К содержанию
РецензированоUZ2025

“STEAM” TEXNOLOGIYASINING TA ‘LIM TIZIMIDA TADBIQ ETISHNING AFZALLIKLARI

ETISHNING AFZALLIKLARI · Amirkulova Zebuniso Mustafakulovna · Quvonova Jasmina Absaxatovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy ta'lim shakllari va zamonaviy ta'lim shakllaridan hisoblangan STEAM ta'limning rivojlanishi, nazariy asoslari, imkoniyatlari, yutuqlari haqida ma’lumotlar berilgan. Xususan, boshlang’ich ta'lim tizimida STEAM ta'limidan foydalanishning afzalliklari ko’rsatib o'tilgan. Kalit so'zlar: STEAM, fan, texnologiya, muhandislik, san'at, matematika, tabiiy fanlar. Ta’lim barcha faol va sust o’zgarishlar ta’sirini qabul qilavermaydi, jamiyatda bo’layotgan voqealarga esa o’z ta’sirini o’tkazadi. Ana shu nuqtai nazardan ta’limdagi o’zgarishlar faqatgina natija sifatida emas, balki jamiyatning kelgusidagi o’ziga xos rivojlanish shartidir.[1. B.3]. Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash muhim vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifani bajarish, asosan pedagoglarga bogliq boladi. Shu maqsadda yoshlarni bilim olishga katta etibor qaratish lozim.Yurtboshimiz ta’kidlaganidek yoshlarni erkin fikrlash va mustaqil hayotga yonaltirishimiz kerak. [2. B. 29]. Bu borada STEAM texnologiyasi bizga qo'l keladi. STEAM-tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini uygunlikda o'qitish uslubidir. STEAM texnologiyasida nazariy va amaliy bilimlar uyg'unligiga e'tibor qaratiladi. STEAM talim muhitida bolalar bilimga ega boladilar va darhol undan foydalanishni o'rganadilar. Milliy dastur asosida ishlab chiqilgan 1-2 sinflarning ona tili va o qish savodxonligi, tabiiy, matematika darsliklarida berilgan mavzularga STEAM texnologiyasi asosida yondashib,darslar tashkil etsa bo ladi. Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 363 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Jahondagi ta'lim bo'yicha ekspertlarning ta'kidlashicha, STEAM ta'limi o'quvchilarda quyidagi qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi. • O'ylab tavakkal qilish. • Ma'noli o'quv faoliyati bilan shug'ullanish. • Bardoshli muammolarni hal qiluvchilarga aylanish. • Hamkorlikni quchoqlash va qadrlash. • Ijodiy jarayon orqali ishlash. Boshlang'ich ta'limda STEAM - ta'limning vazifasi o'quvchilarni tabiiy va texnik fanlarga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat. Bajaradigan ishini sevib bajarish, qiziqishlarini rivojlantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.[3. B.87]. Dunyo ta'limining so'nggi o'n yilliklardagi o'zgarishlari salmoqli, ammo shu bilan birga bizni havotirlantiradi. Ushbu yangi narsalarning ixtiro qilinishi bilan odamlar ilgari duch kelmagan ko'plab yangi muammolariga duch kelmoqdalar. [5. B.57]. Har kuni yangi ish turlari va hattoki butun kasbiy sohalar paydo bo'lmoqda, shuning uchun an'anaviy tarzda o'qitadigan bilimlari va mahoratlari vaqt talablariga javob berolmasligidan xavotirga tushmoqdalar. Agar biz an'anaviy ta'limning asosiy maqsadi bilimlarni o'rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko'nikmalar bilan birlashtirishga o'rgatadi. Bu ta'lim oluvchilarga nafaqat ba'zi bir g'oyalarga ega bo'lish, balki ularni amalda qo'llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi.STEAM ta'lim texnologiyasidan maktabgacha ta'lim tarbiya sohasida foydalanilganda bolalar STEAM ta'lim muhitida bilimga ega bo'ladilar va darhol undan foydalanishni o'rganadilar. [4. B.72]. Xususan, tabiiy fanlarda har bir mavzu nazariy ham amaliy tarzda berilgan. Jumladan 2-sinf tabiiy fanida “Yer-sayyora” mavzusi berilgan. Bu mavzuni organishda oquvchilar nazariy bilim bilan birga amaliy mashgulot ham otkazishadi. Oquvchilar yer shari, quyosh modelini yasashadi. Bu bilan ular yer shari quyosh atrofida aylanishini amaliy bilib oladilar shu bilan birga yer sharining global muammolarini bartaraf etish choralarini o’ylab topishadi. Bir shu mavzu asosida Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 364 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT oquvchilarni bilishga, fikrlashga, mustaqil ishlashga, ijodkorlikka undash mumkin. Nafaqat darslarda balki sinfdan tashqari mashgulotlarda ham STEAM texnologiyasidan oqilona foydalanish kerak. Mashg'ulotlarni tashkil etishda kasb,- hunar egalari taklif etilsa, ular oz kasblari haqida nazariy bilim bilan birga amaliy korsatib bersa, bu bolalarda yaxshi taassurot qoldiradi. Xulosa qilib, shuni ta'kidlash mumkinki, an'anaviy o'qitish uslublari bilan taqqoslaganda, o'rta maktabdagi STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar o'tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda musiqa va filmlar yaratishga, o'z g'oyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Aldjanova I.R. Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashda pedagogik innovatsiyalardan foydalanish. – T.: “Fan va texnoligiyalar” nashriyoti, 2011. – B.3. 2. A. Mavlonova, N. H. Raxmonqulova, K.O.Matanazarova, M. K. Shirinov S. Hafizov "Umumiy pedagogika" « Fan va texnologiya» nashriyoti T.: 2018. 3. S.T.Turg'unov, L.A.Maqsudova, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova, M.A.Umaraliyeva "Padagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari" «O'zbekiston Respublikasi O'zPFITI » nashriyoti, T.:2014. B.87. 4. J.G'.Yo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy ta'lim shakllari va zamonaviy ta'lim shakllaridan hisoblangan STEAM ta'limning rivojlanishi, nazariy asoslari, imkoniyatlari, yutuqlari haqida ma’lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy ta'lim shakllari va zamonaviy ta'lim shakllaridan hisoblangan STEAM ta'limning rivojlanishi, nazariy asoslari, imkoniyatlari, yutuqlari haqida ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
STEAM, fan, texnologiya, muhandislik, san'at, matematika, tabiiy fanlar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники