К содержанию
РецензированоUZ2026

SALBIY EMOTIONAL HOLATINING KECHIRILISHI VA PSIXOLOGIK SALOMATLIKKA TAʼSIRI

SALOMATLIKKA TAʼSIRI · Buranova Gulnoza

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Bu maqolada salbiy emotsialarning inson hayotida paydo boʻlishi, salbiy emotsional holatdagi harakatlar va inson salomatligiga qanday taʼsir qilishi haqida batafsil maʼlumotlar keltirilib oʻtilgan. Kalit soʻz: Emotsiya, hissiyot, qoʻzgʻalish, tormozlanish, refleks, ruhiy holat, emotsional vaziyat, refleks Insonlar kundalik hayotda ijtimoiy jamiyatda har xil koʻngilli va koʻngilsiz hodisa va voqealarga duch keladi. Bu holat qanday ekanligiga qarab odamlarga har xil taʼsir qiladi. Bunday voqealar insonlarni ijobiy va salbiy emotsiyalarni paydo boʻlishiga sababchi boʻladi. Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi yoki mahsuli boʻlib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va munosabatlar, aloqalar, taassurotlar asosiy sababchidir. Oʻzgarishlar o‘z navbatida, birinchidan, shaxs hayoti va faoliyatining jadallashishi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksional holatlarining beqarorlashuviga olib keladi. [1.93]. Emosiyalarning oʻzi insonlarning hayotiga taʼsir qiladigan qandaydir bir oʻzgarishlar natijasida yuzaga keladi. Bu voqeaaning quvonchli , kutilgan yoki kutilmagan holatiga qarab hissiyot birinchi signal tizimi sifatida miyaga xabar berib emotsiyalar yuzlarning oʻzgarishiga va holatiga qarab ijobiy yoki salbiy emotsiyalarni ajrata olamiz Salbiy emotsional holatlar albatta insonning hayotiga birdaniga va kutilmagan holatda va bu odamning hayoti yoki holatiga mos kelmagan hamda noxush va qiyin vaziyatlarni barpo etuvchi voqealar boʻlganida yuz beradi. Salbiy emotsiyalar (masalan, gʻazab, qaygʻu, qoʻrquv, hasad, ranjish) insonning psixologik va biologik holatiga bogʻliq holda yuzaga keladi. Ular quyidagi omillar orqali paydo boʻlishi mumkin: 1. Tashqi omillar: Noqulay holatlar, salbiy voqealar (yoʻqotish, zoʻravonlik, tanqid, rad etilish) emotsional javobni keltirib chiqaradi. 2. Ichki fikr va qarashlar: Biror vaziyatga qanday yondashuvimiz, uni qanday talqin qilishimiz emotsiyalarimizni belgilaydi. Masalan, xato qilganimizda "Men yaramayman" degan fikr qaygʻuni keltirishi mumkin. https://scientific-jl.com 3 3 9 45-son_4-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 3. Oʻtmishdagi tajribalar: Ilgari boshdan kechirilgan travmalar yoki salbiy tajribalar hozirgi holatlarga boʻlgan sezgirlikni oshiradi. 4. Gormonlar va miya faoliyati: Neyrotransmitterlar (masalan, serotonin, dopamin, kortizol) darajasi emotsional holatga taʼsir qiladi. 5. Ijtimoiy omillar: Yaqinlar bilan muammo, yolgʻizlik yoki ijtimoiy bosim salbiy emotsiyalarni kuchaytirishi mumkin. Yoqimli emotsiyalar, masalan, baxt va quvonch insonning jismoniy salomatligini yaxshilaydi, stressni kamaytiradi va immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Aksincha, doimiy salbiy emotsiyalar depressiya, xavotir, va uzoq muddatli stressni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa yurak xastaligi, qon bosimi muammolari va boshqa jismoniy kasalliklar bilan bog'liqdir. 2. Ijtimoiy munosabatlarga ta'siri: Emotsiyalar shaxsning ijtimoiy hayotiga ham ta'sir qiladi. Ijobiy his-tuyg'ular odatda yaxshi ijtimoiy aloqalarni o'rnatishga yordam beradi, odamlar bilan samarali muloqot qilish va mehr-oqibatni kuchaytiradi. Salbiy emotsiyalar esa ijtimoiy ajralishlarga, yakkalanishga va o'zaro tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin.[2.88] Emosiyalar bir-biriga yaqin masofada faoliyat ko’rsatadilar. Tajribada qo’sh (juft) markazlaridan birida elektrod bilan shosil qilingan qo’zg’alish eshtiyojdan kelib chiqqan holda salbiy yoki ijobiy emosiyadan faqat bittasini vujudga keltirgan, xolos. Ba'zida yondosh joylashgan markazlarda qo’zg’olish tarqalgan bo’lsa, u holda ambivalent yoki ikkiyoqlama reaksiya ro’yobga chiqadi. Hartli ravishda nomlangan markazlar (roshatlanish, azoblanish) bir-biriga yaqin joylashishiga qaramasdan, har xil tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. Ma'lumotlarning ko’rsatishicha, "azoblanish" markazlari miyaning turli bo’limlariga joylashsa-da, lekin ular yagona tizim bilan boshqariladi.[3.131]. Xulosa oʻrnida shuni aytamanki Salbiy emotsiyalar uzoq davom etsa yoki e’tiborsiz qolsa, quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:Depressiya va tashvish (anksiyete) kasalliklari. O‘z-o‘zini qadrlash darajasining pasayishi. Yomon odatlarga (giyohvandlik, ortiqcha ovqatlanish) moyillik. Uyqu buzilishlari. Ijtimoiy chekinish va munosabatlar buzilishi. Salbiy emotsiyalarni "kechirish" bu ularni bostirish emas, balki: Ularni tan olish va anglash, ularni boshqarish usullarini o‘rganish, uzoq davom etadigan salbiy his-tuyg‘ularni kamaytirish yoki ijobiylarga almashtirish, shunda inson o‘zini engillashtiradi, ichki muvozanat tiklanadi va ruhiy salomatlik yaxshilanadi. Salbiy emotsiyalardan chiqish usullari Psixologik maslahat yoki psixoterapiya Yozish: kundalik yuritish, his-tuyg‘ularni yozib borish Meditatsiya va nafas mashqlari Jismoniy faoliyat: sport, say

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada salbiy emotsialarning inson hayotida paydo boʻlishi, salbiy emotsional holatdagi harakatlar va inson salomatligiga qanday taʼsir qilishi haqida batafsil maʼlumotlar keltirilib oʻtilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada salbiy emotsialarning inson hayotida paydo boʻlishi, salbiy emotsional holatdagi harakatlar va inson salomatligiga qanday taʼsir qilishi haqida batafsil maʼlumotlar keltirilib oʻtilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qoʻzgʻalish, Kalit soʻz: Emotsiya, tormozlanish, emotsional vaziyat, hissiyot, refleks, ruhiy holat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники