Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAQSUD SHAYXZODA
MAQSUD SHAYXZODA · Eshpo’latov Behzod Nodir o‘g‘li · Kirish: Maqsud Shayxzoda -
Современное образование и развитие · 1908
Аннотация
Maqsud Shayxzoda, o'zining ijodiy faoliyati davomida, milliy adabiyotimizda o'ziga xos o'rin egallaydi. Uning asarlari xalqimizning ma'naviy va madaniy qiyofasini, tarixiy jarayonlarini yansitadi. Shayxzoda faqatgina yozuvchi emas, balki o'z zamonasining keskin ijtimoiy muammolariga tanqidiy yondashuvni o'z ichiga olgan adabiy shaxsdir. Ushbu maqolada shoirning hayot hamda ijodiy yo’li yoritib berilgan. Kalit so’zlar: asar, dramaturg, ziyoli, malakali, qisqa hayot, lirik shoir,kadr. Kirish: Maqsud Shayxzoda 1908- yil 7-noyabrida Ozarbayjonning Oqtosh shahrida ziyoli oilada tavallud topdi. Uning otasi Ma’sumbek o‘z zamonasining taraqqiyparvar kishilaridan biri bo‘lib shifokorlik kasbidan tashqari, san’at, adabiyot, tarix va falsafa ilmlari bilan qiziqardi. Ularning oilasida shaharning eng ziyoli kishilari yig‘ilib, munozara va mubohasa qilishardi. Bu adabiy muhit uchun Pushkin va Lermontov, Shekspir va Balzak, Firdavsiy va Xayyom, Nizomiy va Navoiy asarlari begona emas edi. Shunday oilada tarbiya topayotgan bo‘lajak shoir boshlang‘ich va o‘rta ma’lumotni Oqtoshda olgach, Boku Oliy pedagogika institutida sirtdan o‘qidi. Shoirning ijodiy faoliyatiU 1925-yildan boshlab Ozarbayjon Maorif xalq komissarligi yo‘llanmasi bilan Dog‘istonning Darband shahrida muallimlik bilan Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 399 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT shug‘ullandi. Shayxzoda Dog‘istonda kechgan qisqa hayoti davomida ham muallim, ham shoir, ham jurnalist, ham tanqidchi sifatida namoyon bo‘ldi. Shayxzoda 1928- yilda Toshkentga kelib, turli gazeta va jurnallar muharririyatlarida, 1935-1938 yillarda esa Fanlar Qo‘mitasi qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938- yildan to umrining so‘ngiga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining “O‘zbek mumtoz adabiyoti” kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qilib, malakali kadrlar yetishtirdi. Shayxzoda 1967-yil 19-fevral vafot etdi. U Toshkentning Farobiy qabristonida dafn etilgan. Ozarbayjon tuprog‘ida tug‘ilgan falakning gardishi bilan o‘zbek tuprog‘iga kelib qolib, zavq – shavq bilan ijod qilgan, zamonaviy o‘zbek adabiy tili va adabiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan bu ulug‘ insonning muborak nomi hech qachon xalq nomidan o‘chmaydi. Zero uning o‘z yozganidek: Umrlar bo‘ladiki, Tirik odam o‘likdir, Umrlar bo‘ladiki, O‘lgan odam tirikdir. Shoirning adabiy faoliyati 1929-yildan boshlanib, “O‘n she’r” (1932), “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935) to‘plamlarining nashr etilishi adabiyotga o‘ziga xos ovozli shoir kirib kelayotganidan darak berdi. Uning “Kurash nechun”, “Jang va qo‘shiq”, “Kapitan Gastello”, “Ko‘ngil deydiki...” she’riy to‘plamlari, “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasi kabi asarlari urush yillarida yozilgan bo‘lib, jangchilarning qaxramonligi, vatanga muhabbati, front ortidagi insonlarning sadoqatli mehnati tasvirlangan.“O‘n besh yilning daftari”, “Olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shu’la”, “Chorak asr devoni” kabi she’riy to‘plamlarida, urushdan keyingi yillarda qatag‘on bo‘lgan shoir, totuvlik uchun kurash, Vatanga fidokorlikni kuyladi. 1958 yili adibning “Toshkentnoma” lirik dostoni yaratildi. Ushbu doston qadimiy va ayni chog‘da zamonaviy Toshkent shahriga bag‘ishlangan. Shayxzoda nafaqat lirik shoir, balki, iste’dodli dramaturg Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 400 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT hamdir. 1960-yilda yozgan “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasida buyuk o‘zbek olimi, munajjimi va ma’rifatparvar hukmdori obrazini yaratdi. Xulosa Shayxzoda Pushkinning “Mis chavandoz”, Lermontovning “Kavkaz asiri”, Mayakovskiyning “Juda soz” dostonlari va ko‘plab she’rlarini, Shekspirning “Hamlet”, “Romeo va Julyetta” tragediyalari va sonetlarini, Nozim Xikmatning she’rlarini, ozarbayjon shoirlari asarlarini va o‘zbek tiliga o‘girdi. Shayxzodaning o‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasida yaratgan ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir. U filologiya fanlari nomzodi, dotsent ham edi. Shayxzoda asarlari dunyoning bir necha tillariga puxta o‘girilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. Adabiy tanqidiy ocherk, T., 1969 y. 2. Yusuf Shomansur. Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972 y. - 179 b. 3. G'afurov I., O'rtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975 y. - 215 b. 4. Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983 y. 5. XX asr o'zbek adabiyoti tarixi, T., 1999 y. - 25 b. Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 401
Доказательный фрагмент
«Maqsud Shayxzoda, o'zining ijodiy faoliyati davomida, milliy adabiyotimizda o'ziga xos o'rin egallaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqsud Shayxzoda, o'zining ijodiy faoliyati davomida, milliy adabiyotimizda o'ziga xos o'rin egallaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- malakali, kadr., lirik shoir, dramaturg, qisqa hayot, asar, ziyoli
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025