К содержанию
РецензированоRU1915

BAHOR, MUHABBAT VA SADOQAT KUYCHISI

Mualliflar: Shodiyeva Sarvinoz · Vaxobjonova Guljaxon · Abduraimova Sabina · Sotivoldiyeva Nilufar

Современное образование и развитие · 1915

Аннотация

В статье освещаются жизнь, творчество и деятельность великой поэтессы Зульфии, подробно анализируется ее роль в узбекской литературе. Раскрываются такие понятия, как человечность, любовь и верность в стихах Зульфии. Annotation: The life, work and activities of the great poetess Zulfiya are covered in the article, and her role in Uzbek literature is analyzed in detail. Concepts such as humanity, love and loyalty in Zulfiya's poems are revealed. Tayanch so’zlar: Shoira, bahor, iqtidor, ijod, vatanparvar, mexnatsevar, fidoiylik, sadoqat, hushmuomila, xalqaro. Ключевые слова: Поэт, весна, талант, творчество, патриот, трудолюбивый, самоотверженный, верный, вежливый, интернациональный. Key words: Poet, spring, talent, creativity, patriot, hard-working, dedication, loyalty, courtesy, international. Zulfiya siymosi – o‘zbek she’riyatida bahor, muhabbat va sadoqat kuychisi, deb bejiz aytilmaydi. Zero, shoiraning hayoti har bir o‘zbek ayoliga ibrat bo‘ladigan namunadir. Zulfiyaning butun ijodi – O‘zbekiston diyorining ilhom madhiyasi, inson mehnati, sevgi va yerdagi adolat madhiyasidir. O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq adabiy Выпуск журнала №-18 Часть–8_ Январь –2025 426 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT to‘garaklarda she’rlar mashq qila boshladi. 1935-1938- yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. So‘ngra 1938- 1948-yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O‘zbekiston Davlat nashriyotida bo‘lim boshlig‘i, 1950-1953-yillarda esa «O‘zbekiston xotin-qizlari» («Saodat») jurnalida bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1953-1980-yillarda esa bosh muharrir bo‘lib ishladi. Zulfiya 17 yoshida yozgan «Xayot varaqlari» birinchi she’rlar to‘plami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi. Zulfiyaning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus mumtoz adabiyoti, xalq og‘zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an’analarining roli benihoya bo‘ldi. Shoira «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig‘i» kabi poetik asarlarini ona-Vatan va uning dala, cho‘llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag‘ishlaydi. Ayni chog‘da mazkur to‘plamlardagi she’rlari shoiraning she’riy mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi. Urush davrida shoiraning «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944) kabi to‘plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan nishona edi. To‘plamdagi she’rlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g‘alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir. Zulfiyaning «Mening Vatanim», «Qo‘limda qurolu ustimda shinel», «Bizni kut» kabi umidbaxsh she’rlari urush davri o‘zbek she’riyatining jangovar ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan o‘rin olgan. Shoiraning urushdan so‘nggi yillarda yozilgan «Dalada bir kun», «Tong qo‘shig‘i» kabi bir qator she’rlar turkumi, «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar», «Kuylarim sizga» to‘plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi. Uni «So‘roqlaydi shoirni she’rim», «Oydin», «Quyoshli qalam» kabi ocherk va dostonlari H.Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustozlarning yorqin xotiralariga bag‘ishlangan. Zulfiya Hamid Olimjonning «Semurg‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pyesa va opera librettosini ham yaratgan. Zulfiya «Uylar», «Shalola» kabi she’riy majmualari uchun Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. Hind mavzuidagi she’rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi xalqaro sovrin, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda Выпуск журнала №-18 Часть–8_ Январь –2025 427 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro «Nilufar» mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, V.Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognesvet, M.Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Afsonaviy o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, hassos she’riyati bilan millionlab chin so‘z sehriga shaydo qalblarni maftun etgan shoira 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi. 2004-yilda mamlakatimizda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan. Ushbu mukofot adabiyot, san’at, ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohalarida muvaffaqiyatga erishgan qizlarga har yili 8-mart bayrami arafasida taqdim etiladi. Bugungi kunga kelib, izdoshlarining safi tobora kengayib borayotgani esa unga bo‘lgan muhabbat va iftixor belgisidir. Shoira ijodida o‘zbek ayolining taqdiri katta o‘rin egallaydi. Uning mamlakat hayotidagi faol o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Shoira she’rlarida ayollik nafosatini tarannum etishdan charchamaydi. Zulfiya she’riyati tab

Доказательный фрагмент

«В статье освещаются жизнь, творчество и деятельность великой поэтессы Зульфии, подробно анализируется ее роль в узбекской литературе.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье освещаются жизнь, творчество и деятельность великой поэтессы Зульфии, подробно анализируется ее роль в узбекской литературе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Poet, spring, talent, creativity, patriot, hard-working, dedication, hushmuomila, iqtidor, верный, loyalty, трудолюбивый, bahor, international., Shoira, вежливый, fidoiylik, vatanparvar, courtesy, творчество, mexnatsevar, xalqaro., весна, талант, патриот, самоотверженный, sadoqat, ijod, Поэт, интернациональный.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники