Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
G‘O‘ZA NAVLARINING KO‘CHAT QALINLIGI VA CHILPISH MUDDATLARINING PISHIB YETILISHIGA TA’SIRI
Key words: Variants, varieties · C-, planting
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
In this article, comparing "Khorazm-127" grown in the soil and climatic conditions of Khorezm region, "Sultan" and "C-8294 " The influence of seedling thickness and the duration of the harvest on the early ripening of cotton varieties is studied. Key words: Variants, varieties, Khorezm-127, Sultan, C-8294, planting system, harvest periods, ripening, productivity, harvesting. Har bir g‘o‘za navining hosildorligini aniqlash bilan birga, uning tezpisharligini bilish ham muhim ahamiyatga ega. Bizni izlanishlarimizda g‘o‘za navlarini ko‘saklarini ochilish tezligi va ularni tezpisharligi biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ko‘chat qalinligi hamda chilpish muddatlarining tasirini o‘rgandik. Bu izlanishlarni olib borishdan maqsad: fermer xo‘jaliklari uchun paxta hosiliga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda navlarni tezpisharligini oshirishdir. Bu muammo azaldan dolzarb hisoblangan, qolaversa hozirgi intensiv dehqonchilik soxasida 2-3 kunga bo‘lsa ham paxtani ertaroq yig‘ib-terib olinsa boshqa ekinlarni ekishga zamin yaratish uchun imkoniyat yaxshilanadi. Kuzgi shudgorni o‘z muddatida sifatli o‘tkazishni iloji bo‘ladi. F.Mamatsoilyevning tavsiyalariga [1] asosan g‘o‘zani chilpish ishlarini kechiktirilishi yoki sifatsiz o‘tkazilishi oqibatida, poya bo‘yiga o‘sib g‘ovlab ketadi va hosildorlik 15-20 foiz kamayib, pishib yetilishi 7-10 kunga kechikadi. Shuningdek, ko‘saklar kichrayib, vazni kamayadi, g‘o‘za barglari ko‘payib, ko‘saklar qobig‘i qalinlashishi natijasida hasharotlar jumladan, ko‘sak qurti soning ko‘payishiga olib kelishi kuzatiladi. Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 99 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT SH.Abdualimov, F.Hasanova [2; 7-8-b]lar Avgust oylarining boshlarida rivoji kechroq bo‘lgan dalalardagi g‘o‘zalarni chilpish ishlarini yakuniga tezroq yetkazish lozimligini takidlaydilar. Kechki dalalarda paxta erta pishib yetilishi ta’minlash maqsadida, chilpishda Sojean, Entojean va boshqa tarkibida mepikvat xlorid bo‘lgan preparatlar bilan 90-100 g/ga me’yorda 250-300 l suv bilan ishchi aralashma tayyorlanib, bir gektar maydondagi g‘o‘zalarga ishlov berilsa uning rivoji 7-8 kunga tezlashadi, hosildorlik 3-5 s/ga va hattoki 7-8 s/ga ortishiga erishiladi. Xorazm viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida (2022-2024 y.) olib borilgan tajribalarda g‘o‘za navlarini chigiti ekilgandan birinchi ko‘sak paxtasi ochilguncha ketgan kunlar xisoblandi va navlarni tezpisharligi aniqlandi (1-jadval). 1-jadval Ko‘chat qalinligi va chilpish muddatlarining g‘o‘za navlarini tezpisharligiga ta’siri (kunlar) № Navlar Ekish sxemasi Chilpish muddatlari 2022-yil 2023-yil 2024-yil № Navlar Ekish Chilpish 2022-yil 2023-yil 2024- sxemasi muddatlari yil 1 Xorazm-127 60x15-1 12-14 128 130 129 2 10-11 120 121 120 3 12-14 127 127 126 60x12-1 4 15-16 127 128 127 Sulton 5 60x15-1 10-11 118 120 119 6 12-14 126 128 127 7 15-16 127 126 126 8 60x12-1 10-11 115 118 117 9 12-14 118 120 118 10 15-16 119 121 120 C-8294 11 60x15-1 10-11 111 113 113 12 12-14 117 119 118 13 15-16 120 122 121 Tajribada nazorat sifatida olingan Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 100 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Xorazm-127 navini 60x15-1 sxemasida ekib 12-14 xosil shoxida chilpish o‘tkazganimizda 1-ko‘sak ochilishi 2020-yilda 128 kunni, 2021-ylda 130 kunni, 2022-yilda 129 kunni tashkil qildi. Sulton navini 60x12-1 sxemasida ekib 10-11 hosil shoxida chilpish o‘tkazganimizda bu ko‘rsatkich 2020-yilda 120 kunni, 2021-yilda 121 kunni, 2022-yilda 120 kun bo‘ldi, shu ekish sxemasida ekib 12-14 hosil shoxida chilpish o‘tkazganimizda yillarga mos xolda 127-127-126 kunni tashkil qildi. Sulton navida 1-ko‘sakning ochilishi eng erta bo‘lgan variant 60x15-1 sxemada ekib 10-11 hosil shoxida chilpinganda kuzatildi bunda yillarga mos ravishda 118-120-119 kunni tashkil qilib nazorat variantiga nisbatan o‘rtacha 10 kunga erta ochilganini kuzatdik. Tajribadagi C-8294 g‘o‘za navini 60x12-1 sxemasida ekib 10-11 hosil shoxida chilpish o‘tkazganimizda birinchi ko‘sakning ochilishiga ketgan vaqt 2020- yilda 115, 2021-yilda118, 2022-yilda 117 kunni tashkil qildi. Bu g‘o‘za navida xam 1-chi ko‘sakning ochilishiga ketgan eng kam vaqt 60x15-1 sxemada ekib 10-11 xosil shoxida chilpish o‘tkazganimizda (yillarga mos ravishda 111; 113; 113 kun) nazoratga nisbatan o‘rtacha 17 kunga ko‘sakning erta ochilganligi kuzatildi. Ta’kidlash kerakki, biz izlanishlarimizda g‘o‘za navlarining qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlar ta’sirida biologik xususiyatlariga bog‘liq holda ko‘saklarini ochilish tezligini (tezpisharligini) aniqladik. Barcha variantlarda ko‘saklarni ochilishi 50 % dan ortgandan so‘ng g‘o‘zada defoliatsiya tadbiri o‘tkazilgan. Yuqorida keltirligan ma’lumotlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki Xorazm viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida yetishtirilayotgan Sulton va C- 8294 g‘o‘za navlari ilgaritdan ekib kelinayotgan Xorazm-127 naviga nisbatan barcha variantlarda erta pishib yetilishi aniqlandi. Ko‘chat qalinligi ortib borishi xamda chilpishning kechikti
Доказательный фрагмент
«In this article, comparing "Khorazm-127" grown in the soil and climatic conditions of Khorezm region, "Sultan" and "C-8294 " The influence of seedling thickness and the duration of the harvest on the early ripening of…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, comparing "Khorazm-127" grown in the soil and climatic conditions of Khorezm region, "Sultan" and "C-8294 " The influence of seedling thickness and the duration of the harvest on the early ripening of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Variants, varieties, Khorezm-127, Sultan, C-8294, planting, productivity, ripening, harvesting., planting system, harvest periods
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025