К содержанию
РецензированоUZ2025

AYOLLAR O'ZBEKCHA MILLIY KO'YLAGINI MODELLASHTIRISH

Qurbonova Nargizaxon Murodovna · Xatamqulova Shohistaxon Inomovna · Yoʻldashmatova Solihaxon Ikromjon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Kiyim orqali har qanday insonning qaysi millat yoki elatga mansubligini, qanday geografik va iqlimiy sharoitda yashashini, turmush tarzi, yashab turgan jamiyatining fan-texnika taraqqiyotini, madaniyatini aniqlashimiz mumkin. Ushbu maqolada ayollar o‘zbekcha milliy ko‘ylagini modellashtirish va u bilan bog‘liq jarayonlar haqida malumot berilgan. Kalit so‘zlar: ko‘ylak, model, kiyim, gazlama, bezak, talab, gavda, koketka, yeng, yoqa, bichim, mavsum, an’ana. Kiyim inson tanasini atrof muhitning turli xil nomaqbul ta’sirlaridan, ya’ni issiq, sovuq, nam, chang va boshqa ta’sirlardan asraydigan o‘simlik, hayvonot hamda sun’iy gazlamalardan tayyorlanadigan, shuningdek, bezak vazifasini o‘taydigan narsaga aytiladi. Har qanday kiyim estetik - gigiyenik, texnik talablarga javob berishi, odamni dam olishida, mehnat qilishida, sport bilan shug‘ullanishida qulay bo‘lishi kerak. Kiyim nimaga mo’ljallanganidan qat’iy nazar odamga yarashadigan bo‘lishi kerak. Kiyimlar yashalayotgan hududning geografik joylashuvidan, iqlim sharoitidan, an’ana va urf-odatlaridan kelib chiqqan holda rivoj topib kelmoqda. Bizning boy tariximizni ifodalaydigan, iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘z ko‘rinishiga ega bo‘lgan kiyimimiz bu ayollar o‘zbekcha milliy ko‘ylagidir. An’anaviy milliy ko‘ylak gavda qismi to‘g‘ri bichimli, koketka chizig‘i bo‘ylab burmali bo‘ladi. Koketka asosan ko‘ylakning gavda qismiga ulanadigan chizig‘i bo‘ylab dumaloq bo‘ladi. Old tomonda koketka bo‘laklari bir-birining ustiga o‘tib turadi. An’anaviy milliy ko‘ylak gavda qismi to‘g‘ri siluetli, koketka chizig‘i bo‘ylab Выпуск журнала №-18 Часть–7_ Январь –2025 256 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT burmali bo‘ladi. Klassik o‘zbekcha ko‘ylak koketkasi asosan ko‘ylakning gavda qismiga ulanadigan chizig‘i bo‘ylab oval shaklida bo‘ladi. Old tomonda koketka yaxlit yoki bo‘rtli bo‘lib, bo‘laklari bir-birining ustiga o‘tib turadi. Yoqasi qirqma shaklda yoki yoqasiz bo‘lishi ham mumkin. Yoqa o‘mizining o‘yig‘i to‘rtburchak, uzaytirilgan, dumaloq oval va h.k. shaklida bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda ayollarning milliy o‘zbekcha ko‘ylagida ma’lum o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Ko‘ylak gavda qismining silueti, hajmi va uzunligi qisqarmoqda. Koketka, yoqa, yenglarning katta-kichikligi va shakliga ko‘pgina omillar, shu jumladan moda ta’sir etmoqda. Lekin milliy ko‘ylak ko‘p zamon sinovlaridan o‘tgan bo‘lsada, xali hanuzgacha ayollar garderobida alohida o‘rniga ega. Kiyimni tikishdan oldin uni loyihalash kerak. Kiyimni loyihalashda esa gavdadan aniq olingan o‘lchovlar ishlatiladi. Buning uchun santimetrli lenta olib, kiyim tikmoqchi bo‘lgan kishi gavdasini o‘lchash kerak. Bu ishni bajarayotganda odam tovonlarini juftlab, ikkala oyog‘ida, gavdani tabiiy holatda bo‘sh qo‘yib, qo‘llarini tushirib tinch turish kerak. O‘lchovlar aniq o‘lchansagina gavdaga moslab kiyim tikilishi mumkin, aks holda kiyim gavdaga yopishib turmaydi va ko'plab nuqsonlar kelib chiqish mumkin. Eng asosiy bosqich bu loyihalash jarayonida gavdadan o‘lchov olish jarayonidir. Loyihachi faoliyatining eng qiyin va ma’suliyatli bosqichilari kiyim detallarining chizmasi yoyilmasini chizishdan iborat. Bu ishning murakkabligi shundaki, faqat ta’rifi, eskizi yoki namunasigina berilgan, lekin o‘zi yo‘q kiyimning chizmasini — detallari yoyilmasini chizishga to‘g‘ri keladi. Buning ustiga, kiyimning sirti murakkab, yoyib bo‘lmaydigan sirt hisoblanadi. Shunga ko‘ra uning yoyilmasi va hisobi, ya’ni uni chizish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlani hisoblab chiqarish va chizmani chizish ancha qiyin. Kiyim gavda yuzasining shaklini to‘la takrorlamaydi va gavdaning u yoki bu joylariga turlicha yopishib turadi. Ma’lumki, ko‘krak qismida, belda, bo‘ksada kiyimning gavdaga qay darajada yopishib turishi, kiyim bichimini (siluetni) belgilaydi. Kiyim bichimi yelka kengligi va balandligi, modelning etak kengligi bilan ham xarakterlanadi. Kiyim qay darajada gavdaga yopishib turishiga qaramay, uning ichki o‘lchamlari odam gavdasining Выпуск журнала №-18 Часть–7_ Январь –2025 257 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o‘lchamlaridan katta bo‘ladi. Shuning uchun kiyim loyihasi asosining chizmasini tuzish uchun gavda o‘lchamlarining o‘zi yetarli bo'lmaydi. Kiyim ichki o‘lchamlarining gavda o‘lchamlaridan farqini ham hisobga olish zarur. Ayollar milliy ko‘ylagi gavdada erkin turishi, bichish va tikilish texnologiyasining soddaligi bilan boshqa ko‘ylaklardan ajralib turadi. Bu model mavsumbop bo‘lib, har mavsumda faslga qarab turli xil gazlamalardan tikib kiyiladi. Ushbu model o‘zining qulayligi, inson gavdasida erkin turishi, gigiyenik talablarga javob berishi va har qanday yoshdagi xotin-qizlarga yarashib turishi bilan boshqa kiyimlardan ajralib turadi. Ko‘ylakni yozgi mavsumlarda paxta, ipak, lavsan tolali, havo o‘tkazuvchanligi bor gigiyenik talabga javob bera oladigan har xil turdagi gazlamalardan tikish mumkin. Qishki mavsumlarda issiq tutuvchi gazlamalardan (sherst, jerst, vilyur va paxmoq gazlamalardan) yengi uzun, yoqali qilib tikilishi mumkin.

Доказательный фрагмент

«Kiyim orqali har qanday insonning qaysi millat yoki elatga mansubligini, qanday geografik va iqlimiy sharoitda yashashini, turmush tarzi, yashab turgan jamiyatining fan-texnika taraqqiyotini, madaniyatini aniqlashimiz…»

Образец извлечения

Демо-превью

Kiyim orqali har qanday insonning qaysi millat yoki elatga mansubligini, qanday geografik va iqlimiy sharoitda yashashini, turmush tarzi, yashab turgan jamiyatining fan-texnika taraqqiyotini, madaniyatini aniqlashimiz… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
talab, gazlama, yoqa, koketka, mavsum, ko‘ylak, kiyim, yeng, an’ana., bichim, gavda, bezak, model
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники