Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO‘RISH RETSEPSIYASI MISOLIDA BIOFIZIK JARAYONLAR RETSEPSIYASI
JARAYONLAR RETSEPSIYASI · Ahrorov Ma’ruf Nasimjonovich · O’ktamov Ramziddin Sherzod o’g’i
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ko‘z funksional buzilish va kasallanish qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan boshqa kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir. Sog‘lom katta odamda jism ko‘zga 25 sm masofagacha yaqinlashgan vaqtda akkomodatsiya kuchlanishsiz ro‘y beradi va qo‘ldagi buyumlarni ko‘rishga o‘rganilib qolganligi sababli ko‘z hammadan ko‘p, ayniqsa shu masofaga akkomodatsiyalanadi, shuning uchun bu masofaga eng yaxshi ko‘rish masofasi deyiladi. Kalit so’zlar: Ko’z, shox parda, optik sistema, nur, nur sindirish, to’r parda, ko’r dog’i, retseptorlar, astigmatism, linza, shaffof. Odam ko‘zi o‘ziga xos optik asbob bo‘lib, u optikada alohida o‘rin tutadi. Bu, birinchidan, ko‘p optik asboblarning ko‘z sezishiga mo‘ljallangani, ikkinchidan, odamning (va hayvonning) ko‘zi evalyusiya jarayonida taqsimlashgan biologik sistema sifatida, bionika doirasida optik sistemalarni loyihalash va yaxshilashga doir ba’zi g‘oyalarni vujudga keltirishi bilan tushuntiriladi. Ko‘z tibbiyotchilar uchun faqat funksional buzilish va kasallanish qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan boshqa kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir. Odam ko‘zining tuzilishi haqida qisqacha to‘xtab o‘tamiz. Ko‘z kosasi asli ko‘zning o‘zi bo‘lib, u uncha to‘g‘ri bo‘lmagan shar shaklidadir; katta odamlarda uning old-orqa o‘lchovi o‘rtacha 24,3 mm, vertikal olchovi — 23,4 mm va gorizontal o‘lchovi — 23,6 mm. Ko‘zning Выпуск журнала №-18 Часть–8_ Январь –2025 40 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT devorlari konsentrik joylashgan uchta—tashqi, o‘rta va ichki qobiqlardan iborat. Tashqi oqsil qobiq — sklera 1 ko‘zning oldingi qismida shaffof qavariq muguz qobiq 2-muguz pardaga aylanadi. Muguz pardaning qalinligi o‘rtasida 0,6 mm ga yaqin, atrofida to 1 mm gacha bo‘ladi. Optik xossalari bo‘yicha muguz parda ko‘zning eng kuchli sindiruvchi qismidir. U go‘yo ko‘zga yorug‘lik nurlari kiradigan derazadir. Muguz pardaning egrilik radiusi 7—8 mm, moddasinnig sindirish ko‘rsatkichi 1,38 ga teng. Muguz pardaning tashqi qoplarni ko‘z qovoqlariga berkitilgan konyunktivga o‘tadi. Skleraga qon tomirli qobiq tutashgan bo‘lib, uning ichki sirti ko‘z ichida yorugiikning diffuzli sochilishiga to‘sqinlik qiladigan xira-qora pigmentli hujayralar bilan qoplangan. Ko‘zning oldinig qismida tomirli qobiq rangdor pardaga aylanadi. Bu pardada doiraviy teshik- qorachiq mavjud. Ko‘z qorachig‘iga ko‘zning ichki tomonidan, bevosita ko‘z gavhari ikki tomonlama qavariq linzaga o‘xshash shaffof va elastik jism yondashadi. Ko‘z gavharining diametri 8-10 mm, oldingi sirti egriligining radiusi o‘rtacha 10 mm, orqa egriligining radiusi — 6 mm. Gavhar moddasining sindirish ko‘rsatkichi 1,4 dan biroz kattaroq. Muguz parda va gavhar orasida ko‘zning oldingi kamerasi joylashgan bo‘lib, u suvsimon namlik bilan, ya’ni optik xossalari bo‘yicha suvga yaqin bo‘lgan suyuqlik bilan to‘lgan. Ko‘zning gavharidan tortib, to orqa devorigacha bo‘lgan butun ichki qismi shaffof, shishasimon jism deb ataluvchi dirildoq massaga to‘la bo‘ladi. Shishasimon jismning sindirish ko‘rsatkichi suv naminiki kabidir. Ko‘zning yuqorida ko‘rib chiqilgan elementlari asosan uning yorug‘lik o‘tkazuvchi apparatiga tegishlidir. Ko‘ruv nervi ko‘z kosasiga orqa devordan kirib tarmoqlangach, u ko‘zning eng ichki to‘r qatlarniga yoki ko‘zning yorug‘likni qabul qiluvchi apparati (retseptori) bo‘lgan to‘r pardaga yoki ratinaga o‘tadi. To‘r parda bir necha qatlamdan iborat bo‘lib, qatlamlarning qalinligi va yorug‘likka sezgirligi bir xil emas, unda periferik uchlari turli shakllarga ega bo‘lgan yorug‘lik sezgir ko‘ruv hujayralari joylashgan. Ularning cho‘zinchoq uchlariga tayoqchalar, konussimon uchlariga kolbachalar deyiladi. Tayoqchalarning uzunligi 63-81 mkm, diametri 1,8 mkm ga yaqin, kolbachalar esa mos holda 35 mkm va 5-6 mkm bo‘ladi. Kishi ko‘zining to‘r qatlarnida 130 millionga yaqin Выпуск журнала №-18 Часть–8_ Январь –2025 41 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tayoqcha va 7 million kolbacha joylashgan. Ko‘ruv nervi kirgan joyda yorug‘likni sezmaydigan ko‘zning ko‘r dog‘i mavjud. To‘r pardaning o‘rtasida, chekkaga sal yaqin yerda, yorug‘likka eng sezgir bo‘lgan sariq dog‘ yotadi, uning markaziy qismi taxminan 0,4 mm diametrga ega. Kolbachalar va tayoqchalar to‘r parda ustida bir tekisda taqsimlangan. Kolbachalar to‘r pardaning asosan o‘rta qismida, sariq dog‘da joylashgan, sariq dog‘ning markazida faqat kolbachalar turadi, to‘r pardaning chetlarida esa faqat tayoqchalar joylashgan. Dastlab ko‘zning yorug‘lik o‘tkazish apparatining xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Ko‘zni-muguz parda, oldingi kamera suyuqligi va gavhar (to‘rt sindiruvchi sirt) dan iborat va oldidan havo, orqasidan esa shishasimon jism bilan chegaralanuvchi, markazlashgan optik sistema kabi tasavvur etish mumkin. Bosh optik o‘q muguz pardaning, qorachiqning va gavharning geometrik markazlaridan o‘tadi. Bundan tashqari yana ko‘zning ko‘ruv o‘qini ham mavjud ko‘ruv o‘qi eng yaxshi yorug‘lik sezili
Доказательный фрагмент
«Ko‘z funksional buzilish va kasallanish qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan boshqa kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюKo‘z funksional buzilish va kasallanish qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan boshqa kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- retseptorlar, shox parda, linza, astigmatism, Ko’z, optik sistema, to’r parda, nur sindirish, ko’r dog’i, shaffof., nur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025