Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MULK HUQUQLARI TUSHUNCHASI
MULK HUQUQLARI TUSHUNCHASI · Meylikov Fazliddin Abduhalim o‘gli · Kenjaboyeva Shohista (Toshkent kimyo – texnologiya instituti) · Jumanazarova Noila (Toshkent kimyo – texnologiya instituti)
Современное образование и развитие · 28 – 29 · 2025
Аннотация
This article focuses on property rights - the rights to own, use and dispose of them, as well as the main rules of the theory of property rights, the analysis of property tariffs, the legal regulation of property rights under the existing norms of our legislation. Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 61 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Key words: property right, property creation, property relations, forms of ownership, "Honore list", private property. Kirish. Mulk huquqi oʻzga ashyoviy huquqlar tizimiga asos soluvchi (boshlangʻich) hisoblanadi. Boshqa huquqlar ushbu huquqdan vujudga kelish xarakteriga egadir. Mulk huquqi ashyoviy huquqning barcha alomatlariga ega boʻlib, muddatsiz hisoblanadi. Mulk huquqining tushunchasi Fuqarolik Kodeksining 164- moddasida belgilangan. Unga koʻra, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol- mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi obyektiv va subyektiv jihatidan koʻrib chiqilishi mumkin. Mulk huquqlari nazariyasi o‘tgan asrning 60-70-yilarida shakllandi. Hozirgi vaqtda uning rivojlanishi alohida mustaqil konsepsiya sifatida emas, balki iqtisodiy tahlilning uchta yo‘nalishi – huquq iqtisodiyoti, yangi iqtisodiy tarix va iqtisodiy tashkilot nazariyasining metodologik va umumnazariy asosi sifatida davom etmoqda. Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Amerikalik mashhur iqtisodchilar – R.Kouz va A.Alchiyan mulk huquqlari nazariyasi asoschilari hisoblanadi. Mazkur nazariyaning keyingi rivojiga uzoq xorij mamlakatlarining Y.Barsel', D.Nort, R.Pozner, S.Peyovich, O.Uil'yamson, Yu.Fama, E.Furubotn, S.Chung kabi olimlari o‘z hissalarini qo‘shdilar. Rossiya iqtisodiy adabiyotlarida mulk huquqlari nazariyasi R.Kapelyushnikov, V.Radaev, A.Radigin va boshqalarning ishlarida rivojlantirildi. O‘zbekistonda mulkiy munosabatlarni isloh qilish, mulkning huquqiy asoslari va mulk nazariyasining boshqa jihatlari X.Abilqosimov, N.Yusupova, N.Nedel'kina, Sh.Shodmonov, T.Shodiev, S.G‘ulomov va boshqarlarning ishlarida ko‘rib chiqilgan. Mulk huquqlari nazariyasi huquqiy mexanizmning jamiyatning kundalik xo‘jalik hayotidagi rolini o‘rganadi. Bunda mulk huquqlarini optimal taqsimlash masalasi markaziy muammo sifatida e'tirof etiladi. Institutsional iqtisodiyot nazariyasiga ko‘ra, kim mulkdor hisoblanishi to‘g‘risidagi masala emas, balki mulk huquqlarini tafsirlash to‘g‘risidagi masala ancha muhim hisoblanadi. Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 62 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Natijalar. Mulk huquqi – moddiy neʼmatlarning aniq bir shaxslarga tegishliligi (oʻzlashtirilganligi)ni mustahkamlovchi, tartibga soluvchi va muhofaza qiluvchi normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining asosiy tartibotlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi FKga koʻra, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol- mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining Mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga binoan, „har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli“. Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. „O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida“gi qonun (1990-yil 31-oktabr) asosida bozor munosabatlarining tashkil topishi uchun iqtisodiy manba hisoblangan xususiy mulkchilikka yoʻl ochildi. Xususiy mulkchilikning rivojlanishida „Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida“gi qonun (1991-yil 19-noyabr) muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qonunga asosan shoʻrolar davridagi davlat mulkining hukmronlik qilishiga barham berildi, xususiy mulkning tashkil topishi uchun imkoniyat yaratildi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi FKda mulkni oʻtmishda sotsialistik jamiyatning sinflarga boʻlinishiga asoslanib (davlat, kolxozkooperativ, shaxsiy) shakllarga ajratilishiga va qaysi shaklda, kimga tegishliligiga qarab oʻrnatilgan tengsizlikka barham berildi. Shoʻrolar davrida mulk egalarining huquklari tegishli qoidalarda, shuningdek, amaliyotda ham doimo cheklanib kelingan. Endilikda mulk egasiga tegishli boʻlgan mol-mulkni turli sabablar va har xil yoʻl bilan davlat idoralari va mansabdor shaxslar tomonidan olib qoʻyilishi, mulkdan erkin foydalanish uchun toʻsqinliklar vujudga keltirilishi gʻayriqonuniy hisoblanadi. Mulk huquqi muddatsizdir. Mulk egasi oʻz mulkidan abadiy foydalanish, uni xohlagan vaqtida tasarruf etish huquqiga ega. Mulk huquqlari deganda, ne'matlarning mavjud bo‘lishi munosabati bilan insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan va ulardan foydalanishga taalluqli ruxsat etilgan kundalik munosabatlar tushuniladi. Ushbu munosabatlar ne'matlar borasi
Доказательный фрагмент
«This article focuses on property rights - the rights to own, use and dispose of them, as well as the main rules of the theory of property rights, the analysis of property tariffs, the legal regulation of property righ…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article focuses on property rights - the rights to own, use and dispose of them, as well as the main rules of the theory of property rights, the analysis of property tariffs, the legal regulation of property righ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- property right, property creation, property relations, forms of, права собственности, “Onore ro‘yxati”, mulkiy munosabatlar, имущественные отношения, создание собственности, xususiy mulk., частная собственность., mulk yaratish, forms of ownership, mulk huquqi, mulkchilik shakllari, формы собственности, «список Оноре»
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025