К содержанию
РецензированоRU2025

OLTIN MISRALARGA NAQSHLANGAN QALB

Mamajonova Malikaxon Abdullo qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Одним из величайших поэтов и учёных мира является Ойбек, сын Мусы Ташмухаммада. Многие исследователи изучают творчество сына писателя Мусы Ташмухаммеда Айбека. И мы подумаем о его периоде “Сердце, украшенном золотыми стихами”. Ключевые слова: Золотые стихи, мир, поэт, писатель, великий. Annotation: One of the world's greatest poets and scholars is Oybek, the son of Musa Tashmuhammad. There are many researchers who study the works of the writer Musa Tashmuhammad’s son Aibek. And we will think about his period of “A heart emblazoned with golden verses”. Key words: Golden verses, world, poet, writer, great. Oybek adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlarni tashkil etadi. O‘zbek xalqi tarixi va o‘zbek mumtoz adabiyotining ulkan bilimdoni Oybekdir. “Oybekdek ulug‘ adib va ulug‘ insonga nibatan hurmat va muhabbat” tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Oybekdan tashqari, yana bir asosiy qahramon bor. U butun hayotini Oybekka bag‘ishlagan, uning mashaqqatli qismatini yengillashtirishga intilgan, unga munosib yor bo‘lgan Zarifa Saidnosirova kimyogar olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi professor. Kimyo fanlari nomzodi. Birinchi o‘zbek ayol rassomi. Taniqli ma’rifatparvar S. Mirjalilovning qizi Выпуск журнала №-19 Часть–2_ Февраль –2025 22 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Oybekning rafiqasidir. Oybekning shaxsiy hayotigina emas, balki bir-biriga munosib ikki ulug‘ siymoning asarlarida sevgi va vafo ular boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklardan katta chandiq qoladi. Oybekning asarlari juda ko‘p tillarga tarjima qilingan. Har bir davrning unutilmas va buyuk siymolari bo‘ladi. Ular she’riyat va adabiyotda o‘chmas iz qoldirishgan. Lekin ularni hayoti va ijodini yoritish yoki yozish hamma yozuvchini qo‘lidan kelavermaydi. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyni hayoti va ijod yo‘lini yozish baxti faqat Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekka nasib qildi desak bo‘ladi. Alisher Navoiydan keyin o‘zbek she’riyatidan Oybek o‘zini komil insonligi, beqiyos asarlari va durdona namunalari bilan alohida joy oldi. Oybekni bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, u nurli va barhayot o‘zbek siymosidir. Odatda biron nimaga erishish uchun asta, bosqichma-bosqich qadam bilan harakat qilamiz. Xuddi shunday yozuvchilar ham o‘z she’riyat dunyosini yaratayotganida o‘zi kezgan vohayu-vodiylar, qadrdonon maskanlar, do‘stu- birodarlar hamda o‘zi guvoh bo‘lgan voqealar haqida yozadi, ijod qiladi va asta sekinlik bilan adabiyotga kirib keladi. Shunga misol tariqasida quyidagi jumlani ko‘rishimiz mumkin. “Navoiy she’riyati va Navoiy obrazi hamisha kuchli bir quyosh kabi ko‘nglimni tortar edi. O‘z asarlarimda shoir Navoiy obrazi yaratishga zo‘r mayl, orzu, istagim bor edi. Lekin tarixga ko‘z tashlasam, Navoiy ulug‘, buyuk bir siymo holida qarshimda turar edi. Yoshligimdan beri Navoiyning o‘lmas, abadiy she’rlarini sevib o‘qir edim, uning jozibali g‘azallari borgan sari ko‘nglimga singib bordi, shakl va mazmunlari yuragimni mast va maftun etdi”, deya “Navoiy” romanini yozishga bo‘lgan ishtiyoqini ochiqlagan edi ustoz Oybek. Bilamizki, eng katta daryolar ham dastavval tog‘lardan, guldirab tushuvchi arg‘amchidek ingichka jilg‘alardan boshlanadi. Daryoning biz ko‘rgan qudratli oqimida o‘sha jilg‘alardan har birining o‘ziga yarasha ulushi bo‘ladi. Oybekning keyinchalik yozgan yirik nasriy asarlari 1940-yil “Qutlug‘ qon”, 1944-yil “Navoiy”, 1958-yil “Quyosh qoraymas” singari romanlarining xamirturushi ham kichik-kichik hikoyalar bo‘lgan. Ular sirasiga kiruvchi “Fanorchi ota”, “Musicha” “Singan umid” va “Gulnor opa” kabi hikoyalarni kiritish mumkin. Shunisi muhimki, bu asarlarning Выпуск журнала №-19 Часть–2_ Февраль –2025 23 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT aksariyat qahramonlari keyin ham yozuvchi o‘y-fikrida yashashni davom ettirdi, ijodiy o‘sib bordi. Ma’lum vaqt o‘tib esa yuqorida sanaganimiz yirik romanlarda to‘laqonli qahramonlar bo‘lib maydonga chiqishdi. Asar yozish mas’uliyatini uning “quyosh qoraymas” romani ustida olib borgan ishlarida ham kuzatamiz. Z.Saidnosirova “oybegim mening” kitobining “bektemir izidan” degan qismida adibning o‘zbek jangchilari hayotidan asar yozish maqsadida frontga ketganini, urush dahshatini, u keltirgan vayronagarchiliklarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganligini, taassurotlari esa she’r va xotiralardan iborat “olovli yillar” she’riy to‘plami va “front bo‘ylab” kundalik daftarida aks etganini qayd etgan va quyidagilarni yozgan: “agar front bo‘ylab” kundaligini varaqlab chiqqan bo‘lsangiz, uning bo‘lajak qahramonlari bilan moskva ostonalarida tanishganligi, ularning jangovar hayoti to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lganligini bilasiz. shu qahramonlar orasida “quyosh qoraymas” romanidagi bektemir obraziga bo‘lgan o‘zbek jangchilari ham bo‘lganligi shubhasiz. Ehtimol, Oybek Ikromjon Toshmatovdan ham bektemir obrazi uchun nimanidir olgandir”. “Navoiy” va “quyosh qoraymas” romanlari bilan bog‘liq ayrim detallarni eslashdan maqsad shuki, oybek badiiy ijodga g‘oyatda mas’uliyatli vazifa sifatida qaragan. Ijod jara

Доказательный фрагмент

«Одним из величайших поэтов и учёных мира является Ойбек, сын Мусы Ташмухаммада.»

Образец извлечения

Демо-превью

Одним из величайших поэтов и учёных мира является Ойбек, сын Мусы Ташмухаммада. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Golden verses, world, poet, writer, great, поэт, adib, мир, Золотые стихи, великий., buyuk., shoir, great., писатель, dunyo, Oltin misralar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники