К содержанию
РецензированоUZ2025

YER OSTI SUVLARINING AVTOMOBIL YO’LLARIGA TA’SIRI

G‘ulomov Dilmuhammad

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article discusses the general concepts of groundwater formation, chemical properties and aggressiveness, and the impact of groundwater on the roadway. Keywords: infiltration theory, juvenile waters, sedimentation theory, cation, anion, aggressiveness, geotextile, carbonate aggressiveness, magnesium aggressiveness, oxygen aggressiveness, sulfate aggressiveness Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so’ng juda ko’p o’zgarishlar bo’lib kelmoqda, iml-fan sohasida deysizmi, qurilish sohasida deysizmi juda katta o’zgarishlar bo’lib kelmoqda. Tadbirkorlarga berilayotkan imkoniyatlarni ko’rib bahri-dilingiz ochiladi. Odamlarni uzog’ini yaqin qilish uchun yangi yo’llar qurilib, Выпуск журнала №-18 Часть–7_ Январь –2025 17 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT eskilari tamirlanmoqda. Bu yo’llar bizga uzoq muddat xizmat qilishi uchun uning buzilishiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganishimiz kerak. Nafaqat avtomobil yo’llari, balki, har qanday muhandis inshootlarini qurishdan oldin joyning muhandis-geologik sharoitini. gidrogeologik sharoitini, yerning tarkibini o’rganib, so’ngra muhandis inshootlarni barpo etishimiz kerak. Avtomobil yo’llarini qurishda yer osti suvlarini o’rganish biz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Yer ustki yuzasidan pastda joylashgan har qanday suvlar yer osti suvlari deyiladi. Yer yuziga qor va yomg'ir sifatida tushgan suvning hammasi ham ko'z o'ngimizda yuvish va yotqizish ishlarini bajaravermaydi. Qisqa vaqt ichida yoqqan yomg'irning ma'lum miqdori yerga singib ketadi. Yer usti suvlarining yer bag'riga singishi infiltratsiya nazariyasi deb ataladi. Sahrolardagi yer osti suvlari havoda hamma vaqt bo'ladigan bug' holidagi namning kondensatsiyalanishi suvga aylanish natijasidir. Havo o'z haroratiga qarab faqat ma'lum miqdorgacha namliknigina o'zida ushlab tura olishi mumkin. Natijada huddi shu ortiqcha namlik shudring holida yer yuziga tushadi. Ertalab, kun chiqishidan oldin butun yer yuzi nam bilan qoplangan bo'ladi va barcha o'simliklarda shudring tomchilarini ko'rish mumkin. Kun isishi bilan bu namlik bug'lanib ketadi, lekin uning bir qismi tuproqqa singib ketishga ulguradi. Shunday qilib, bu yerda yer osti suvi havodagi bug' holida bo'lgan namlik hisobiga paydo bo'ladi. Yer osti suvlari hosil bo'lishining yana bir uchinchi yo'li bu vulqon otilgan vaqtda juda ko'p miqdorda suv bug'lari ajralib chiqishi kuzatilgan. Yerning ichki qismida har xil gaz va erigan holdagi moddalardan tashqari suv bug'lari ham mavjud. Suv bug'lari tarkibida gazlar bo'lib, o'z yo'lida mineral jismlarni eritadi va yuqoriga qarab harakatlanadi. Bu yerda ular bir muncha sovuq joyga tushib qolib, harorati pasayadi va suv bug'lari hali ham yuqori haroratga ega bo'lgan va gazlarga to'yingan suvga aylanadi. Bu suvlar yuvenil suvlar deyiladi. Yer osti suvlarining paydo bo'lishidagi yana bir nazariya bu sedimentatsion nazariyadir. Bu nazariyaga asosan yer osti suvlari cho'kindi tog' jinslarining zichlanishi davomida ulardan suvning siqilib chiqishi natijasida paydo bo'ladi. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi vujudga kelishi uning dastlabki tomchilari paydo bo‘lishi davridan boshlanib, keyingi tog‘ jinslari g‘ovaklari, qatlamlari, yoriqlari bo‘ylab harakat qilishi jarayoni bilan bog‘liq holda shakllanadi. Выпуск журнала №-18 Часть–7_ Январь –2025 18 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Yer osti suvlarining ana shu harakat qilish jarayonida uning tarkibini tashkil etuvchi eng asosiy kimyoviy elementlar: Cl, S, C, Si, N, O, H, K, Na, Ca, Fe, Al va oz miqdorda mikrokomponentlar: Zn, Su, Pb, As, Mo, U va boshqalar hosil bo’ladi. Yer osti suvlarida Mendelev jadvalidagi hamma elementlarni uchratish mumkin. (Tuzlar, oksidlar oz yoki ko’p miqdorda) Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibidagi asosiy moddalar quydagilar bo’lib, ular makroelementlar deyiladi va ular quydagilardir: Anionlar : HCO3 , SO4 , Cl Kationlar : Ca , Mg , Na+K Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibini aniqlash dala va statsionarlaboratoriya sharoitlarida amalga oshiriladi. Buning uchun maxsus usullar va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Dala sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer osti suvlarini nitrit (NO2 - ), nitrat (NO3 - ), ammoniy (NH4 + ), gidrokarbonat (HCO3 + ), xlor (Cl-), sulfat (SO4 2- ), kalsiy (Ca2+), magniy (Mg2+), natriy (Na), kaliy (K) ionlari, temir oksidlari (Fe2+, Fe3+),vodorod sulfid (H2S), vodorod ionlarining konsentratsiyasi (pH), erkin karbonat kislotasi, qattiqligi, qattiq qoldiq va boshqalar aniqlanadi. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibini bilish, ularni betonga va inshootning boshqa qismlariga nisbatan agressivligini aniqlash uchun zarurdir. Yer osti suvlari tarkibida juda ko’p erigan tuzlar, gazlar va organik birikmalar uchraydi. Ularning suv tarkibida ko’p yoki ozligi va turlari yer osti suvining qaysi tog’ jinslaridan oqib o’tayotganligiga bog’liqdir. Iqlim va yer usti suvlari yer osti suvlarining kimyoviy tarkibini o’zgartirishda ishtirok etadi. Qurilish ishlari uchun eng qulay suv reaksiyasi ya’ni PH=7 ga yaqin, qattiq bo’lmagan, erkin karbona

Доказательный фрагмент

«This article discusses the general concepts of groundwater formation, chemical properties and aggressiveness, and the impact of groundwater on the roadway.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the general concepts of groundwater formation, chemical properties and aggressiveness, and the impact of groundwater on the roadway. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
infiltration theory, juvenile waters, sedimentation theory, cation, катион, анион, ювенильные воды, infiltratsiya nazariyasi, kation, agrssivlik, yuvenil suvlar, geotekstil, sulfatli agressivlik., сульфатная агрессивность., magnesium aggressiveness, magniyli agressivlik, anion, агрессивность, карбонатная агрессивность, теория инфильтрации, магниевая агрессивность, carbonate aggressiveness, kislorodli agressivlik, geotextile, геотекстиль, sulfate aggressiveness, karbonatli agressivlik, теория седиментации, aggressiveness, sedimentatsion nazariya, oxygen aggressiveness, кислородная агрессивность
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники