К содержанию
РецензированоUZ2026

ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING IJODIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHI ROLI

RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHI ROLI · Sobirova Gulchexra

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ijodiy fikrlashning ta’limiy ahamiyati yoritilib, ona tili darslarida o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini faollashtirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar tahlil etiladi. O‘qituvchining darsdagi tashkiliy va ruhiy iqlimni yaratishdagi roli, ijodiy topshiriqlarni tanlash va baholashdagi mas’uliyati amaliy misollar asosida ochib beriladi. Kalit so‘zlar: ijodiy fikrlash, ona tili, o‘qituvchi, metodik yondashuv, tafakkur, topshiriqlar, baholash. Annotation This article examines the educational value of creative thinking and analyzes methodological approaches that enhance students’ cognitive activity in mother tongue lessons. It highlights the teacher’s role in creating a supportive classroom environment, selecting creative tasks, and assessing students through practical examples. Keywords: creative thinking, mother tongue, teacher, methodological approach, cognition, tasks, assessment. XXI asrda o‘quvchini shunchaki bilimli emas, balki fikrlaydigan, izlanadigan, tahlil qila oladigan va ijodkor inson sifatida tarbiyalash – zamonaviy ta’limning bosh maqsadiga aylangan. Ayniqsa, ona tili darslari bu jarayonda beqiyos imkoniyatlarga ega. Ona tili darslari orqali o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish, nutqiy madaniyatni shakllantirish bilan birga, o‘z fikrini erkin ifoda eta olish, mustaqil mulohaza yuritish, yangicha qarashlarga ega bo‘lish kabi ko‘nikmalarga ham ega bo‘ladilar. Ijodiy fikrlash – o‘quvchining o‘ziga xos yondashuvni topishi, yangilik yaratishga intilishi, shablon fikrlardan chiqib, betakror yechimlar taklif qila olishi demakdir. Bunday tafakkurni shakllantirishda o‘qituvchining yondashuvi, darsdagi uslub va topshiriqlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu sababli ijodiy fikrlashni ona tili darslari orqali qanday yo‘l bilan rivojlantirish mumkinligi, qanday usullar samarali ekani – bugungi ta’limda dolzarb masalaga aylangan. Ijodiy fikrlash ta’lim psixologiyasi, pedagogikasi hamda til o‘rgatish nazariyasida muhim mavzu sifatida ko‘plab tadqiqotlarda yoritib kelinmoqda. O‘zbekiston olimlaridan G‘. Sattorov, A. To‘ychiev, N. To‘lqinova, X. Juraev, B. https://scientific-jl.com 5 4 45-son_4-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Jo‘rayev va boshqalar o‘z izlanishlarida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, samarali usullari haqida yozib o‘tganlar. Yangi o‘quv dasturlarida o‘quvchining fikrlash faoliyatini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda maktab o‘quvchilari nafaqat bilimga, balki tafakkur, tahlil va ijodga tayyor bo‘lishi talab etiladi. Ijodiy fikrlashni shakllantirmagan o‘quvchi faqat yodlashga asoslangan bilimga ega bo‘lib qoladi, bu esa zamonaviy hayot talablariga javob bermaydi. Ona tili darslari esa ijodga eng qulay imkoniyatlar maydonidir: insho yozish, hikoya tuzish, erkin fikr bildirish, muammoni tahlil qilish, fikrini himoya qilish kabi topshiriqlar orqali o‘quvchining ijodiy salohiyatini uyg‘otish mumkin. Shu bois, bu mavzuni chuqur va tizimli o‘rganish, o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar berish hozirgi ta’lim islohotlarida ayni dolzarb masaladir. Ona tili ta’limida ijodiy fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha samarali usullarni tanlash va qo‘llashdan avval, avvalo “ijodiy fikrlash” tushunchasining mazmun- mohiyatini aniqlab olish muhimdir. Turli sohalardagi mutaxassislar bu tushunchaga turlicha yondashadilar. Jumladan, pedagog olim T. Isroilov ijodiy fikrlashni shaxsning muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan, tajribadan tashqariga chiqa oladigan, original yondashuv asosida yangi mahsulot yaratishga qaratilgan tafakkuri sifatida talqin etadi [Isroilov, 2007:89]. Psixolog olim G‘. Jo‘rayev esa buni inson tafakkurining eng yuqori bosqichi deb hisoblaydi va ijodiy fikrlash shaxsdan mustaqillik, noodatiy qaror qabul qilish va yangilik yaratishni talab qilishini ta’kidlaydi [Jo‘rayev G‘., 2018:63–65]. Yana bir tadqiqotchi, falsafa fanlari doktori Sh.A. Jo‘rayev esa ijodiy tafakkurni hodisalarni yangi nuqtai nazardan tushunish, muammoning bir nechta yechimini ilgari surish va noodatiy yondashuvni taklif eta olish qobiliyati sifatida belgilaydi [Jo‘rayev Sh.A., 2012:47]. Mazkur ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, ijodiy fikrlash — bu inson tafakkurining murakkab, ammo o‘ta muhim shakli bo‘lib, u o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish, o‘z fikrini mustaqil bayon qilish, tahlil qilish, o‘ziga xos g‘oyalarni ilgari surishga xizmat qiladi. Ayniqsa, bu ko‘nikmalar ona tili darslarida shakllantirilsa, natija samarali bo‘ladi. O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirish — bugungi ta’limning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada ona tili darslari keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, dars jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, mantiqiy tahlil qilishi, taqqoslash va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim vazifa sifatida qaraladi. Bunday yondashuvlar o‘quvchida nafaqat nazariy bilimni, balki uni amaliyotda qo‘llash, yangicha yechimlar taklif qilish qobiliyatini ham

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ijodiy fikrlashning ta’limiy ahamiyati yoritilib, ona tili darslarida o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini faollashtirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ijodiy fikrlashning ta’limiy ahamiyati yoritilib, ona tili darslarida o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini faollashtirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
creative thinking, mother tongue, teacher, methodological approach, baholash., Kalit so‘zlar: ijodiy fikrlash, o‘qituvchi, tafakkur, metodik yondashuv, topshiriqlar, ona tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники