Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NURALI QOBUL HIKOYALARINING STRUKTURAL TAHLILI
Metinboyeva Zuhraxon Mirqo’zi qizi
Образовательные инновации и интеграция · 1950
Аннотация
В статье проводится структурный анализ рассказов Нурали Кобила. Рассматриваются особенности стиля автора, построение сюжета, мастерство создания образов и использование художественных средств. Ключевые слова: Нурали Кобил, рассказ, структура, сюжет, художественный анализ. Annotation: This article provides a structural analysis of Nurali Qobil's short stories. It examines the author's style, plot development, character creation, and use of literary devices. Keywords: Nurali Qobul, short story, structure, plot, literary analysis. Nurali Qobul 1950-yilning 2-yanvarida Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi Usmat qishlogʻida tugʻilgan. Oliy taʼlimdagi hayoti Mirzo Ulugʻbek nomli Fargʻona davlat pedagogika instituti tarix fakulteti bilan bogʻliqdir. Jizzax shahridagi Bobur nomli 22-oʻrta maktabda tarix fanidan dars beruvchi oʻqituvchi, (1969— 1970), „Gʻalaba bayrogʻi“ gazetasida tahririyat boʻlim boshligʻi (1971— 1973), „Jizzax haqiqati“ gazetasida muxbir (1973—1976), “Sovet Oʻzbekistoni sanʼati“ jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (1977—1986), “Yulduzcha“ nashriyotida bosh muharrir, direktor (1987—1996) kabi vazifalarda xizmat qilgan. Nurali Qobulning „Oyqor“ nomli birinchi qissasi 1978-yilda nashr etildi. Shundan soʻng, uning „Salom, togʻlar“ (1979), „Tubsiz osmon“ (1981), „Yashash uchun kechikma“, „Kaptarlar qaytmagan kun“ (1983), „Unutilgan sohillar“ (1988), „Bugʻdoy pishigʻiga yetmaganlar“ (1992), „Yetti iqlim xoqoni yoxud ahd va taxt“ (2013) kabi roman, qissa va hikoyalar kitoblari, „Odam, Oyqor togʻ va daydi shamol“ (1980) nomli sheʼriy ertagi, „Vatandan yaxshi yor boʻlmas“ nomli publitsistik maqolalar toʻplami dunyoga keldi. Yozuvchi hamda shoirlik istʼedodlaridan foydalangan ijodkor 7 kitobdan iborat tarixiy-siyosiy mavzuga doir roman-pamflyot ham yaratgan. Roman-pamflyot tarkibiga quyidagi kitoblar kiradi: https://scientific-jl.com 2 7 9 45-son_4-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi „Sukut suiqasdi, yohud Stalindan Saddamgacha“ „Sukutdan soʻnggi suiqasd, yohud Chingizxondan Cherchilgacha“ "Tavqi laʼnat tamgʻasi (2019) „Dordan qochgan daho“ „Stalinning super jallodi“ „Stalinning super josusi“ „Davlat toʻntarishi“. Ijodkor tarjimon sifatida Gabriel García Márquezning „Yolgʻizlikning yuz yili“ romanini, Chingiz Aytmatovning „Bolaligim“ asarini oʻzbek tiliga mohirona tarzda oʻgirgan. Hikoya – badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida hikoya qadim anʼanalarga ega. Oʻtmishda hikoya folklor asarlari tarkibida bayon unsuri boʻlib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida hikoyachilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho „Dekameron“ asari bilan katta hissa qoʻshgan. Asarda 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan.Gi de Mopassan (fransuz), O.Genri (amerikalik), A. P. Chexov (rus), A.Qodiriy, Choʻlpon (oʻzbek) hikoya janrining asoschilari hisoblanadi. Yevropa adabiyotida hikoya novella deb ham ataladi. Badiiy asar – betakror struktura, tartibli tarkibiy tizim. Bu tizimni o´qish, o´zlashtirish yo´rig´í, yo´sini, qoidasi strukturalizmdir. Struktura – asarning badiiy– estetik xaritasi. Bu xaritani ruhiy nigoh bilan o´rganish, uqish mumkin. Xaritada ranglar, belgilar aniq o´lchamlar vositasida o´z ifodasini topadi. Badiiy–strukturaviy xarita semiotik nuqtalarning joy–joyiga qo´yilishi, semiologik mohiyatning yoritilishi nuqtai nazaridan tuziladi. Semiotik nuqta, semiologik markazlar duch kelgan joyda emas, asarning góyasi, maqsadi nuqtai nazaridan aniq belgilangan o´ringagina qoýiladi. Davrimizning donishmand ijodkorlaridan biri Fozil Iskandar iste´dod nima degan savolga bunday javob beribdi: ¨Iste´dod–adabiyot maydoni birligida kitobxon bilan tutashadigan aloqa nuqtalari miqdori¨. Iste´dodning shoirona ta´rifini strukturaga nisbatan ham qo´llash mumkindek tuyuladi: ¨Strukturada – badiiy matn to´qimasi birligida o´zaro tutashadigan, bosh g´oya tomonidan boshqarib turiladigan semiotik nuqtalar, semiologik markazlar miqdoridir¨. Struktura tugallikni, yaxlitlikni, semiotik nuqtalar aniqligini, semiologiya markazlarining mutanosibligini taqozo qiladi. Kattadir, kichikdir, she´riydir, nasriydir, dramaturgikdir – barcha asarlarda o´ziga xos tugal struktura bor. Strukturalizm – badiiy asarni o´zlashtirish. Badiiy asar 7ta katta qismdan iborat: 1. Uslub. 2. Janr. 3. Sarlavha. https://scientific-jl.com 2 8 0 45-son_4-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 4. Ilk jumla. 5. Semiotik nuqtalarni belgilab olish. 6. Matnning semiotik mohiyatini belgilash, yetiltirish. 7. Tugallanma. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda struktural tahlil amalga oshiriladi. Quyida Nurali Qobil hikoyalaridan ayrimlarining tahlilini keltirib o´tamiz. Nurali Qobilning qator hikoyalarida bolalik xotiralari yoritib berilgan. Hikoyalarida tabiat tasviri go´zal tasvir vositalaridan foydalanilgan holda tasvirlangan. Badiiy as
Доказательный фрагмент
«В статье проводится структурный анализ рассказов Нурали Кобила.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье проводится структурный анализ рассказов Нурали Кобила. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Nurali Qobul, short story, structure, plot, literary analysis, struktura, badiiy tahlil., syujet, Kalit so‘zlar: Nurali Qobul, hikoya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024