К содержанию
РецензированоUZ1911

KROSSINGOVER HAQIDA BATAFSIL

KROSSINGOVER HAQIDA BATAFSIL · Tursunova Zebiniso Bahromjon qizi · Naimsherova Sevinch Sherzodbek qizi

Образовательные инновации и интеграция · 1911

Аннотация

Krossingover va uning turlari,ahamiyati va kelib chiqishiga sabab bo`luvchi omillar haqida batafsil ma`lumot berilgan. Kalit so`zlar: Crossing over,T.Morgan,xromosoma,meyoz,Drosopxila melangaster,sitologik isbot,Shtern Krossingover (ing.Crossing – over – chalkashuv,chorraha) – chalkashish,gomologik xromosomalarning o`xshash qismlari bilan o`rin almashinishi natijasida xromatida iplarining uzilishi va yangi tartibda brikishi. Birinchi marta T.Morgan aniqlagan(1911/1912). Olim gomologik juft xromosomalarda genlar doimo o`rin almashinib turishini drozofila (meva pashshasi) da o`tkazilgan tajribalarda isbotlagan. Krossingover aksariyat hollarda hujayraning meyoz,ba`zan mitoz bo`linishida ro`y beradi. Krossingover yordamida olingan yangi organizmlarga krossoverlar yoki rekombinantlar deyiladi. Krossingover asosan urg`ochi pashshalarda yuz berib, erkak pashshalarda uchramasligi aniqlandi. Shuning uchun ham duragay erkak pashshalar gomozigota retsessiv urg`ochi pashshalar bilan chatishtirilganda ikkinchi bo`g`in avlodlarda belgilarning birikishi ya`ni krossoverlar olinishi ro`y bermaydi. Krossingover xromosomalarning har qanday nuqtasida yuz berishi mumkin. Bittalik, ikkitalik va uchtalik krossingover ro`y berishi ham mumkin. Ammo ikkitalik va uchtalik krossingover kam uchraydi. Krossingoverning sitologik isboti 1931-yilda rus olimi Shtern tomonidan berilgan. Urg`ochi pashshalarda ikkita to`g`ri “X” va bitta “Y” xromosoma mavjud. Shtern drozofilaning maxsus liniyasini yaratdi. Unda xromosoma shakli o`zagarib, signal sifatidagi dominant va retsessiv genlar mavjud. Bunda bitta “X” xromosomaga “Y” xromosomaning bir qismi birikib, “G” shaklidagi xromosoma hosil bo`ldi va unda dominant qizil ko`zlik va retsessiv dumaloq ko`zlilik geni joylashadi. Ikkinchi “X” xromosoma ikki qismga bo`linadi, birinchi qismda retsessiv pushti ko`z rangi va dominant qisiq ko`zlilik geni bo`lib, ikkinchi qism juda kichik to`rtinchi xromosomaga qo`shilib ketadi. Har xil shakldagi X xromosomaga ega bo`lgan urg`ochi pashshalar normal erkak pashshalar bilan chatishtiriladi. Ularning to`g`ri “X” xromosomasida retsessiv https://scientific-jl.com 2 3 8 45-son_4-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi pushti rangli ko`z geni va dumaloq ko`z geni mavjud. Ya`ni ular pushti rangli dumaloq ko`zli edilar. Bu chatishtirish natijasida 4 tipdagi pashshalar: qisiq ko`zli pushti rangli ko`zli onasidan X xromosomani olgan, dumaloq qizil ko`zli onasidan G shaklidagi xromosomani olgan, krossingover natijasida dumaloq pushti rang ko`zlik va qisiq ko`zli pashshalar olindi. Krossingover foizini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: a + b 𝑋 = .100% n bunda, a – birinchi sinfdagi krossingoverlar soni, b – ikkinchi sinfdagi krossingoverlar soni va n – barcha variantlar soni. Bog`langan genlar orasidagi masofalar krossingover sinf yoki morganoidlar (yoki santimorganid) bilan belgilanadi. Morganoid Morgan sharafiga A.S.Serebrovskiy tomonidan taklif qilingan bo`lib, krossingover foizini absolyut sonda ko`rsatadi. Qo`sh krossingover – bir vaqtning o`zida xromosomaning ikki yerida yakka krossingover sodir bo`lishiga aytiladi. Odatda qo`sh krossingover sodir bo`lganda xromosomaning bir joyida ro`y bergan krossingover ikkinchi joyida ro`y bergan krossingoverga salbiy ta`sir ko`rsatib, uning tezligini kamaytiradi. Shuningdek, xromosomaning ikkinchi joyidagi krossingover uning birinchi joyidagi krossingover tezligini kamaytiradi. Bu hodisaga interferensiya deyiladi. Shuni aytish kerakki interferensiya hodisasi faqat xromosomlalarda genlar bir-biridan uzoq masofada joylashganda ro`y beradi. Agar xromosomada genlar yaqin joylashgan bo`lsa, u holda amaliy krossingover va nazariy krossingover foizi bir – biriga to`g`ri keladi. Krossingoverni o`rganish natijasida xromosomalarning irsiy diskretligi isbotlandi, genlarning xromosomada to`g`ri chiziq bo`ylab joylashganligi va brikkan genlar guruhlari aniqlandi; xromosomalarning genetik xaritalari ( har bir birikish guruhida genlarning nisbiy joylashish sxemasi)ni tuzish imkoniyatiga ega bo`lindi. Krossingover kombinativ o`zgaruvchanlik miqdorini keskin oshirish tufayli tabiiy tanlanish va seleksiya uchun dastlabki material beradi. Krossingover barcha hayvonlar, o`simliklar va mikroorganizmlar uchun xos. Krossingover hodisasidan genetik tahlil orqali qator muammolarini yechishda keng foydalaniladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Genetika // P.S.Sobirov,A.K.Kaxarov.Toshkent – 2020 2. Genetika // A.T.G`ofurov,S.S.Fayzullayev. Toshkent 2010 3. MedLife .uz 4. Qomus.info 5. Wikipedia 6. Geeksforgeeks 7. Biologydiscussion.com https://scientific-jl.com 2 3 9 45-son_4-to’plam_May -2025

Доказательный фрагмент

«Krossingover va uning turlari,ahamiyati va kelib chiqishiga sabab bo`luvchi omillar haqida batafsil ma`lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Krossingover va uning turlari,ahamiyati va kelib chiqishiga sabab bo`luvchi omillar haqida batafsil ma`lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Drosopxila melangaster, sitologik isbot, Shtern, meyoz, T.Morgan, xromosoma, Kalit so`zlar: Crossing over
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники