К содержанию
РецензированоUZ1958

AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI (AKT)

Yo`ldashev Ikromjon Israiljon o`g`li · Yo`ldasheva Ma`muraxon Qurvonali qizi

Современное образование и развитие · 1958

Аннотация

Ushbu maqolada Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tarxi va kelajakdagi rivojlanishi hamda O`zbek tilida AKT terminlari va ularni takomillashtirish haqida ma`lumotlar keltirib o`tilgan. Kalit so`zlar: Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, manipulyatsiya, prodsedura, server, interfaol, proektor, termin. Axborot texnologiyalari (inglizcha: Information Technology(IT)) – bu kompyuter tizimlari, dasturiy taʼminot, dasturlash tillari, maʼlumotlar, maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlashni oʻz ichiga olgan tegishli sohalar toʻplami. Axborot texnologiyalari (AT) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning bir qismini tashkil qiladi. AT tizimi – odatda, axborot tizimi, aloqa tizimi yoki aniqrogʻi, kompyuter tizimi, jumladan, barcha apparat, dasturiy taʼminot va periferik jihozlar – cheklangan AT foydalanuvchilari guruhi va AT loyihasi tomonidan boshqariladigan tizim va odatda AT tizimini ishga tushirish va joriy etishni nazarda tutadi. Garchi odamlar eng qadimgi yozuv tizimlari yaratilganidan beri maʼlumotlarni saqlash, olish, manipulyatsiya qilish va muloqot qilish bilan shugʻullangan boʻlsalar-da, zamonaviy maʼnoda axborot texnologiyasi atamasi birinchi marta 1958-yilda Garvard Business Review jurnalida chop etilgan maqolada paydo boʻlgan; mualliflar Garold J. Leavitt va Tomas L. Uisler „yangi texnologiyaning hali bitta aniq nomi yoʻq. Biz uni axborot texnologiyalari (AT) deb ataymiz“, deb sharhladilar. Ularning taʼrifi uchta toifadan iborat: ishlov berish Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 345 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT texnikasi, qaror qabul qilishda statistik va matematik usullarni qoʻllash va kompyuter dasturlari orqali yuqori darajadagi fikrlashni simulyatsiya qilish. AT atamasi odatda, kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining sinonimi sifatida ishlatiladi, lekin u televizor va telefon kabi boshqa axborot tarqatish texnologiyalarini ham qamrab oladi. Iqtisodiyot doirasidagi bir qancha mahsulot yoki xizmatlar axborot texnologiyalari, jumladan, kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot, elektronika, yarimoʻtkazgichlar, internet, telekommunikatsiya uskunalari va elektron tijorat bilan bogʻliq. Amaldagi saqlash va qayta ishlash texnologiyalariga asoslanib, AT rivojlanishining toʻrtta fazasini ajratish mumkin: mexanikgacha (miloddan avvalgi 3000-yildan miloddan avvalgi 1450-yilgacha), mexanik (milodiy 1450-yildan milodiy 1840-yilgacha), elektromexanik (milodiy 1840-yildan milodiy 1940- yilgacha) va elektron (1940-yildan hozirgi kungacha). Axborot texnologiyalari, shuningdek, informatikaning bir tarmogʻi boʻlib, uni protsedura, tuzilma va har xil turdagi maʼlumotlarni qayta ishlashni umumiy oʻrganish sifatida aniqlash mumkin. Ushbu soha butun dunyo boʻylab rivojlanishda davom etar ekan, uning umumiy ustuvorligi va ahamiyati ham oshib bordi. HOZIRGI O`ZBEK TILIDA AKT TERMINLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH. Hozirgi kunda o`zbek tili leksikasining tez va o`zgaruvchan va faol qatlamini AKT terminologiyasi sohasiga doir leksik birliklar tashkil etadi. AKT sohasidagi terminlarni kompyuter va kompyuterlar sinfisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ular bilan tanishib chiqamiz. Server kompyuteri kompyuter tarmog`ida asosiy axborotlar bazasini saqlovchi maxsus ajratilgan kompyuter. Super kompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan kompyuterlardir. Ular oddiy shaxsiy kompyuterlarga nisbatan bir necha yuz barobar tez ishlaydi va maxsus amallarni bajaradi. Shaxsiy kompyuterlar (ShK) hammabop va qo`llashda turli xil talablarni qondiruchi, bir kishi foydalanadigan kompyuterlardir. Shaxsiy kompyuterlarga kundalik ishlarimizda qo`llaydigan, uyda, ish joylarida joylashgan kompyuterlar, masalan, Pentium tipidagi kompyuterlar kiradi. Pоrtаtiv kompyuterlar yo`lda olib yurishga mo`ljallangan Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 346 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ko`chma shaxsiy kompyuterlardir. Pоrtаtiv kompyuterlarga Lap Top, Note Book, Palm Top, Elеktrоn kоtiblаr (PDA), organizer kabi kompyuterlarni kiritishimiz mumkin. Kompyuter-blоknоtlаr stоldа fоydаlаnilаdigаn ShKlаrning bаrchа vаzifаlаrini bаjаrаdi. Ulаr unchа kаttа bo`lmаgаn kitоb hаjmidаgi chеmоdаnchа ko`rinishidа tаyyorlаnаdi. Cho`ntаk kompyuterlаri (Palm Top, bu «kаftdаgi» dеgаn ma’nоni bildirаdi) 300 grаmm оg`irlikkа egа. Ulаr to`lаqоnli shаxsiy kompyuterlаr bo`lib, mikrоprоtsеssоr, оpеrаtiv vа dоimiy xоtirа, оdаtdа mоnоxrоm suyuq kristаlli displеy, ixchаm klаviаturа, ko`chmаs ShKgа аxbоrоt аlmаshuv mаqsаdlаridа ulаnish uchun pоrt bo`limlаrigа egа. Elеktrоn yozuv dаftаrchаlаri (organizer – оrgаnаyzеrlаr) ixchаm kompyuterlаrning «eng yеngil sinfi»gа kirаdi (bu sinfgа ulаrdаn tаshqаri kаlkulyatоrlаr, elеktrоn tаrjimоnlаr vа bоshqаlаr kirаdi); ulаrning оg`irligi 200 grаmmdаn оshmаydi. Kompyuter va mobil qurilmalar bilan birgalikda, ta’lim jarayonida zamonaviy (interfaol) o`qitish tehnik vositalari keng qo`llanib kelmoqda. Interfaol vositalar yordamida, yangi mavzuni o`rganishda, talabalar bi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tarxi va kelajakdagi rivojlanishi hamda O`zbek tilida AKT terminlari va ularni takomillashtirish haqida ma`lumotlar keltirib o`tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tarxi va kelajakdagi rivojlanishi hamda O`zbek tilida AKT terminlari va ularni takomillashtirish haqida ma`lumotlar keltirib o`tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
manipulyatsiya, proektor, interfaol, prodsedura, server, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, termin.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники