К содержанию
РецензированоRU2025

MEDICAL PLANT – ALTHAE OFFICINALIS

Usmоnоvа Gulshоd Ibrоhimоvnа · Adizov Rahimkulkhan Azimovich · Toymurad Ravshanov Khamrokul

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В статье приведены ценные сведения о систематике, ботанической классификации, географическом распространении и выращивании алтей лекарственной. Также научно обоснованы мнения о его химическом составе, специфических лечебных свойствах и применении в народной медицине. Изучен рост лекарственного подсолнечника в различных экологических средах, то есть на свету или в тени, влияние температуры, влажности, ветра и плодородия почвы на его рост. Ключевые слова: ланцетник, аспарагин, уроновая кислота, экстракт, алтей, бетаин, филогенетический. DORIVOR GULXAYRI – ALTHAE OFFICINALIS Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 278 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Annotatsiya: Maqolada Dorivor gulxayri – Althae officinalis o‘simligining sistematikasi, botanik tasnifi, geografik tarqalishi, o‘stirilishi haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, kimyoviy tarkibi, o‘ziga xos dorivorlik xususiyatlari va xalq tabobatida ishlatilishi haqidagi fikrlar ilmiy asoslab berilgan. Dorivor gulxayrining turli ekologik muhitlarda ya’ni, yorug‘likda yoki soyada o‘sishi, uning o‘sishiga harorat, namlik, shamol ta’siri va tuproq unumdorligining ta’siri o‘rganildi. Kalit so‘zlar: lansetsimon, asparagin, uron kislotalar, ekstrakt, zefir, betain, filogenetik KIRISH: Ma’lumki, hozirgi vaqtda tibbiyotda qо‘llaniladigan dori-darmon vositalarining 60 % dan kо‘proq qismi dorivor о‘simliklardan tayyorlanadi. Jahonda dorivor о‘simliklarning tibbiyotda va xalq tabobatida ishlatilishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni tо‘plash, tahlil etib tartibga solish, yangidan yangi biologik faol moddalarni kashf etish, ta’sir quvvati kuchli bо‘lgan, inson organizmiga salbiy ta’sir kо‘rsatmaydigan dori-darmonlar ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yish hamda ulardan foydalanish zamon talabidir. Dorivor о‘simliklarni qidirib topish va о‘rganish ishi hozir ham keng kо‘lamda olib borilmoqda. Yangi dorivor о‘simliklarni topishda xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor mahsulotlarni о‘rganish, о‘simliklarni filogenetik qardoshligidan foydalanish bilan bir qatorda ma’lum tuman florasini yalpi kimyoviy analiz qilish katta ahamiyatga ega. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati korxonalarning dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabini, asosan, dorivor o‘simliklar o‘stirish orqaligina qondirish mumkin. Jumladan, mamlakatimizda ham dorivor o‘simliklarni o‘rganish borasida bir necha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shular qatorida Dorivor gulxayri – Althae officinalis ham juda katta ahamiyatga ega. Dorivor o‘simlik - Althae officinalisni o‘stirishda abiotik omillarning ta’siri o‘rganib chiqildi va dorivorlik xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot metodi va metodologiyasi (Research method and methodology) Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 279 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Althaea officinalis, odatda botqoq gulxayrisi deb ataladi, Yevropa va Shimoliy Afrikadagi ariqlar, soy bo‘ylari, sho‘r botqoq yerlar, botqoq chetlari va boshqa nam hududlarda yashaydigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Althaea officinalis, dorivor o’simlik bo’lib, — Yevropa, G‘arbiy Osiyo va Shimoliy Afrikaga xos bo‘lgan gulli o‘simlik turidir. O‘simlikshunoslikda va manzarali o‘simlik sifatida ham shlatiladi. Qadimgi Misr davridan beri ildizidan tayyorlangan qandolat bugungi zefir taomiga aylangan. Jumladan, O‘zbekistonda O‘.Pratov, Shamsullayeva, E.Sulaymonovlarning adabiyotlarida gulxayri (Althaea) gulxayridoshlarga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar turkumiga kirishi, Yevropa va Osiyoning o‘rta mintaqalarida 12 ta turi o‘sishi, O‘zbekistonda gulxayrining 7 ta yovvoyi turi borligi haqida ma’lumotlar bergan. O‘simlik sistematikasi: O‘simliklar dunyosi-Flora-Plantae Bo‘lim-Angiospermae (yopiq urug‘lilar) Sinf-Dicotyledones (ikki urug‘pallalilar) Oila-Malvaceae Turkum-Althaea Tur - Althaea officinales Gulxayri - gulxayridoshlarga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar turkumi. Yevropa va Osiyoning o‘rta mintaqalarida 12 ta turi o‘sadi. O‘zbekistonda gulxayrining bitta ekma va 7 ta yovvoyi turi bor. Gulxayridoshlar to‘qaylarda sug‘oriladigan yerlarda o‘sadi. Gullari to‘g‘ri 5 bo‘lakli ikki jinsli. Gulxayrining guli, dorivor manzarali o‘simlik, undan bo‘yoq ham olinadi. Dorivor gulxayri dasht zonalarida hamda O‘rta Osiyo va Kavkazning ayrim hududlarida tarqalgan. Daryo va ko‘llar sohilidagi to‘qaylarda sernam yerlarda o‘sadi. Dorivor gulxayri Gulxayri turkumiga oid bo‘yi 70-150 sm keladigan ko‘p yillik o‘t. Ildizidan tayyorlangan damlama ilmiy tabobatda yo‘talga qarshi ishlatiladi. Poya, shox va bargi sertuk bo‘lganidan kulrang-yashil tusda ko‘rinadi. Gullari barg qo‘ltig‘iga, poya va shoxlar uchiga joylashgan. Gulkosachasi ikki qavatli. Pastki kosacha 8-12 bo‘lakka ajralgan, ustki kosachasi esa besh bo‘lakli. Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 280 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Kosacha barglari meva bilan qoladi. Tojbargi 5 ta bo‘lib, pushti rangda, otaligi (changchi) ko‘p sonli. Ular ipi bilan bi

Доказательный фрагмент

«В статье приведены ценные сведения о систематике, ботанической классификации, географическом распространении и выращивании алтей лекарственной.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье приведены ценные сведения о систематике, ботанической классификации, географическом распространении и выращивании алтей лекарственной. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lanceolate, asparagine, uronic acid, extract, marshmallow, asparagin, экстракт, lansetsimon, betain, уроновая кислота, uron kislotalar, аспарагин, filogenetik, бетаин, ланцетник, филогенетический., ekstrakt, алтей, zefir, phylogenetic, betaine
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники