К содержанию
РецензированоUZ2025

TIAZOL HOSILALARINING 3D METALLAR BILAN HOSIL QILGAN KOMPLEKS BIRIKMALARI VA ULARNING HOZIRGI KUNDA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI · Erkinova Mehrangiz Ulug’bek qizi · Tojiboyeva Iroda

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Tiazol hosilalarining 3D metallar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari va ularning tibbiyotdagi ahamiyati zamonaviy kimyo va tibbiyotning kesishgan nuqtasida joylashgan ilmiy tadqiqot yo‘nalishidir. Ushbu maqolada tiazol hosilalari asosida sintez qilingan komplekslarning kimyoviy tuzilmalari, ularning fizik-kimyoviy xossalari va biologik faolligi keng ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida kompleks birikmalar yadro magnit rezonansi (NMR) usullari yordamida tahlil qilingan. Olingan komplekslarning antibakterial, antitumor va antioksidant faolligi o‘rganilgan bo‘lib, ularning tibbiyotda foydalanish imkoniyatlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tiazol hosilalarining 3D metallar bilan hosil qilingan komplekslari yuqori biologik faollikka ega bo‘lib, yuqumli kasalliklar va saraton kasalliklarini davolashda yangi dori vositalari sifatida foydalanilishi mumkin. Kalit so’zlar: tiazol hosilalari, 3d metallar kompleksi, koordinatsion birikmalar, saraton terapiyasi, farmakologik tadqiqotlar Hozirgi davrda ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri – biologik faol moddalar asosida innovatsion dori vositalarini yaratish hisoblanadi. Ushbu sohada metall-kompleks birikmalar o‘ziga xos o‘rin tutib, ularning yangi avlod dori vositalari sifatida tibbiyotga joriy etilishi dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, 3d metallar va tiazol hosilalarining o‘zaro ta’siriga asoslangan komplekslar biologik faollikning yuqori darajasini ko‘rsatib, ko‘plab kasalliklarni samarali davolash imkoniyatini yaratmoqda.[1,2] Выпуск журнала №-19 Часть–2_ Февраль –2025 3 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tiazol hosilalari o‘zining noyob kimyoviy tuzilishi bilan ajralib turadi, 3 ta uglerod, 1 ta oltingugurt va 1 ta azot atomiga ega bo’lgan besh a’zoli geterotsiklik birikma va eng muhimi, biologik faollikni oshiradigan imin guruhining mavjudligi (- N=CH), tiaminda (vitamin B1) topilgan. Ushbu tuzilma biologik tizimlar bilan mustahkam bog‘lanish va turli fiziologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Shuningdek, u penitsillin, sulfatiyazol, ritonavir, abafungin, bleomitsin va tiazofurin kabi bir qancha muhim dori vositalarining muhim tarkibiy qismidir. Tiazol hosilalarining antibakterial, antifungal, antioksidant, va antitumor xususiyatlari, shizofreniyaga qarshi, OIV ga qarshi, og’riq qoldiruvchi va virusga qarshi xususiyatlarni o’z ichiga olgan ko‘plab tadqiqotlar tasdiqlangan. Ayniqsa, ularning dori vositalari tarkibiga kiritilishi bilan olingan samaradorlik tibbiyotda katta ahamiyat kasb etmoqda.[4,5,6,11] 3d metallar (masalan, xrom (Cr), marganets (Mn), temir (Fe), kobalt (Co), nikel (Ni), mis (Cu), va rux (Zn)) esa biologik jarayonlarda o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Ushbu metallar o‘zlarining oksidlanish-qaytarilish xususiyatlari tufayli organizmdagi fermentativ va metabolik reaksiyalarda ishtirok etadi. 3d metall ionlarining koordinatsion qobiliyati ularga ligandlar bilan mustahkam komplekslar hosil qilish imkonini beradi. Bunday komplekslar o‘z navbatida biologik tizimlarda yuqori faollik va barqarorlikka ega bo‘ladi. Tiazol hosilalarining 3d metallar bilan komplekslari bir qator afzalliklarga ega: 1. Kimyoviy va biologik barqarorlik: Kompleks birikmalar organizm sharoitida o‘z faoliyatini uzoq vaqt davomida saqlaydi. 2. Yuqori biologik faollik: Komplekslar bakteriyalarga, zamburug‘larga, va saraton hujayralariga qarshi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 3. Selektivlik: Komplekslarning maqsadli ta’sir ko‘rsatishi tufayli sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmaydi. 4. Zaharli ta’sirning pasayishi: Kompleks hosilalari asosida dori vositalari yaratish zaharlilikni sezilarli darajada kamaytiradi.[6,7,10] Выпуск журнала №-19 Часть–2_ Февраль –2025 4 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tibbiyotda kompleks birikmalarning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Masalan, ba’zi mis asosidagi komplekslar antibakterial vosita sifatida qo‘llanilmoqda, rux va nikel komplekslari esa antioksidant xususiyatlari bilan ajralib turadi. Temir va marganets asosidagi komplekslar esa oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda samarali bo‘lib, saraton hujayralariga qarshi kurashishda istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rilmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi – tiazol hosilalari asosida 3d metallar bilan kompleks birikmalarni sintez qilish, ularning fizik-kimyoviy va biologik xossalarini chuqur o‘rganish va tibbiyotda amaliy qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashdir. Tadqiqot natijalari metall-kompleks birikmalar asosida yangi avlod dori vositalarini yaratish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.[4-11] Materiallar va usullar 1. Materiallar: Tiazol hosilalari: Tiazolning turli turlari, masalan, 2- metiltiazol, 2-etiltiazol, 4-metiltiazol, 5-etiltiazol va boshqa alifatik va aromatik tiazol hosilalari ishlatildi. Tiazolning turli substituentlar bilan bog'lanish xususiyatlari uning biologik faoliyatini yaxshilashda muhim rol o'ynaydi.[4,6,21] 3d metallar: Tadqiqotda 3d metallari sifatida mis (Cu), kobalt (Co), iridiy (Ir), ruteniy (Ru) va platina (Pt)

Доказательный фрагмент

«Tiazol hosilalarining 3D metallar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari va ularning tibbiyotdagi ahamiyati zamonaviy kimyo va tibbiyotning kesishgan nuqtasida joylashgan ilmiy tadqiqot yo‘nalishidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tiazol hosilalarining 3D metallar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari va ularning tibbiyotdagi ahamiyati zamonaviy kimyo va tibbiyotning kesishgan nuqtasida joylashgan ilmiy tadqiqot yo‘nalishidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
koordinatsion birikmalar, tiazol hosilalari, 3d metallar kompleksi, farmakologik tadqiqotlar, saraton terapiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники