Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORAZM SHEVALARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI: AN’ANAVIYLIK VA YANGILIKLAR ZAMINIDA
Babadjanov Mansurbek Kurbanbayevich · Rahimova Nuginabonu
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Xorazm shevalarining leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Sheva nutqidagi so‘z boyligi, ularning ma’no qatlamlari, konnotativ–denotativ ma’nolari, mahalliy dialektga xos bo‘lgan frazeologizmlar ko'rib chiqiladi. Xorazm shevalaridagi semantik o‘ziga xosliklar, ko‘p ma’nolilik (polisemiya), leksik-semantik guruhlar alohida tahlil qilinadi. Shuningdek, Xorazm shevalari va adabiy til o‘rtasidagi leksik-semantik farqlar, ularning tarixiy, ijtimoiy va madaniy omillar ta’sirida shakllanishi ham yoritiladi. Kalit so‘zlar: Xorazm shevalari, leksik-semantik xususiyatlar, dialektologiya, sheva leksikasi, ko‘p ma’nolilik, ftozeolagizmlar, semantik guruhlar, adabiy til, mintaqaviy farqlar. O‘zbek tili tarkibida mavjud bo‘lgan shevalar — tilning tarixiy rivojlanish bosqichlarini, mintaqaviy tafovutlarini, xalq og‘zaki ijodi va ijtimoiy-madaniy hayotining tilga aks etishini chuqur o‘rganish imkonini beruvchi muhim manbadir. Shevalar tilda arxaik qatlamlar, yangi paydo bo‘lgan birliklar, mahalliy ifodalar, xalqona uslublar va o‘ziga xos leksik-semantik tizimlarni o‘zida mujassam etadi. Xorazm shevalarining o‘ziga xosligi, ularning o‘zbek adabiy tilining rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati yoritilishi ko‘zda tutiladi. Tilshunos olim V.V.Reshetov o'zbek shevalarining tarixiy-lingvistik xususiyatlarini va ayrim dialektlarga qo'shni tillar-tojik,qozoq, qoraqalpoq, turkman tillari munosabatini hisobga olgan holda o'zbek shevalarining tasnifini yaratdi. Unga ko'ra o'zbek tili uch turkiy komponentning birikishi natijasida vujudga kelgan: 1) qarluq-chigil-uyg'ur lahjasi hozirgi qardosh uyg'ur tiliga yaqin bo'lib, tojik tili bilan yaqin etno-lingvistik munosabatda bo'lgan; 2) qipchoq lahjasi qardosh qozoq va qoraqalpoq tillari bilan yaqin; 3) o'g'uz lahjasi qardosh turkman tili bilan yaqin. 1 1 D.T.Berdiyeva ''QORAKOʻL SHEVALARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI'' https://scientific-jl.com 3 45-son_4-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Xorazm shevalari ba'zi xususiyatlari bilan adabiy tildan ancha farq qiladi. O‘zbekistonning qadimiy vohalaridan biri bo‘lgan Xorazm hududida shakllangan shevalar o‘zining boy leksik zaxirasi, semantik rang-barangligi va qadimiy unsurlarning saqlanib qolganligi bilan ajralib turadi. Shevaning tarixiy ildizlari, madaniy-mintaqaviy tafakkur bilan bog‘liqligi, boshqa turkiy tillar — xususan, qadimgi og‘uz va qipchoq tillari bilan uzviy aloqadorlikda bo‘lishi Xorazm tiliga o‘ziga xos komplekslik baxsh etadi. Bu esa uni o‘zbek tilining boshqa lahjalari orasida noyob holatga olib chiqadi. Xorazm shevalari hozirgi turk adabiy tiliga juda yaqin. Masalan: Gal- adabiy tilimizdagi ''kelmoq'' fe'lining Xorazm shevasidagi varianti; Gul-adabiy tilimizdagi ''kulmoq'' so'zining Xorazm shevasidagi aytilishi; Do'nmak- ''orqaga qaytmoq'' ma'nosida; Ushimak-''sovuq qotish''ma'nsida. Bundan tashqari Xorazm shevasida o'zbek adabiy tilidan ancha farq qiladigan so'zlar juda ko'p. Masalan, angak -chakak, gechchi- echki kabu so'zlar ham shular jumlasidandir. Shuningdek, Xorazm shevalari geografik omillarga ko‘ra ham ichki guruhlarga ajraladi. Masalan, Urganch, Xiva, Gurlan, Shovot, Qo‘shko‘pir, Bog‘ot kabi tumanlarda so‘z boyligi, talaffuz va ba’zi grammatik birliklar orasida sezilarli tafovutlar mavjud. Bu holat Xorazm shevalarining ichki tafakkur modeliga va ijtimoiy til me’yorlariga moslashgan holda shakllanganligidan dalolat beradi. Xorazm vohasida shakllangan shevalar tarixan o‘z mustaqilligini saqlagan bo‘lib, ular qadimgi turkiy tillarning ko‘plab arxaik unsurlarini saqlab qolgan. Bularga quyidagilarni misol keltira olamiz: Durkat–qaychi. Yupqa narsalarni, mato, qog`oz va shu kabilarnikesish uchun ishlatiladigan, o`rta yeridan bir-biriga vint bilan biriktirilgan ikki tig`dan iborat dastali asbob. (Bar, äppiyiňnän mäni durkatïmnï äkkäl). Susaq–choʻmich. Suyuq ovqatni shopirish va suzish uchun ishlatiladigan, uzun dastali ro`zg`or asbobi.(Şorvanï kop salma, biy susaqdan sal, yetmin otrmasïn.2 Sheva o‘zbek tili dialektologiyasining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, bu shevalarning tahlili orqali xalq tili tafakkuri, tarixiy-madaniy jarayonlar va til taraqqiyoti haqida muhim xulosalar chiqarish mumkin. Xususan, Xorazm shevasida saqlanib qolgan arxaizmlar, yangidan kirib kelgan neologizmlar, ko‘p ma’nolilik, sinonimiya va antonimiya hodisalari, semantik almashinuvlar kabi leksik-semantik xususiyatlar tilshunoslik nuqtayi nazaridan katta ilmiy ahamiyatga egadir. Shevaning leksik-semantik xususiyati – bu shevaga xos bo‘lgan so‘zlar tizimi (leksikasi) va 2 S. Allambergenova. ''XORAZM SHEVALARI LEKSIKASIDAGI ARXAIZMLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLAR'' ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ:2025 https://scientific-jl.com 4 45-son_4-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ularning ma’nosi (semantikasi)ni o‘rganishdir. Ular adabiy til bilan solishtirilganda o‘ziga xos fonetik, ma’no va qo‘llanilish jihatlariga ega bo‘lishi mumk
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Xorazm shevalarining leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Xorazm shevalarining leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mintaqaviy farqlar., semantik guruhlar, dialektologiya, ftozeolagizmlar, sheva leksikasi, adabiy til, leksik-semantik xususiyatlar, Kalit so‘zlar: Xorazm shevalari, ko‘p ma’nolilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024