К содержанию
РецензированоUZ2025

PARONIMLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI (AMIR XUDOYBERDI SHE’RIYATI MISOLIDA)

NEW RENAISSANCE · PARONIMLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI · Tillayeva Malohat Normurot qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

The article analyzes the paronyms used in the poetry of the Kashkadarya poet Amir Khudoyberdi. The linguistic nature of paronyms and paronomasia is discussed. Key words: poetry, colloquial speech, fiction, patronym, paronomasia, rhyme. O‘zbek tilida so‘zlashuv nutqi va badiiy adabiyotda ko‘p qo‘llaniladigan hodisalardan biri – paronimlardir. Paronim termini birinchi bor Aristotel tomonidan qo‘llanilgan: para – yonida, yonidagi, onoma – nom, ism. Paronimlarning lingvistik tabiatini monografik tarzda o‘rgangan V.Nafasova paronim termini o‘tmishda bir xil asosli yasama so‘zlarga nisbatan qo‘llanganligini ta’kidlaydi1. Tilshunos olim H.Jamolxonov paronimiya ikki yoki undan ortiq leksemalarning talaffuzda o‘zaro o‘xshash bo‘lishi. Bunday o‘xshashlik, odatda har ikki (yoki uch) leksema tarkibidagi tovushlarning fizik-akustik yaqinligidan kelib chiqishini ta’kidlaydi hamda arqon – arkon leksemalarini misol sifatida keltirib o‘tadi2. “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”da paronimlar fonetik tarkibi boshqa- boshqa, talaffuzdagina o‘xshash, yaqin bo‘lib qoladigan so‘zlar; paronimiya esa fonetik tuzilishi boshqa-boshqa so‘zlarning talaffuzi o‘xshash, yaqin bo‘lib qolish hodisasi deb izohlangan3. 1 V.Nafasova. O‘zbek tili paronimlarining lisoniy tahlili. Monografiya. – Qarshi, 2024. – B.14. 2 Jamolxonov. H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin. – B.181. 3 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент, 2002. – Б. 80. 512 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Tilshunos olim prof. Nizomiddin Mahmudov paronimlar o‘zbek tilida talaffuzi jihatidan o‘xshash (bir xil emas), ammo boshqa-boshqa ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar ekanligini, ular fonetik jihatdan bir-ikki tovush bilan farqlanishini ta’kidlaydi4. Aytish mumkinki, paronimlar talaffuzi jihatidan bir-biriga yaqin, ma’no jihatidan farqli ikki, ba’zan uchta leksemadan iborat so‘zlardir. Hassos shoir Amir Xudoyberdi o‘z she’rlarida paronim so‘zlardan unumli foydalanganligini misollar orqali ko‘rish mumkin. Bola – balo. Qizginang ko‘zidan oqdi laxta xun Bolasin dog‘ida, o‘lim dog‘ida. (Ayol) G‘o‘laday oyoqlari bir qop go‘shtni sudraydi. Suyaksiz til jur’ati boshga balodir, axir. (Evrilish) Yod – yot Bilsangiz, oy ezgu yod bilan Qiyomatga otlangan ayol. (Oy titraydi ...) Cho‘chqada rashk yo‘q emishkim, barcha jonzotlar aro, Juftini qizg‘onmas ermish, voajab, yotlar aro. (Evrilish) Asir – asr Ruhim xayol yetmas manzilga asir, Tunlar qarog‘imni yulduzlar yoqdi. (Tabiat) Asrlarkim kelur Furqat fig‘oni, Hinddan shoh Boburning sog‘inch, armoni. (Ey, Vatan) Borlik – borliq. Nohaqlikning qo‘li baland chog‘ida Haqning borligidan uzgandim umid. (Qaytish) Hayqiraman, foydasiz, ammo, Bo‘yaladi borliq xunimga, manim og‘riq to‘la unimga Dunyo sira qilmaydi parvo. (U tug‘ilgan ... Tana – ta’na. Oppoq ko‘ylak kiygan bahodir, Ko‘zlarida chuqur bir ta’na. (Tushlarimda) Shirmoyday yuzida kulgichi halim, 4 Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. Бакалавриатнинг “Ўқитувчилар тайёрлаш ва педагогика фани” билим соҳаси талабалари учун дарслик. – Тошкент, 2007. – Б. 102. 513 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Nozu ishvasidan kuyadi tanam. (Oh, biram nozanin!) Shox – shoh. Necha bog‘ni kezib, axtarib Qo‘l yetmas bir shoxda topganim. (Evrilish) Sen shohdirsan, men bir fuqaro Holim ko‘rib dema “fu qaro”. (Nigohlaring) Kuy – ko‘y. Sokinlikka hamma yoq Ko‘miladi bir pasda Kuy bo‘lib botgan pichoq Dastalari sinadi. (Sog‘inch afsuni) Necha-necha oshiqlar bo‘zlab o‘tdi ko‘yingda, Umidu armonlarin so‘zlab o‘tdi ko‘yingda. (Tavallo) Paronimlar talaffuzi yaqin, o‘xshashligi sababli she’riy matnlarda qofiya vazifasini bajarishi ham mumkin. Amir Xudoyberdi “Ayol” she’rida shahid va shohid paronimlariни qofiya vazifasida ustalik bilan qo‘llaydi. Afg‘onda bir o‘g‘ling bo‘lgandi shahid, Biri Farg‘onada botdi qoniga. Ne ofat, bariga Ollohdir shohid, Pichoq yetdi elning ustuxoniga. (Ayol) Begoyim, siz chindan-da suluvlardan suluvsiz, Baland shoxda olusiz, hali hech kim oluvsiz. (Begoyim) Amir Xudoyberdi bu misralarda paronimlarni yonma-yon qo‘llagan. Olu (meva) va oluv (ҳаракат) so‘zlaridan paronim sifatida foydalanib paronomaziyani yuzaga keltirgan. Paronomaziya – paronimlarni nutqda, ma’lum matnda qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy amallardan biri sanaladi. Paronomaziya she’riyat uchun eng zarur va muhim uslubiy vosita ekanligini o‘zbek shoirlari ijodida kuzatish mumkin. Paronomaziya, asosan, misralar oxirida uchraydi hamda qofiya vazifasini bajaradi. Qofiya misralarning tayanch nuqtasi, u misralar tarkibidagi so‘zlarni birlashtirish, zanjirsimon halqa yaratish vazifasini bajaradi. Qofiyadagi paronomaziya – yuksak badiiy san’at namunasidir. Og‘zaki va yozma nutqda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq xatoliklar, ya’ni bir so‘z o‘rnida unga o‘xshash bo‘lgan ikkinchi bir so‘zni qo‘llash holatlari ham uchraydi. 514 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CON

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the paronyms used in the poetry of the Kashkadarya poet Amir Khudoyberdi.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the paronyms used in the poetry of the Kashkadarya poet Amir Khudoyberdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
poetry, colloquial speech, fiction, patronym, paronomasia, rhyme, badiiy adabiyot, paronomaziya, she’riyat, so‘zlashuv nutqi, qofiya., paronim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники