К содержанию
РецензированоUZ2025

JADIDLAR JASRATI – MILLATIMIZ FAXRI

Quqonboyeva Moxlaroyim Elmurodjon qizi · Sh. M. Mirziyoyev

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Yurtimiz tarixida jadidchilik harakati va namoyandalari muhim o’rin tutadi. Ma’rifatparvar jadid bobolarimiz yurt ravnaqi va xalq kamoloti yo’lida butun umrlarini fido qilib, shu yo’lda jon berdilar. Ularning shaxsini, asarlarini hamda amalga oshirgan ishlarini o’rganish va keying avlodga yetkazish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shuningdek, har bir insonda ularga nisbatan hurmat va faxr tuyg’ularini uyg’otish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola jadidlar faoliyati va merosi muhokama qilinadi. Kalit so’zlar: jadid, jadidchilik, ma’rifat, teatr, jurnal, davlat, handasa, riyoziyot, yo’lchi yulduz. Ularning ulug’ maqsadlar yo’lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O’zbekistonni qurishda ibrat maktabi bilib xizmat qilishi zarur. Sh. M. Mirziyoyev XIX asr oxiri va XX asrning eng muhim voqeasi O’rta Osiyo uchun, shubhasiz, jadidchilik harakatining vujudga kelishi bo’ldi. Ma’rifatparvarlar bir vulqon misoli yurtni larzaga keltirishdi. Ularning maqsadini jadid bobomiz Abdurauf Fitratning quyidagi misralari bilan izohlasak bo’ladi: Turma – yugur, tinma – tirish, bukilma – yuksal… Darhaqiqat, ma’rifatparvar jadid bobolarimiz qoloq sharoit va uslublarda qotib qolgan yoshlarimizni jhillikdan qochib, ilm tomon yugurihga; yangi islohotlarsiz tinib qolgan davlatimizni tirishib, davlatchilikni mustahkamlashga hamda qullik azobidan o’zligini ham unutayozgan xalqimizni bukilmasdan, qaddini yuksaltirib, hurriyat tomon borishga hayotlarining oxirigacha undadilar. Mana shunday qat’iy shior bilan, qat’iyat bilan yangi davlatchilik usullarini ishlab chiqishga, mustaqillik sari ildam qadam tashlashga va, ayniqsa, xalqni ilmsizlik botqog’idan olib chiqib, ma’naviy ozuqa berishga kirishdilar. Выпуск журнала №-18 Часть–7_ Январь –2025 3 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ismoil G’aspirali boshlab bergan muborak harakat Turkistonga ham keng yoyildi. “Jadidlar otasi” deya ta’riflangan Mahmudxo’ja Behbudiy boshchiligida bir qator ishlar amalga oshirildi. Avvalo, yangi usuldagi maktablar ochish jadal yo’lga qo’yildi. Ular o’z mablag’laridan kutubxona, maktablar qurishi; o’quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashi haqiqiy fidoyilik edi. O’sha paytdagi tahlikali zamonda xalqni mustaqillik sari da’vat qildilar. Bu g’oyalarini yuraklarga kirib boruvchi nutqlar, kitoblar yordamida amalga oshirishdi. Bundan tashqari, xalqning qalbiga yanada kirib boorish uchun teatrdan ham foydalanishdi. Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy kabi jonkuyar bobolarimiz teatr teatr uchun pyesalar yozishdi. Nimaiki qilib bo’lsa-da, xalqni uyg’otishga, ularni qullik kishanlaridan ozod qilishga, yurtimizni rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shish uchun astoydil harakat qilishdi. Maktablarda diniy fanlardan tashqari handasa, riyoziyot kabi dunyoviy fanlar ham o’qitildi. Zero, limning diniy yoki dunyoviysi bo’lmaydi. Bu yo’lda jonlarini ham, mollarini ham ayamailar. Yo’qsa, o’sha paytda jadidlarning eng kattasi – Mahmudxo’ja Behbudiy 36 yoshda, eng kichigi Cho’lpon esa 14 yoshda edi. Alisher Navoiy bobomizning purma’no misralari shu on xayolimni band qiladi: Odami ersang, demagil odami Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami. Jadid bobolarimiz bari Vatani, xalqi g’amida o’zlarini fido qilib, insoniylikka chinakam haykal qo’yib ketdilar. Ma’rifatparvar jadid bobolarimizning ziyosi ularning asarlariga ham ko’chdi va har bir uyga kirib borib, bu ziyo qalblarni yoritdi. Bu yo’lda yoniq qalblargina qadam tashlay olar edi. Jumladan, Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi ilmsizlik insonni qay holga solishini ayanchli tarzda ko’rsatib berdi. Yoki Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” asarida o’sha paytdagi jamiyatning qay ahvolga kelib qolgani, davlatdagi o’yinlar-u nohaqliklar mahorat bilan ochib berilgan edi. Shuningdek, ziyo tarqatishning yana bir usuli – gazeta, jurnallar chop etishda ham jadid boblarimiz ildamlikni qo’ldan berishmadi. Ularga maqolalar yozib, jamiyatni har tomonlama isloh qilishdi. Ajablanarlisi, o’sha paytda yozilgan asarlar hali hamon dolzarb va muhimdir. Ularning asarlari har yili yangidan nashr qilinmoqda, Выпуск журнала №-18 Часть–7_ Январь –2025 4 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT maqolalari gazeta va jurnallarning yuqori o’rinlarini egallab kelmoqda. Negaki, ularni har o’qiganingizda yangidan ma’nolarni kashf etasiz. Undagi da’vatlar, chaqiriqlar har on hozirgi davr yoshlarini ham Vatanni asrashga, unga sidqidildan xizmat qilishga, ilm olishdan to’xtamaslikka undab turadi. Abdulla Avloniyning hikmatga to’la “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bo’ladi-mi yoki Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon” dramasi-yu Cho’lponning “Kecha va kunduz” romani va yorqin she’rlari bo’ladi-mi – ularning bari o’zbek xalqining o’lmas, zamonlar osha yashab qoluvchi ma’naviy merosidir. Dunyo shunday: yaxshilik bor joyda, albatta, yomonlik ham o’z soyasini solib turadi. Ma’rifatparvar bobolarimizning harakatlari, amalga oshirayotgan ishlari mustabid hukumatga xush kelmadi va ularni yo’qotishdi. Biroq, ular shunday ketishmadi. Qalblaridagi olovni, jasoratni o’zlar

Доказательный фрагмент

«Yurtimiz tarixida jadidchilik harakati va namoyandalari muhim o’rin tutadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Yurtimiz tarixida jadidchilik harakati va namoyandalari muhim o’rin tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
teatr, handasa, jadidchilik, davlat, yo’lchi yulduz., jurnal, jadid, ma’rifat, riyoziyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники