К содержанию
РецензированоUZ2025

MASTOEKTOMIYA BOʻLGAN BEMORLARNI PARVARISH QILISH

Ismoilova Sevara Ne’matillayevna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada mastoektomiya (sut bezi o‘simtasini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash) jarayoni o‘tkazilgan bemorlarni parvarish qilishning asosiy tamoyillari yoritilgan. Bemorning jarrohlikdan keyingi umumiy holatini baholash, psixologik ko‘mak, reabilitatsiya usullari va sifatli parvarishni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, jarrohlikdan keyingi asoratlarning oldini olish, yara parvarishi va turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan choralar batafsil bayon etilgan. Maqola tibbiyot xodimlari va parvarishlash sohasidagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Kalit so‘zlar: Mastoektomiya, bemor parvarishi, jarrohlikdan keyingi davr, psixologik yordam, reabilitatsiya, sut bezi o‘simtasi, jarrohlik asoratlari. Mastoektomiya – sut bezi saratonini davolashda qo‘llaniladigan asosiy jarrohlik usullaridan biri bo‘lib, bu jarayon bemorning jismoniy va ruhiy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada mastoektomiya o‘tkazilgan bemorlarni kompleks parvarishlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Koʻkrak saratoni -bu sut bezlari toʻqimalarida vujudga keladigan oʻsimta. Kasallik belgilari: sut bezlari hajmi, shakli yoki tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlar, terining oʻzgarishi. Koʻkrak atrofidagi toʻqimalardan farq qiladigan zich hosila paydo boʻlishi, koʻkrak yoki uning bir qismining qizarishi, yoxud koʻkrakdan keladigan suyuqlikning oʻzgarishi. Kasallik ildiz otib, chuqurlashganda esa, suyak ogʻrigʻi shishgan limfa tugunlari, nafas qisilishi yoki sargʻish teri (koʻkrak yoki butun tananing sargʻayishi) belgilari kuzatilishi mumkin. Koʻkrak bezi saratoni rivojlanishi Выпуск журнала №-18 Часть–8_ Январь –2025 195 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT uchun xavf omillari orasida semizlik, jismoniy faollikning yetishmasligi, alkogolizm, menopauza davridagi gormonlarni almashtirish terapiyasi, ionlashtiruvchi nurlanish, birinchi hayz koʻrishning erta boshlanishi, yo kechikishi, yo umuman boʻlmasligi, naslida shu kasallik bilan ogʻrigan bemorning boʻlishi, taxminan 5-10% hollarda odamning ota-onasidan meros boʻlib oʻtgan genetik moyillik natijasidir, jumladan, BRCA1 va BRCA2 genlarida mutatsiyalar mavjudligi bu kasallikning xavf omili hisoblanadi. Shuningdek, koʻkrak bezi saratonining yana 18 dan ortiq boshqa kichik turlari mavjud. Masalan, in situ duktal karsinoma, preinvaziv lezyonlarda rivojlanadi. Koʻkrak bezi saratoni tashxisi tegishli toʻqimalardan biopsiya olish bilan tasdiqlanadi. Tashxis qoʻyilgach, saraton koʻkrakdan tashqariga tarqaldimi yoki yoʻqligini aniqlash uchun qoʻshimcha testlar oʻtkaziladi va qaysi davolash usullari samaraliroq boʻlishi aniqlanadi. Bemorga mastektomiya (qisman yoki ikki tomonlama), lumpektomiya yoki hatto rekonstruksiya qilinganida, shifo jarayoni o‘ziga xos qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Jarrohlikdan so‘ng bemorlar reabilitatsiya xonasiga ko‘chiriladi, u erda hayotiy jarayonlar tibbiy guruh tomonidan nazorat qilinadi. Har kimning tajribasi har xil, ammo kasalxonada qolish o‘rtacha 1-3 kun. Agar mastektomiya va rekonstruksiyani bir vaqtning o‘zida tanlasa, bemorlar uzoqroq qolishlarini kutishlari mumkin. Ko‘krak bezi saratoni - ayollar kasalligi bo‘lib, aksariyat hollarda bu kasallik kech aniqlanadi, chunki uning belgilariga yetarlicha ahamiyat berilmaydi, aynan shunisi bilan ham u xavfli hisoblanadi. Kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan yaxshi. Quydagi belgilar ushbu kasallikda kuzatiladi: 1. Ajralmalar. Agar ko‘krak uchida og‘riq his qilsangiz, undan ajralmalar chiqayotganini ko‘rsangiz (ko‘krak sutidan tashqari), bu ko‘krak bezi saratonining belgilari bo‘lishi mumkin. Выпуск журнала №-18 Часть–8_ Январь –2025 196 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2. Teri tarkibining o‘zgarishi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, saratonning bu turiga yo‘liqqan ayollarning ko‘krak sohasidagi terisi apelsin po‘stlog‘iga o‘xshab ketadi. 3. Doimiy og‘riq. Og‘riqni qoldiruvchi va antibiotik dori vositalari ta’sir qilmagan ko‘krak sohasidagi og‘riqqa e’tiborli bo‘ling. 4. Yo‘tal va nafas olishning qiyinlashuvi. Ko‘krak bezi saratonining belgilaridan biri shamollash yoki gripp bilan bog‘liq bo‘lmagan tushunarsiz va sababsiz yo‘tal xurujlari. 5. Ko‘krakning qichishi Ko‘krakning qichishiga bir necha omil sabab bo‘lishi mumkin: - sut bezlarining o‘sishi (jismoniy yetilish davrida); - limfalar sirkulyatsiyasi yomonlashuvi va suyuqlikning qotib qolishi; - tana o‘simta uchun yangi qon tomirlari hosil qilishga urinishi. 6. Yelkaning pastki sohasidagi og‘riqlar Agar yelkangizning atrofidagi soha sababsiz ko‘p bezovta qilsa va og‘riq chekinmasa, bunga jiddiy e’tibor qarating. Axir o‘simta to‘qimalarining cho‘zilishi og‘riqni paydo qilishi mumkin. Bu belgi yana shunisi bilan yomonki, kasallikning avj olishi natijasida metastazlar suyaklarga ziyon yetkazishi mumkin. Davolashning zamonaviy usullari jarrohlik, radiatsiya va kimyoterapiya usullarining eng maqbul kombinatsiyasidan, ya’ni kompleks yondashuvdan foydalanadi. Terapiyada mutaxassislar har bir bemorga individual yondashishlari k

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mastoektomiya (sut bezi o‘simtasini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash) jarayoni o‘tkazilgan bemorlarni parvarish qilishning asosiy tamoyillari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mastoektomiya (sut bezi o‘simtasini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash) jarayoni o‘tkazilgan bemorlarni parvarish qilishning asosiy tamoyillari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bemor parvarishi, psixologik yordam, jarrohlik asoratlari., reabilitatsiya, sut bezi o‘simtasi, Mastoektomiya, jarrohlikdan keyingi davr
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники