv, interfaol metodlar., pedagogik faoliyat, kasbiy tayyorgarlik, kompetensiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники