К содержанию
РецензированоUZ2026

SOLIQQA TORTISH TAMOYILLARI MAVZUSINI O‘QITISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH

INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH · Tojiboev Ilxomjon Ixvoldinovich · Toshkent TDIU Andijon fakulteti

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

maqolada "Soliqqa tortish tamoyillari" mavzusini samarali o‘qitishda interaktiv o‘quv metodlaridan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, talabalar faolligini oshiruvchi vositalar va raqamli texnologiyalarning o‘rni ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, amaliy misollar, metodlar va mashg‘ulot ssenariylari orqali bu mavzuni yanada qiziqarli va samarali o‘qitish uslublari tavsiya etiladi. Kalit so‘zlar:soliqqa tortish, tamoyillar, interaktiv metodlar, ta’lim, fiskal siyosat, soliq siyosati, pedagogika, raqamli texnologiyalar. Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida davlat moliyasini barqaror yuritish, byudjetga barqaror tushumlar keltiruvchi soliq siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va uni amaliyotga joriy qilish dolzarb masalaga aylangan. Aynan shunday sharoitda iqtisodiy fanlar ichida “Soliq va soliqqa tortish” fanining ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu fan orqali talabalarda soliqlar, soliq tizimi, soliqqa tortish mexanizmlari va uning prinsiplari haqidagi bilimlar shakllanadi. "Soliqqa tortish tamoyillari" esa bu fan doirasidagi asosiy nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu tamoyillar soliqlarning qanday belgilanishi, qanday undirilishi va ularning adolatliligi, shaffofligi va iqtisodiy samaradorligi kabi muhim jihatlarni belgilab beradi. Ya’ni, ular nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning asosidir. Shu sababli, bu mavzuni to‘g‘ri va samarali o‘qitish, talabalarda soliqlarga nisbatan tushuncha va mas’uliyatni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. An’anaviy ma’ruza asosidagi yondashuvda, odatda, talaba passiv rol o‘ynaydi-u tayyor bilimni eshitadi va uni yodlab olishga harakat qiladi. Ammo bu usul zamonaviy ta’lim talablariga mos emas. XXI asrda ta’lim olish jarayoni faqat bilim egallash bilan emas, balki analitik fikrlash, tahlil qilish, qaror qabul qilish va jamoada ishlash kabi ko‘nikmalarni ham shakllantirishi kerak. Aynan shunday vaziyatda interaktiv metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Interaktiv metodlar-bu o‘quv jarayonida talabani faol ishtirokchiga aylantiradigan, ularni o‘ylashga, muhokama qilishga va xulosa chiqarishga majbur qiladigan metodlardir. Ayniqsa, soliq tamoyillari kabi abstrakt mavzularni real holatlar, simulyatsiyalar, aqliy hujumlar yoki guruhli tahlillar orqali o‘rgatish, bu mavzuni talaba ongida mustahkam o‘rnashishiga sabab bo‘ladi. https://scientific-jl.com 2 3 3 45-son_4-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Soliqqa tortish tamoyillari-bu davlatning soliq siyosatini yuritishda, soliqlarni joriy qilishda va ularni undirishda asoslanadigan umumiy qoidalar, printsiplar majmuidir. Ushbu tamoyillar xalqaro iqtisodiy tajribalarga asoslangan holda, mamlakat ichki iqtisodiy siyosatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Ular soliqlarning ijtimoiy adolatli, iqtisodiy asosli va huquqiy barqaror bo‘lishini ta’minlaydi. Soliqqa tortish tamoyillari nafaqat soliq organlari uchun, balki soliq to‘lovchilar uchun ham muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi. Aynan shu printsiplar soliqqa tortish jarayonining qonuniylik, adolat, shaffoflik kabi asosiy tushunchalarini amalda qo‘llash imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida va ilg‘or iqtisodiy adabiyotlarda quyidagi asosiy soliqqa tortish tamoyillari belgilangan: 1. Adolat tamoyili. Soliqqa tortishda adolat-bu eng asosiy va universal prinsip hisoblanadi. Unga ko‘ra, har bir shaxs yoki yuridik shaxs o‘z daromadiga yoki moliyaviy imkoniyatiga yarasha soliqlar to‘lashi kerak. Ya’ni, soliqqa tortish teng va adolatli bo‘lishi lozim. Bu prinsip asosida progresiv soliq stavkalari qo‘llanishi, kam ta’minlangan qatlamlarga soliq yengilliklari berilishi mumkin. 2. Ochiqlik va shaffoflik tamoyili. Soliq siyosatining ochiqligi-bu davlat va jamiyat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarda ishonch muhitini yaratadi. Soliq tizimi shaffof bo‘lishi kerak, ya’ni har bir to‘lovchi qanday soliq nega va qancha miqdorda to‘layotganini bilishi kerak. Bugungi kunda O‘zbekistonda soliq organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab raqamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, my.soliq.uz portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar o‘z soliq qarzlarini, deklaratsiyalarini va to‘lov tarixini ko‘rishlari mumkin. Bu ochiqlik soliq to‘lovchilarni davlatga nisbatan ishonchli munosabatda bo‘lishga undaydi. 3. Qonuniylik va majburiylik tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra, soliqlar faqat qonun asosida joriy qilinadi va hech bir shaxs qonunda belgilangan soliqlardan ozod etilmaydi (agar qonunda o‘zgacha holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa). Har qanday soliq turi, uning miqdori va to‘lov muddati qonuniy asosda belgilanadi. 4. Iqtisodiy asoslanganlik tamoyili. Soliqqa tortish davlatning ijtimoiy- iqtisodiy siyosatiga muvofiq bo‘lishi, real iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda yuritilishi zarur. Bu prinsip soliq tizimini iqtisodiy rivojlanishga moslashtirish, biznesni rag

Доказательный фрагмент

«maqolada "Soliqqa tortish tamoyillari" mavzusini samarali o‘qitishda interaktiv o‘quv metodlaridan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada "Soliqqa tortish tamoyillari" mavzusini samarali o‘qitishda interaktiv o‘quv metodlaridan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar:soliqqa tortish, soliq siyosati, ta’lim, interaktiv metodlar, tamoyillar, raqamli texnologiyalar., pedagogika, fiskal siyosat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники