Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“MEN” KONSEPSIYASINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLILI
D.Qarshiboeva · S.Amrullayeva
Современное образование и развитие · 1 · 101-108 · 2025
Аннотация
“Men” konsepsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, U.Jeyms tomonidan ajratilgan 2 aspektlar, ”Men” borasidagi konsepsiyalar, K.Yungning Personasi,E.Berns iyerarxiyasi, ”Men” ustanovkasi, Z.Freyd psixoanalizida “Men”ning tasniflanishi. Kalit so‘zlar: Refleksiya, personal identivlik, sublimatsiya, Id («U»), Ego («Men»), Superego («Oliy Men»), «Individual «Men», haqiqiy “Men”, emperik “Men”. “Men” konsepsiyasini o‘rganish sohasida tadqiqot olib boradigan mutaxassislarning aksariyati o‘z tadqiqotlarining asosiy yadrosi sifatida G.Olport, S.Meddi, Uilyam Jeyms kabi psixologlarning nazariyalariga tayanadi. Ulardan biri U.Jeymsning shaxs nazariyasida shaxs «Men»i haqidagi fikrlarini to‘liq ifodalay olgan, desak bo‘ladi. U. Jeyms shaxs «Men»iga xos ikki aspektni ajratib ko‘rsatdi: empirik «Men» va haqiqiy «Men». Empirik «Men» inson nimaniki «o‘zimniki» deb atay olgan barcha narsalar yig‘indisidir. Uning ichiga: • Material «Men» — o‘z ichiga shaxsning tana tuzilishi va shaxsan uning o‘zigagina tegishli bo‘lgan barcha narsalarini oluvchi «Men» bo‘lsa; • Ijtimoiy «Men» — shaxsdagi uning atrofidagilar tan olgan «Men», har bir shaxsni o‘zi haqida uning atrofidagilarning fikri qiziqtiradi, albatta. Demak, shaxsning atrofida qancha alohida ijtimoiy guruhlar mavjud bo‘lsa, uning uchun shuncha ijtimoiy «Men»i mavjud bo‘ladi; • Psixik «Men» — individning ijtimoiy muhitda uning kimligini namoyon qilishiga yordam beruvchi qobiliyat va iqtidorlarining yig‘indisi hisoblanadi; • Haqiqiy yoki axloqiy «Men» — shaxsning o‘zini anglashi, o‘z-o‘ziga baho berishi doirasidan iboratdir. Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 33 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Zamonaviy psixologiyada bunday «Men»ni shaxsning markaziy bo‘g‘ini sifatida qaraladi va «Men» konsepsiya (bu ilmiy atama fanga amerikalik psixolog K.Rodjers tomonidan kiritilgan) tushunchasi orqali ifodalanadi. U.Jeymsning tasvirlashicha, shaxsning ijtimoiy «Men»i ijtimoiy psixologik nazariyalar orasida uzoq vaqtdan beri va ko‘p o‘rganilgan mavzudir. Sotsiolog olimlardan biri Charlz Kuli «Shaxs oynasi» tushunchasini ishlatgan bo‘lib, bu orqali shaxs atrofidagi odamlarning unga nisbatan berayotgan bahosi va fikriga aynan oynaga qaraganday qaraydi, degan flkrni asoslagan. J.G. Midning fikricha, shaxsning o‘zini anglashi uning ijtimoiy munosabatlarining hosilasi bo‘lib, bu jarayonda u o‘ziga tashqi tomondan, go‘yoki obyektga qaragandek qarashni o‘rganadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, bunda atrofdagi butun bir ijtimoiy guruh yoki jamoa a’zolarining fikri — jamoaviy ustanovka sifatida rol o‘ynaydi. Aynan shu holat tufayli biz o‘zimizni boshqalar qanday ko‘rsa o‘shanday ko‘rishga o‘rganamiz, o‘zimizga boshqalar ko‘zi bilan qarashga o‘rganamiz. Lekin o‘sha jamoadan aynan kimningdir fikri nima uchundir bizga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, degan savol barchani qiziqtiradi. Bu savolga javob aynan jamoa a’zolarining barchasi ham biz haqimizda bir xilda fikr yuritmasligi va bizga bir xilda baho beravermasliklari bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari atrofdagilarning flkrini inobatga olishimizda qanday omillar rol o‘ynaydi, degan savol ham muhimdir. Dastlabki omil sifatida fikrlarni qabul qiluvchining yoshi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, bolalar uchun ota-onasi, o‘qituvchisining fikri muhimdir. Katta yoshdagilar uchun esa oila a’zolaridan biri, do‘sti, hamkasbi kabilar ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs bolishi mumkin. Bu borada jins xususiyati ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Karl Yungning ta’kidlashicha, shaxs psixikasi tuzilishida himoya qismi mavjud va u Persona deb ataladi. Ana shu Persona shaxsning haqiqiy «Men»i va Yolg‘on «Men»i o‘rtasida muammolarni keltirib chiqaradi. K. Yungning fikricha, Persona, o‘ziga xos niqobga ega boiib, shaxs jamoatchilik bilan munosabatlarda o‘zinining haqiqiy «Men»inini yashirish maqsadida shu niqobni taqib oladi. Buning natijasida shaxs o‘zining asl basharasini har doim ham va barcha ijtimoiy guruhlar oldida ham namoyon etavermaydi, natijada uning aslida qandayligini atrofidagilar Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 34 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bila olmaydi. K. Yungning taxmin qilishicha, Persona — bu jamiyat va shaxs o‘rtasidagi hamkorlikdir. Uning maqsadi — shaxsning haqiqiy «Men»ini yashirgan holda boshqalarda yaxshi taassurot uyg‘otishdan iboratdir. Ko‘pincha shaxs o‘zining asl holati bilan Personani chalkashtirib yuboradi. Bunday holda «Men» ham Persona bilan aralashib ketadi, shaxs esa ijtimoiy muhit oldida rol o‘ynovchi yolg‘onchi mavjudodga aylanib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs o‘zini o‘z niqobidagi holati bilan chalkashtirib yuboradi. K.G.Yung bunday holat individning o‘z-o‘zini anglashiga xavf solishini ko‘rsatib beradi. Shaxs «Men»ining tuzilishiga doir turli xil yondashuvlar mavjud boiib, ular orasida eng ko‘p tarqalgani, o‘z ichiga «Men»ning uch tarkibini qamrab oladi: kognitiv (o‘zi haqida bilimlar), emotsional (o‘z-o‘ziga baho) va xulqiy (o‘ziga munosabat). R. Bernsning «Men» konsepsiyasi R. Berns «Men» konsepsiyasining differen
Доказательный фрагмент
«“Men” konsepsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, U.Jeyms tomonidan ajratilgan 2 aspektlar, ”Men” borasidagi konsepsiyalar, K.Yungning Personasi,E.Berns iyerarxiyasi, ”Men” ustanovkasi, Z.Freyd psixoanalizida “Me…»
Образец извлечения
Демо-превью“Men” konsepsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, U.Jeyms tomonidan ajratilgan 2 aspektlar, ”Men” borasidagi konsepsiyalar, K.Yungning Personasi,E.Berns iyerarxiyasi, ”Men” ustanovkasi, Z.Freyd psixoanalizida “Me… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Superego («Oliy Men»), «Individual «Men», Refleksiya, haqiqiy “Men”, Ego («Men»), sublimatsiya, Id («U»), emperik “Men”., personal identivlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025