Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI KONSONANTIZMIDA UNDOSH FONEMALARNING JARANGSIZLIK VA JARANGLILIK BELGILARI ASOSIDA ZIDLANISHI.
ASOSIDA ZIDLANISHI. · Abdurashidova Lobar
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi konsonantizm tizimi doirasida undosh fonemalarning jarangsizlik va jaranglilik belgilari asosida qarama-qarshi qo‘yilishi (zidlanishi) masalasi tahlil etiladi. Fonemalarning fonetik va fonologik xususiyatlari, ular orasidagi oppozitsiyalar va bu oppozitsiyalarning nutq jarayonidagi roli tadqiq qilinadi. Shuningdek, jarangli va jarangsiz undoshlar tizimining tarkibi, ular orasidagi paradigmatik munosabatlar hamda bu munosabatlarning fonologik tizimdagi ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tili materiallari asosida misollar keltirilib, nazariy qarashlar amaliy dalillar bilan mustahkamlanadi. Kalit soʻzlar: jarangli, jarangsiz, kontrast, zidlanish, distinktivlik, privativ, undosh, konstanizm, fonetik hodisa. Undosh tovushlar — ogʻiz va boʻgʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqlarga uchrab paydo boʻladigan, tarkibi faqat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar. Ularning talaffuzida havo oqimi sirgʻalib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un paychalarini titratib yoki titratmay oʻtadi. Natijada turli jihatdan birbiridan farqli Undosh tovushlar hosil boʻladi. Dunyodagi har bir til oʻziga xos undoshlar tizimiga ega. Tildagi undoshlar tizimi konstantizm (lotincha: consonans — undosh tovush) deyiladi. Undosh tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Masalan, hozirgi oʻzbek adabiy tilida undosh tovushlar soni 24 ta boʻlsa, boshqa tillarda bundan kam (mas, turk tilida 17 ta) yoki ortiq boʻlishi mumkin. Bu miqdor rus tilida 34 tani, fin 14 tani tashkil etadi. Undosh tovushlar bir necha jihatdan tasnif qilinadi: 1) ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra; 2) hosil boʻlish oʻrniga (nutq aʼzolarining ishtirokiga koʻra; 3) hosil boʻlish usuliga koʻra; 4) palatalizatsiyaga (tilning qattiq tanglay tomon koʻtarilishiga) koʻra. Ushbu tasniflarni hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi 24 ta b, v, g, dj (jyuri), j (joʻja), y, k, l, m, n, ng, p, r, s, t, f, x, s, ch, sh, q, gʻ, h)Undosh tovushlar misolida koʻrib chiqish mumkin. Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra, Undosh tovushlar 2 asosiy turga boʻlinadi: https://scientific-jl.com 2 5 9 45-son_4-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi sonorlar va shovqinlilar. Sonorlar (m, n, ng, l, r) tarkibida shovqinga nisbatan ovoz ustunlik qiladi. Sh o v qinlilar esa faqat shovqindan yoki shovqinga ovoz qoʻshilishidan qosil boʻladigan Undosh tovushlardir. Ovozning qatnashishi yoki qatnashmasligiga koʻra, shovqinli undoshlar ham 2 ga: jarangli undoshlar va jarangeiz undoshlarga boʻlinadi. Jarangli undoshlar (mas, b, v, g, d, z, y) shovqinga ovoz qoʻshilgan undoshlardir. Jarangsiz undoshlar esa (p, f, k, t, s, sh) faqat shovqinning oʻzidan iborat boʻladi. Fonemaning muhim funksional belgisi distinktivlikdir.1 Farqlash tushunchasi zidlash tushunchasini taqozo etadi. N.S.Trubetskoyning ta’kidlashicha, ikki narsa bir- biriga zidlanganidagina o‘zaro farqli belgisi namoyon bo‘ladi. Xuddi shuningdek, tovushlarning belgisi ham boshqa shunga yaqin tovushlarning belgisiga zidlangandagina, uning ma’no farqlash (distinktiv) funksiyasi namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham til birliklarining farqlanishida lingvistik zidlanishlar muhim o‘rin egallaydi. Fonologik zidlanishlar tasnifida ularning ma’no farqlash va ma’no farqlamaslik belgisi muhim ahamiyatga ega. Bu belgiga ko‘ra fonologik zidlanishlar ma’no farqlovchi va ma’no farqlamaydigan zidlanishlarga bo‘linadi.Birinchi zidlanish fonologik muhim zidlanish sanalib, u morfema va so‘zlarning moddiy shakllantirish bilan birga, ularning ma’nolarini farqlash vazifasinibajaradi.Paydo bo‘lish o‘rni va usuliga ko‘ra undosh fonemalar belgisi asosiy, jarangli, jarangsiz, qattiqlik- yumshoqlikka ko‘ra belgisi korrelyativ, shovqinlilik-sonorlikka ko‘ra farqlovchi belgisi nisbiy belgilarga ajratiladi.Undoshlarning jarangli-jarangsizlik belgisi ham fonologik muhim belgi sanaladi. Bu belgi asosida undoshlar o‘zaro privativ zidlanishga kirishadi. Jarangli undoshlar bunday belgiga ega, markerlangan, jarangsiz undoshlar esa ega emas, markerlanmagandir.Bir qator undoshlar bu belgiga ko‘ra o‘z ziddiga ega. Shuning uchun ular korrelyativ qatorlarni hosil qiladi. Masalan, p-b, f-v,t-d, s-z, ch-j, k-g, q-g‘ va boshq.Shu bilan birgalikda o‘z juftiga ega bo‘lmagan undoshlar ham mavjud. Masalan, m,n,l,r,ng,y undoshlarining jarangsiz; sh,x,h undoshlarining jarangli jufti mavjud emas. Jaranglijarangsizlik belgisining fonologik muhim belgi hisoblanishining sababi shundaki, bu belgiga ko‘ra zidlanayotgan undoshlar bir xil sharoitda biri o‘rnida kelib, ma’no farqlash xususiyatiga ega. Bunday xususiyatga ega bo‘lgan ikki tovush N.S.Trubetskoyning fonemalarni ajratish qoidalarining ikkinchisiga muvofiq, ikkita alohida-alohida fonemalarning vakillari sanaladi.1 Masalan, hozirgi o‘zbek tilida pir-bir; sor-zor; tor-dor; chala-jala; kul-gul; qor-g‘or singari leksemalar so‘z boshi pozitsiyasidagi undoshlarning jaranglijarangsizlik belgisiga ko‘ra o‘zaro almashinuvi natijasida bir-biridan maz
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi konsonantizm tizimi doirasida undosh fonemalarning jarangsizlik va jaranglilik belgilari asosida qarama-qarshi qo‘yilishi (zidlanishi) masalasi tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi konsonantizm tizimi doirasida undosh fonemalarning jarangsizlik va jaranglilik belgilari asosida qarama-qarshi qo‘yilishi (zidlanishi) masalasi tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kontrast, Kalit soʻzlar: jarangli, konstanizm, zidlanish, undosh, distinktivlik, fonetik hodisa., jarangsiz, privativ
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026