К содержанию
РецензированоUZ2025

MAQOLLARDA ERKAKLARNING O‘ZIGA XOS XISLATLARI VA ILLATLARINING TASNIFI

ILLATLARINING TASNIFI · Rohilabonu G‘o‘chchiyeva

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Maqolada erkaklarning o’ziga xos xislatlari va illatlarining maqollardagi tasnifi berilgan bo’lib, ayol va erkaklarning feʼl-atvoridagi xususiyatlar tahlili har ikki tilda erkaklarga “botirlik” va “jasurlik” kabi xislatlar tegishli ekanini koʼrsatmoqda. Biroq oʼzbek tilida ular yorqinroq tasvirlanganligi ta’kidlangan. Erkaklarning kuchsizligi va qatʼiyatsizligini ifodalovchi frazeologik birliklar ham har ikki tilda aks etgani, lekin ingliz tilida bunday frazeologizmlar koʼproq uchrashi haqida ma’lumotlar berilgan. Аyol va erkaklarning fiziologik xususiyatlaridan “tashqi koʼrinish” konseptual qatlamining tahlili ingliz ayollari uchun tashqi koʼrinish muhimligini koʼrsatadi. Kalit so‘zlar: erkak, maqol, gender, lingvokulturologiya, mintalitet, ayol, o’zbek, ingliz, paremiologiya. Inson oʼziga xos psixologik xarakter bilan dunyoga kelib, uning feʼl-atvori psixologik va ijtimoiy omillar taʼsirida shakllanadi va oʼzgaradi. Koʼplab ijtimoiy psixologik tahlillar shuni koʼrsatadiki, dunyoda erkaklarga xos boʼlgan sifatlarga: faollik, tajovuzkorlik, raqobatdoshlik, botirlik, ishbilarmonlik, oʼziga boʼlgan ishonch, haqiqatgoʼylik, qattiqqoʼllik, talabchanlik, mantiqiy fikr yuritish va h.k. lar kiradi. Аyollarga nisbatan koʼproq xos boʼlgan sifatlar esa qiziquvchanlik, sergaplik, mijgʼovlik, xayolparastlik, ikkilanuvchanlik, yumshoqlik, zaiflik, kamtarlik, itoatkorlik va h.k. lardir. Erkak kishining siymosi jangchi, ovchi, himoyachi kabi holatlarda tasvirlanadi. Аyollarning siymosi uy bekasi, sevimli mahbuba, goʼzallik maʼbudasi Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 79 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT sifatida gavdalanadi. Lekin bu siymolar doim ham til materiali tahlili natijalari bilan toʼgʼri kelavermaydi. Har ikki tilda botirlik va jasurlik erkaklarga xos boʼlgan hususiyatlar ekanligi tasdiqlandi: Kuchsizlik, nimjonlik, qatʼiyatsizlik xususiyatlari erkaklarga xos boʼlishi mumkin: have too much of his mothers blessing – oʼta uyatchan boʼlmoq; a Miss Nancy – nimjon “qiz bola”; play the woman – yigʼlamoq, qoʼrqmoq, lapashang; a fall guy – hamma baloga toʼgʼanoq odam, qurbon; faint heart never won fair lady – qoʼrqoq yurak, ayol yuragini zabt eta olmaydi. Аyniqsa, erkaklarga nisbatan koʼp hollarda “onasining erkasi, arzandasi” nomining biriktirilishi ingliz tilida koʼp kuzatildi: mummy’s boy – onasining erkatoyi; mother’s darlings make but milk-sop heroes – onasining erkatoyidan qahramonlik chiqmaydi; a weak sister – tannoz oyimtilla, onasining erkatoyi; be pinned to ones mothers apron strings –onasining izmida boʼlmoq. Eʼtibor bersak, erkaklarning salbiy jihatlari “ayol” semantik maydoni bilan bogʼliq soʼzlar orqali ifodalanayapti: Nice Nelly – ikki yuzlamachi; an old woman – behalovat erkak, “xotinchalish”, shalviragan. Botirlik va jasurlik erkaklarga xos: game as a cockerel – oʼta ketgan dovyurak, mard; full of bush fire – juda gʼayratli, xushchaqchaq, jurʼatli; a man of his hands –tajribali, usta, mohir; a mans man – haqiqiy erkak; play the man – erkakcha yoʼl tutmoq; like a Trojan – qahramonlarcha, jasoratli. O.А. Kolosovaning ingliz va amerika materiallari asosida olib borgan tadqiqotlarida erkaklarning ijobiy baholarining konseptual makoni ayollarnikiga qaraganda sezilarli darajada koʼpligi va “erkak” referentini salbiy baholash uchun ayollarga biriktirilgan stereotiplardan foydalanilganligi aniqlangan [5]. Oʼzbek tilida erkaklarning mardligi va botirligini tasvirlovchi frazeologizmlar ularning qoʼrqoqligi, qatʼiyatsizligi, zaifligi kabi hususiyatlarini tasvirlovchi frazeologizmlarga nisbatan koʼpchilikni tashkil etadi. Аyniqsa, oʼzbek yigitining Vataniga, xalqiga boʼlgan sadoqatini tasvirlovchi frazeologizmlar hech bir tilda oʼzbek tilidagidek koʼp miqdorda mavjud boʼlmasa kerak. Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 80 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Erkakning ayolga boʼysinishi ham pastkash va nomunosib xislatlardan hisoblanadi. Bu xislat oʼzbek frazeologiyasida aks etmagan: petticoat government – ayol hukmronligi, zoʼrligi; the gray mare – xotinning qoʼli ostida boʼlmoq; the gray mare is better horse – uyda hukmron ayol; be tied to one;s wife;s apron strings – xotinining izmidan chiqmaslik. Ingliz tilida erkaklarga xos boʼlgan mehnatkashlik xislatlarini tasvirlovchi frazeologik birliklar miqdori juda kamligi kuzatildi. Oʼzbek tilida esa, aksincha, koʼpchilikni tashkil etadi: Mr.Fixit – mohirona sozlaydigan, yasaydigan odam, a man of his hands – qoʼlidan har bir ish keladigan mohir, ustasi – farang; early to bed and early to rise, make a man healthy, wealthy and wise – kim erta tursa sogʼlik, boylik va aql orttiradi; Yigit degan er boʼlar, mehnat koʼrsa sher boʼlar; Yigit husni mehnatda; Yigitning baxtini mehnat ochar; Mardning mardi maydonda sinalar, yigitning yigiti mehnatda. Ingliz tili frazeologizmlarda (jismoniy) mehnatning muhimligi kuzatilmadi: a drug store cow boy – bekorchi, tanbal , takasaltang; lounge lizard – daydi, bekorchi. Erkaklarga xos jihatlardan oliyjanoblik ingliz tilida quyidagi

Доказательный фрагмент

«Maqolada erkaklarning o’ziga xos xislatlari va illatlarining maqollardagi tasnifi berilgan bo’lib, ayol va erkaklarning feʼl-atvoridagi xususiyatlar tahlili har ikki tilda erkaklarga “botirlik” va “jasurlik” kabi xisl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada erkaklarning o’ziga xos xislatlari va illatlarining maqollardagi tasnifi berilgan bo’lib, ayol va erkaklarning feʼl-atvoridagi xususiyatlar tahlili har ikki tilda erkaklarga “botirlik” va “jasurlik” kabi xisl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ingliz, lingvokulturologiya, gender, mintalitet, maqol, paremiologiya., erkak, ayol, o’zbek
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники