К содержанию
РецензированоUZ2025

MILLATNI UYG‘OTGAN ADIB OYBEK

Mamajonova Malikaxon Abdullo qizi · Yurak qoni (Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 3- bosqich 16-22 guruh)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Har bir millat yuksalish uchun o‘z tarixi, ajdodlarini bilmog‘i ulardan o‘rnak olmog‘i hamda ularga mos davomchi bo‘lib yashamog‘i zarur. Bu maqolani yozishdan maqsad buyuk adiblarimizdan bo‘lgan Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga bo‘lgan qiziqishlarni yanada oshirishga kamtarona urunishdir. Axir o‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Kalit so‘zlar: Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek, Navoiy, Qutlug‘ qon, Yurak qoni, Bolalik. XX asrning dastlabki kunlarida ko‘plab buyuklar tavalludiga guvoh bo‘lgan bu ko‘hna zamin yana bir buyuk ijodkorning ham dunyoga kelishiga guvoh bo‘ldi. Ha bu o‘sha o‘z tabiri bilan aytganda she’riyat ministri Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek edi. She’r va nasriy doston romanlarni mubolag‘asiz ko‘p (umumiy hisobda o‘n jilddan oshiq) va ho‘p (barcha asarlari yuksak saviyada dil bog‘idan gul yaproqlariga, yurak qonidan siyoh olib, naqshday bezab) ijod etgan Oybek o‘z kasbining adabiyotning chin oshig‘i edi. Butun umr ta’lim olishda, o‘qish - o'rganish, tolibi ilmlik, ijod qilish, dunyo adabiyotini o‘qish o‘rganish va tarjimalar qilish, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Hazrati Bobur va boshqa ko‘plab buyuk yozuvchilarimiz asarlarini o‘rganish, tafakkur qilish bilan bir qatorda sevgiga to‘la qalbli mehribon umr yo‘ldosh, farzandlarini jonidan ortiq suygan Ota hamda ilm o‘rganmoqni istagan yoshlarga chinakam sevimli ustoz edi. Oybek domlaning qanday inson bo‘lganlari xususida ul kishining eng yaqin insonlari bo‘lmish umr yo‘ldoshlaridanda to‘laqonliroq ta’riflay oluvchi bo‘lmasa kerak. “Oybek ulug‘ inson bo‘lgani uchun muqaddas insoniy tuyg‘ularni terran his etar, bizning qalbimiz payqay olmagan sevgi Выпуск журнала №-19 Часть–2_ Февраль –2025 19 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT va sevinch, g‘am va alam pardalaridan ko‘tarilgan nozik ohanglarni zukkolik bilan ilg‘ab olar edi” deb yozgan edi Zarifa Saidnosirova. Ko‘plab sohalar yo‘nalishlarda aql va salohiyatga ega barcha fanlardan bilimlarni birdek o‘rganayotgan adibimiz asosiy yo‘li ilm yo‘li yoki ijod yo‘li qaysi bo‘lishi haqida: “Hozir sharq va g‘arb falsafasini o‘qish ila mashg‘ulman. Iqtisodiy fanlar o‘z yo‘lida boradi, albatta. Shu g‘ayratimni, shu havasimni bir fan ustida markazlashtirsam, ehtimol, tuzukkina olim bo‘la olar edim. Ammo men energiyamni bir qancha tarmoqlarga bo‘lib yuborganman. Bu odatdan sira ayrila olmayman. Bu yomon. Ba’zan o‘zimga: - men kim va kim bo‘laman? degan savol berib qo‘yaman. Javob, tabiiy, yo‘q. derdi. Shukurki barcha adabiyot ixlosmandlari uchun biz avlodlar uchun ham Oybek domla keyinchalik ijod ummoni, sevgisi ila o‘z yo‘nalishini adabiyot tomon tamoman burgan edi. Butun ijod yo‘li davomida Oybek o‘zining durdona asarlarini turli siyosiy tartibsizliklar, sog‘liq bilan bog‘liq muammolar, urush va ocharchilik davrlarda bo‘lishiga qaramay, imkon qadar chalg‘ishlarsiz bor diqqat e’tiborini qaratgan holda terran mehnat ila ijod ummonidan qonib ichgan holda yaratadi. 1937-yil voqealari har kun o‘nlab yuzlab ma’rifatparvarlarning qamalishi, surgun qilinishi, qatag‘oni davrida ham Oybek butun yoz ichi o‘z bog‘idan chiqmay ijod qildi hamda “Qutlug‘ qon” day go‘zal va o‘lmas bir asarni yaratdi. Ulug‘ vatan urushi yillarida esa yana bir latif asar “Quyosh qoraymas” romanini yaratdi. “Oltin vodiydan shabadalar’’, “Hamza”, “Qizlar”, “Pokiston taassurotlari”, “Zafar va Zahro”, “Haqgo'ylar”, “O‘ch”, “Bobom”, “Ulug‘ yo‘l”, “Bolalik”, “Nur qidirib” kabi doston, roman va qissalarni hamda tugatilmay qolgan “Temur” va “Bobur” dostonlarini yozdi. Hayotini Alisher Navoiy hazratlarini umr va ijod yo‘llariga bag‘ishladi va “Navoiy”, “Guli va Navoiy” dek umri boqiy go‘zal asarlarni biz kelajak avlod uchun meros qoldirdi. Bu hayotda hech narsa osonlikcha qo‘lga kiritilmasligini, tinimsiz ilm olish, o‘qish - o‘rganish mehnat, toqat va bardosh tom ma’noda odamni haqiqiy millatni uyg‘otgan adib qilib ustozning umrlari misolida namoyon etiladi. Xulosa o‘rnida biz avlodlar buyuk ajdodlarimizga hamisha hurmatda bo‘lishimiz ularni e’zozlab umr va ijod yo‘llarini chuqur o‘rganmog‘imiz hamda Выпуск журнала №-19 Часть–2_ Февраль –2025 20 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ummonlarcha ibratlar olib uni o‘z hayotimizda tatbiq etmog‘imiz zarur. Shulardan biri buyuk adib, shoir, ko‘pchilikning ustozi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekdir.

Доказательный фрагмент

«Har bir millat yuksalish uchun o‘z tarixi, ajdodlarini bilmog‘i ulardan o‘rnak olmog‘i hamda ularga mos davomchi bo‘lib yashamog‘i zarur.»

Образец извлечения

Демо-превью

Har bir millat yuksalish uchun o‘z tarixi, ajdodlarini bilmog‘i ulardan o‘rnak olmog‘i hamda ularga mos davomchi bo‘lib yashamog‘i zarur. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Qutlug‘ qon, Navoiy, Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek, Bolalik., Yurak qoni
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники